Agentlikda 1-oktabr "O‘qituvchi va murabbiylar" kuni nishonlandi

news-detail

Ayni kunlarda yurtimiz uzra 1-oktabr "O‘qituvchi va murabbiylar" kuni keng nishonlanmoqda.

Ushbu bayram Maktabgacha ta’lim agentligida ham keng nishonlandi.  

Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A. Shin so‘zga chiqib, "Jamiyatning buguni va ertasi uning madaniy-ma’rifiy-ma’naviy salohiyati ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Pedagog kasbining ko‘p qirrali, murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ilm-u fan sirlaridan boxabar etish kabi muhim vazifalar yotadi"-deya ta’kidladi. Shuningdek, tadbir davomida  “O‘qituvchi va murabbiylar" kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda maktabgacha ta’lim tizimi va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan bir qator xodimlarga  «Xalq ta’limi fidoyisi» hamda  «Xalq ta’limi a’lochisi» kabi ko‘krak nishonlarini topshirdi. 

 Tadbir yakunida A. Shin barcha agentlik xodimlarini yana bir bor bayram bilan tabriklab, ularga barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lidagi mashaqqatli, ammo sharafli ishlarida ulkan zafarlar, oilaviy  tinchlik, omonlik va shodu xurramlik tiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта