TVOROGDAN TAYYORLANGAN MAYIZLI SIRNIKLAR

news-detail

TAYYORLASH TЕXNOLOGIYASI

 Tuxumni avval 1%li, so‘ngra 0,5%li iliq (harorati 30°С gacha) bo‘lgan kalsiyli yoki osh soda eritmasida yuviladi, keyin oqar suvda chayiladi.

Tvorog elangan bug‘doy uni bilan uqalab olinadi (⅔ normada). Mayiz qaynoq suvga ivitilib qo‘yiladi, yumshagandan so‘ng yaxshilab yuviladi.

Alohida idishda uqalangan tvorog, tuxum, shakar, mayiz, tuz, vanilin va manniy yormasi aralashtiriladi.

Tayyor massadan unchalik katta bo‘lmagan sharsimon sirniklar yasab olinadi, shundan so‘ng, sirniklar unga (me'yordagi unning ⅓ qismi) bulg‘alanib, oz miqdordagi o‘simlik yog‘ida har ikki tomoni qovurib olinadi.

Keyin ularni yog‘langan qovurish shkafi tovaga terib chiqib, 180-200°С haroratda 8-10 daqiqa davomida qovurish shkafida pishiriladi.

Tarqatilishida smetanali sous yoki murabbo bilan berish mumkin. Tarqatishdagi maqbul harorati +50°C.

 SIFATIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR

Tashqi ko‘rinishi: tvorogdan tayyorlangan mayizli taom, dumaloq, yassi shaklda, ustidan smetanali sous yoki murabbo quyilgan bo‘lishi mumkin.

Rangi: sirtlari – och jigarrangdan, jigarrang-tillarang tusli, kеsilganda – och rangli dog‘lari bilan.

Ta’m va hidi: tvorogga xos, biroz shirin va nordonroq, mayiz ta’mli va hidli.

Tarkibi: bir xil, yumshoq, qovurilgan sirti biroz qattiqroq.

Bir bolaga mo‘ljallangan tayyor taom vazni:1-3 yoshga 50 gr, 3-7 yoshga 60 gr.ni tashkil etadi.

 MASALLIQLAR

 Mahsulotlar va yarim tayyor mahsulotlar nomi gr hisobida: (1-3 yoshga / 3-7 yoshga)

Tvorog 35,7/43

Tovuq tuxumi 4,1/ 3,6 /5/ 4,3

Shakar 2,1/2,6

Manniy yormasi 2,5/3

Tuz 0,36/0,43

Vanilin 0,07/0,09

Mayiz 2,9/3,4

Bug‘doy uni (1-navli) 3,6/4,3

O‘simlik yog‘i 2,9/3,4

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта