Maktabgacha ta’lim bolaning tayanch kompetensiyalarini rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
U ta’limning keyingi bosqichlarida, shuningdek, butun hayoti davomida rivojlanib boradi.
Davlat o‘quv dasturi kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan. Bu maktabgacha ta’lim va tarbiya jarayonida bolalar faoliyatining turli-tuman turlarida shakllanadigan kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan.
Kompetensiya – bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.
Kompetentli bola o‘z bilim, ko‘nikma va malakalarini muayyan vaziyatda safarbar qilishi va qo‘llashi, o‘z maqsadiga erishishi va rivojlanishning har bir bosqichida yoshiga mos keladigan vazifalarni hal qilishi mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv bolalarning bilish bilan bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlari, muammolar va imkoniyatlarga samarali javob berish qobiliyatini shakllantirish, axloqiy me'yorlar va qadriyatlarni rivojlantirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, shaxsiy ("Men" konsepsiyasi) ni shakllantirishni o‘z ichiga oladi.