Kuni-kecha "Mersy Corps" (Mehribonlik Korpusi)ning “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq ovqat dasturi” doirasida mahsulotlar saqlanayotgan omborxonasini Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligining birinchi o'rinbosari F.Boboyev ko‘zdan kechirdi.
Tashrif jarayonida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriligi hamda Mehribonlik Korpusi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq ovqat dasturi” doirasida Mehribonlik Korpusining Surxondaryo viloyatidagi filliali direktori D.Yangiboyev hamda Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasining oziq-ovqat bo'limi boshlig’i A.Ashurovlar bilan birgalikda davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun mo’ljallangan oziq-ovqat mahsulotlarini ko'zdan kechirishdi.
Birinchi o'rinbosar tomonidan omborxonada saqlanayotgan 3 turdagi (o'simlik yog'i, guruch, un) mahsulotlarini ko'zdan kechirish jarayonida, mazkur mahsulotlarning tegishli tashkilotlar tomonidan sertifikatlanganligi va ularning saqlanishi to'liq davlat standartlari asosida ekanligini ta'kidlab o'tdi.
Ma'lumot o'rnida, Xalqaro Mehribonlik Korpusi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda O'zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasi hamkorligida 27-iyul 2021-yilda imzolangan memorandum asosida ish yuritib kelmoqda.