Toshkentda maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish mavzusidagi trening o'z ishini boshladi

news-detail

Bugun Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish mavzusidagi trening o'z ishini boshladi.

Unga ko'ra, trening kursining kun tartibi quyidagi mavzularni o'z ichiga oladi:

1-kun mavzusi: Katta yoshdagi auditoriyani o‘qitish, treningni samarali o‘tkazish va maktabgacha ta’lim pedagoglari uchun mentorlik (murabbiylik) qilish;

2-kun mavzusi: Pedagoglarga "Ilk Qadam" davlat o‘quv dasturi asoslarini o‘qitish;

3-kun mavzusi: Pedagoglarga maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk yoshidansavodxonlikni rivojlantirish metodlarini o'rgatish;

4-kun mavzusi: Pedagoglarga maktabgacha yoshdagi bolalarning sog’lom jismoniyrivojlanishi va sog’lom turmush tarzi uchun ratsional ovqatlanish tamoyillarini o‘rgatish;

5-kun mavzusi: Maktabgacha yoshdagi bolalar sog’lom turmush tarzi amaliyoti vagigiyena ko‘nikmalarini rivojlantirish tamoyillarini pedagoglarga o‘rgatish;

6-kun mavzusi: Birinchi yordam ko‘rsatish.

Treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad:

Maktabgacha yoshdagi bo‘lgan bolalarning nutq, muloqot, o‘qish va yozishmalakalarini rivojlantirish pedagogik metodikalarni, bolalarning ratsionalovqatlanish,va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini oshirish yondashuvlarni, bolashaxsiga yo‘naltirilgan differentsial yondashuv asosida ta’lim-tarbiya berish bo‘yichatrenerlarning nazariy va amaliy kompetensiyalarni oshirish va ularni mustaqil samaralitrening va murabbiylik o‘tkazishga tayyorlashdan iboratdir.

Eslatib o'tamiz: Loyiha  AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi,  Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda O‘zbekistondagi Mehribonlik Korpusi bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта