Kuni-kecha yurtimiz bo‘ylab, 1-oktyabr "O‘qituvchi va murabbiylar" kuni keng nishonlanib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamda maktabgacha ta’lim tizimi va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan bir qator xodimlarga «Xalq ta’limi fidoyisi» hamda «Xalq ta’limi a’lochisi» kabi ko‘krak nishonlari topshirilgan edi.
Faxr bilan aytish kerakki, soha xodimlari barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lidagi mashaqqatli, ammo sharafli ishlarida sadoqat bilan faoliyat yuritishmoqda.
Ayni kunlarda yurtimizda bayram shukuhi hamon davom etmoqda, xuddi shu kabi ko‘krak nishonlardan bir nechtasi maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan yana bir qator xodimlarga ham topshirildi.