Toshkent shahridagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti binosida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi-2023” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarni e’lon qilish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov oltita nominatsiya, “Eng yaxshi metodist”, “Eng yaxshi fidokor tarbiyachi”,“Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, “Innovasion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”, “Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi” bo‘yicha tashkil etildi.
Shunga ko‘ra avgust oyi davomida kasbiy ko‘rik-tanlovning tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilib, unda jami 9 146 nafar davlat maktabgacha talim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali metodist va tarbiyachilar ishtirok etishib, shundan 912 nafari viloyat bosqichiga yo‘llanma olishgan edi.
Hududiy bosqichdan tanlovning respublika bosqichiga jami 82 nafar ishtirokchi yo‘llanma olishib, g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun o‘zaro bellashishdi.
Shundan, 6 ta nominatsiya bo‘yicha 18 nafar ishtirokchi I, II, III o‘rinlarni egallashdi.
I, II, III o‘rinlarni egallagan g‘oliblarga Maktabgacha ta’lim agentligining diplom va qimmatbaho sovg‘alari berilib, shu bilan birga:
I o‘rinni egallagan ishtirokchilarga 12 mln. so‘m;
II o‘rinni egallagan ishtirokchilarga 8 mln. so‘m
III o‘rinni egallagan ishtirokchilarga 5 mln. so‘m miqdorida pul mukofotlari taqdim etildi.
Shuningdek, “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”, “Innovasion va axborot texnologiyalarini qo‘llaydigan eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”, “Eng yaxshi ma’naviy kamolotga yetaklovchi tarbiyachi” nominatsiyalarida I, II, III o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga davlat granti asosida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish uchun yo‘llanma berildi.
Tanlovning qolgan ishtirokchilariga Maktabgacha ta’lim agentligining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.