Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Jizzaxning Zarbdor tumanida yangi bog'cha faoliyatini boshladi

 Zarbdor tumanida "Lastochki" nomli davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti o'z faoliyatini boshladi. Tashkilot 120 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, zamonaviy usulda bunyod etilib, foydalanishga topshirildi.  Tashkilotning tantanali ochilish marosimida tuman hokimi, Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i,  boshliq o'rinbosari va ta'lim mas'ullari ishtirok etdilar.  Tadbirda so'z olgan mamlakatimizda farzandlarimizning ta'lim olishiga qaratilgan e'tibor, yaratilayotgan sharoit va uning ertangi istiqboli haqida gapirdilar. Rasmiy bog'ichlar kesilib, tashkilotdagi sharoitlar bilan tanishildi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Buxoroning Qorako‘lida bir yo‘la ikkita maktabgacha ta’lim tashkiloti ishga tushirildi

"Yangi O‘zbekiston" massivida qurib foydalanishga topshirilgan 43-DMTT ning zamonaviy qiyofasi ko‘zni quvontiradi. "Bunyod Shahzod Fayz” xususiy korxonasi tomonidan 6,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga yangidan barpo etilgan ushbu tashkilot 180 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, xonalar milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi o‘quv-metodik jihozlar bilan ta’minlangan. Shuningdek, zamon talablari darajasida barpo etilgan tibbiyot xonasi, oshxona, universal zal, yotoqxonalar hamda yozgi ayvonchalar bolajonlar uchun xizmat qilishga shay holatda.  Ochilish marosimida ishtirok etgan tuman hokimi X.Toxirov bir guruh nuroniylar hamrohligida ushbu zamonaviy tashkilotda kelajagimiz egalari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdi. E’tiborlisi, bugun ochilgan ushbu MTT Qorako‘l mahallasi hududidagi beshinchi MTT sanalib, uning ishga tushishi bilan mahalla hududida bog‘cha yoshidagi bolalarni qamrov darajasi 100 foizga yetkazildi. Shu kunning o‘zida Bandboshi mahallasida yana bir maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi o‘tkazildi.  Bandboshi va Qaymoqchi qishloqlarida yashovchi bolajonlar quvonchiga quvonch qo‘shgan ushbu MTT so‘ngi paytlarda "Qorako‘l tajribasi" nomi bilan tilga olinayotgan yangicha yo‘nalish, ya’ni aholisi zich yoki qamrov ko‘rsatkichi past bo‘lgan hududlardagi maktablarning bo‘sh turgan binolarida MTT ochish loyihasi asosida tashkil etildi. 41-maktabning bo‘sh turgan binosida 24-DMTTning filiali sifatida ochilayotgan ushbu tashkilotga endilikda 90 nafargacha bolajonlar qamrab olinadi  Shu bilan tumanda faoliyat olib borayotgan MTTlar soni xususiy MTT soni bilan qo‘shib hisoblaganda 136 taga yetkazildi. Ayni vaqtda yana 4 ta maktabgacha ta’lim tashkilotdarida qurilish ishlari olib borilmoqda. Eslatib o‘tamiz, bundan 5-6 yil avval tumanda MTTlarga bolalarning qamrov darajasi bor-yo‘g‘i 18 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu ko‘rsatgich 72 foizga yetdi. Yil yakunigacha bolalar qamrovini 80 foizdan oshirish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Navoiy shahridagi 26-sonli DMTTda yozgi sog‘lomlashtirish davridagi chiniqtirish ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda

Avval xabar berganimidek, respublikamizdagi barcha turdagi MTTlarda yozgi sog'lomlashtirish mavsumi boshlangan bo'lib, bu davrda tarbiyalanuvchilarning sog'ligini mustahkamlash uchun turli xil o'yinlar, sayrlar, mashg'ulotlar o'tkazib kelinmoqda. Shuningdek, yozgi tadbirlarni tashkil etishda hayot xavfsizligi asoslari, suv havzalaridan foydalanish, bolalarni sogʻlom va xavfsiz ovqatlantirish ishlariga alohida e'tibor qaratilmoqda. O‘yin tarzida olib borilayotgan markazlardagi mashg‘ulotlar, “Ustaxonaga sayohat”, salomatlik markazlarida hamda quyosh vannasi, yopiq suv havzasida cho‘milish, oyoq kiyimsiz maxsus g‘adir-budir yo‘lakchalardan yurish kabi chiniqtirish ishlari o‘z vaqtida olib borilib, tarbiyalanuvchilarning vaqtlari unumli o‘tmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi  Maktabgacha ta’lim agentligi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi “Ishonch” va “Ishonch-Доверие” gazetalari tahririyatining   2023-yil 15-iyundagi  74-sonli chop etilgan “Tarbiyachining ta’lim berishga vaqti bormi?” sarlavhali maqolasiga quyidagilarni ma’lum qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-sonli qarorining ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadi bolaning ta’lim olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirishni ta’minlash, bolaning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamolotini saqlash va mustahkamlash, umumta’lim muassasalarida bolaning jamiyatga moslashishini va ta’lim olishni davom ettirishga tayyorligini ta’minlashdan iborat. Bolalarga, shu jumladan, o‘ziga xos ehtiyojlari bor bolalarga yakka tartibda ta’lim dasturlaridan foydalanish, shuningdek, o‘z vaqtida inklyuziv maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkonini beradigan qulay muhit yaratish, bolalarda Vatanga muhabbat tuyg‘usini, oilaga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni, atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish; bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy tajriba orttirishini ta’minlash, bolaning jamiyatga moslashishini va boshlang‘ich ta’limga tayyorligini ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish maktabgacha ta’lim tashkilotining asosiy vazifalari hisoblanadi.  Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida muayyan yosh guruhlarini inobatga olib ta’lim-tarbiya jarayonining davomiyligi bolaning psixologik va fiziologik rivojlanishini inobatga olgan holda, SanQvaMlaridan kelib chiqib belgilangan bo‘lib, ushbu jarayoni "Ilk qadam" davlat o‘quv dasturi asosida tashkil etiladi. Ushbu ta’lim-tarbiya jarayoni mazkur dastur asosida tasdiqlangan kun tartibiga ko‘ra amalga oshirilib, bunda ta’limiy faoliyat belgilangan haftalik va oylik mavzuli reja asosida ertalab tarbiyalanuvchilarni qabul qilgandan to uyga kuzatib qo‘ygunga qadar bo‘lgan vaqt davomida amalga oshiriladi. Misol uchun, mustaqil o‘yin faoliyati, yakka tartibda ishlash, uyqu soati, ovqatlanish va unga tayyorgarlik jarayoni, sayr va unga tayyorgarlik jarayonlarida bir-biriga integrasiyalashgan holda ta’limiy faoliyat tashkil etiladi.  Tarbiyalanuvchilarning madaniy va ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etishi qonunchilikda ko‘zda tutilmagan. Bu holatga tashkilot ma’muriyati o‘zining ichki imkoniyatlari, sharoitlari va ijtimoiy muhitidan kelib chiqqan holda o‘z munosabatini bildirishga haqli hisoblanadi.  Shuningdek, maqolada “onlayn davomat” haqida ham so‘z yuritilgan bo‘lib,    unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan:  - davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida  (nodavlat-bogcha.uz) avtomatik ravishda hisoblab chiqilish va mablag‘lar to‘lanishi belgilangan.  Tadbirkorlarga yangi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish, faoliyati davrida Davlat byujetidan subsidiya olish jarayonlarini soddalashtirish hamda shaffoflashtirish maqsadida 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi joriy etildi. Endilikda, ushbu axborot tizimi yordamida: Ilgari ayrim yakka tartibdagi tadbirkorlar, xodimlarini norasmiy ishga jalb etgan. Natijada, xodimga, davlat tomonidan belgilangan miqdordan kamroq ish haqi to‘langan. Buning oqibatida, fuqaro pensiya yoshiga yetganida pensiya miqdori kam chiqqan hamda daromadi rasmiy bo‘lmaganligi sababli, tijorat banklardan foizi pastroq kreditlar olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan. Axborot tizimi yordamida xodimlarni “kul rang” sxemalar orqali norasmiy ishga jalb etish holatlariga barham berildi. Xodimlar uchun oylik axborot tizimi orqali avtomatik ravishda hisoblashi natijasida yakka tartibdagi tadbirkorlar ish haqidan soliqlar va ajratmalarni hisoblash va hisobot topshirish uchun hisobchini jalb etish zarurati qolmadi. Hisoblangan ish haqidan soliqlar va ajratmalar, har bir yakka tartibdagi tadbirkor va xodim ko‘rsatilgan holda, tegishli soliq va pensiya idoralariga o‘tkazib berilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Mehribonlik korpusi”ning Oʻzbekistondagi filiali direktori bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin “Mehribonlik korpusi”ning Oʻzbekistondagi filiali direktori hamda “Taʼlim va bolalar uchun oziq-ovqat ta’minoti” dasturi rahbari Uitni Knollau xonim va uning boshchiligidagi vakillari bilan uchrashdi.  Uchrashuv doirasida 2019-yil oktabr – 2023-yil iyun oylari uchun dastur yakunlari va erishilgan yutuqlar muhokama qilindi. Tahlillarga ko’ra, o‘tgan davrda dastur doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi 60 ta maktabgacha ta’lim tashkilotining umumiy ovqatlanish shoxobchalari, sanitariya-gigiyena ob’ektlari infratuzilmasi, suv ta’minoti yaxshilandi. Shu bilan birga, “Maktabgacha yoshdagi bolalarning erta savodxonligini oshirish va o‘qishni rivojlantirish” komponenti doirasida ayrim davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kitobxonlik burchaklari tashkil etilib, bolalar adabiyoti bilan jihozlandi, pedagoglar uchun treninglar o‘tkazildi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar dasturni amalga oshirishda o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni qayd etib, sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish uchun zarur infratuzilmani yaratish bo‘yicha keyingi rejalarni muhokama qildilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Koreyaning Puchon universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin Janubiy Koreyaning Puchon universiteti prezidenti janob Xan Chung Sok boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashdi. Yig‘ilish kun tartibida Toshkent shahridagi Puchon universiteti filiali faoliyatini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shu nuqtai nazardan O‘zbekiston tomoni mazkur universitet negizida yangi fakultetlarni, jumladan, bolalar ovqatini tashkil etish fakultetini ochish orqali filial faoliyatini kengaytirish zarurligi to‘g‘risida tashabbus bilan chiqdi. Koreya tomoni ushbu takliflarni qo‘llab-quvvatladi va tashabbuslarni amaliy amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga tayyorligini bildirdi. O‘z navbatida, mehmonlar Maktabgacha ta’lim agentligi rahbariyatini Koreyaning Puchon universiteti tomonidan qo‘llanilayotgan onlayn ta’lim uchun raqamli platforma bilan tanishtirdi. Tomonlar uchrashuv kun tartibi yuzasidan fikr almashib, muzokaralarni konstruktiv ruhda yakunladilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi  Maktabgacha ta’lim agentligi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi “Ishonch” va “Ishonch-Доверие” gazetalari tahririyatining  2023-yil 15-iyundagi  74-sonli chop etilgan “Tarbiyachining ta’lim berishga vaqti bormi?” sarlavhali maqolasiga quyidagilarni ma’lum qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-sonli qarorining ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadi bolaning ta’lim olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirishni ta’minlash, bolaning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamolotini saqlash va mustahkamlash, umumta’lim muassasalarida bolaning jamiyatga moslashishini va ta’lim olishni davom ettirishga tayyorligini ta’minlashdan iborat. Bolalarga, shu jumladan, o‘ziga xos ehtiyojlari bor bolalarga yakka tartibda ta’lim dasturlaridan foydalanish, shuningdek, o‘z vaqtida inklyuziv maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkonini beradigan qulay muhit yaratish, bolalarda Vatanga muhabbat tuyg‘usini, oilaga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni, atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish; bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy tajriba orttirishini ta’minlash, bolaning jamiyatga moslashishini va boshlang‘ich ta’limga tayyorligini ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish maktabgacha ta’lim tashkilotining asosiy vazifalari hisoblanadi.  Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida muayyan yosh guruhlarini inobatga olib ta’lim-tarbiya jarayonining davomiyligi bolaning psixologik va fiziologik rivojlanishini inobatga olgan holda, SanQvaMlaridan kelib chiqib belgilangan bo‘lib, ushbu jarayoni "Ilk qadam" davlat o‘quv dasturi asosida tashkil etiladi. Ushbu ta’lim-tarbiya jarayoni mazkur dastur asosida tasdiqlangan kun tartibiga ko‘ra amalga oshirilib, bunda ta’limiy faoliyat belgilangan haftalik va oylik mavzuli reja asosida ertalab tarbiyalanuvchilarni qabul qilgandan to uyga kuzatib qo‘ygunga qadar bo‘lgan vaqt davomida amalga oshiriladi. Misol uchun, mustaqil o‘yin faoliyati, yakka tartibda ishlash, uyqu soati, ovqatlanish va unga tayyorgarlik jarayoni, sayr va unga tayyorgarlik jarayonlarida bir-biriga integrasiyalashgan holda ta’limiy faoliyat tashkil etiladi. Tarbiyalanuvchilarning madaniy va ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etishi qonunchilikda ko‘zda tutilmagan. Bu holatga tashkilot ma’muriyati o‘zining ichki imkoniyatlari, sharoitlari va ijtimoiy muhitidan kelib chiqqan holda o‘z munosabatini bildirishga haqli hisoblanadi. Shuningdek, maqolada “onlayn davomat” haqida ham so‘z yuritilgan bo‘lib,    unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan: - davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida (nodavlat-bogcha.uz) avtomatik ravishda hisoblab chiqilish va mablag‘lar to‘lanishi belgilangan. Tadbirkorlarga yangi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish, faoliyati davrida Davlat byujetidan subsidiya olish jarayonlarini soddalashtirish hamda shaffoflashtirish maqsadida 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi joriy etildi. Endilikda, ushbu axborot tizimi yordamida: Ilgari ayrim yakka tartibdagi tadbirkorlar, xodimlarini norasmiy ishga jalb etgan. Natijada, xodimga, davlat tomonidan belgilangan miqdordan kamroq ish haqi to‘langan. Buning oqibatida, fuqaro pensiya yoshiga yetganida pensiya miqdori kam chiqqan hamda daromadi rasmiy bo‘lmaganligi sababli, tijorat banklardan foizi pastroq kreditlar olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan. Axborot tizimi yordamida xodimlarni “kul rang” sxemalar orqali norasmiy ishga jalb etish holatlariga barham berildi. Xodimlar uchun oylik axborot tizimi orqali avtomatik ravishda hisoblashi natijasida yakka tartibdagi tadbirkorlar ish haqidan soliqlar va ajratmalarni hisoblash va hisobot topshirish uchun hisobchini jalb etish zarurati qolmadi. Hisoblangan ish haqidan soliqlar va ajratmalar, har bir yakka tartibdagi tadbirkor va xodim ko‘rsatilgan holda, tegishli soliq va pensiya idoralariga o‘tkazib berilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Farg'onaning Uchko‘prik tumanida yangi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ish boshladi

Uchko‘prik tumanida 50 o‘rinli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ish boshladi.  Uchko‘prik tumanida ham maktabgacha ta’lim maskanlarini ko‘paytirish uchun oilaviy, nodavlat hamda davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘chalar tashkil etilmoqda. “Uchko‘prik” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkor Ozodaxon Ahmedova tomonidan “Kinder” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil qilinib, 50 nafar bolajonlar maktabgacha ta’limga jalb etildi. Zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotida kichkintoylarning sifatli boshlang‘ich ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.    

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
“Zukko Bolajon” Qashqadaryoda

Bugun Qashqadaryoda davom etayotgan "Yoshlar oyligi" doirasida Qarshi shahridagi 16-sonli DMTT'da Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi nodavlat va notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligi hamda "Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida tayyorlangan "Zukko bolajon" kitob-albomi taqdimoti boʻlib oʻtdi.  Tadbir “Zukko Bolajon!” fotoko‘rgazmasi hamda milliy qadriyatlarimiz aks etgan ko‘rgazmali namoyishlar bilan boshlandi. Tadbirda Maktabgacha taʼlim agentligi boʻlim boshligʻi Kamola Riskulova, "Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati aʼzolari: yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muhitdinova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Mehmonali Salimov va Dilfuza Rahimova ishtirok etdi. Taqdimot davomida bolajonlar ijrosidagi sheʼrlar, kuy-qoʻshiq va raqslar barchaga manzur boʻldi. So‘zga chiqqanlar, “Zukko Bolajon!” fotoalbomi ertamiz egalarining ma’naviy kamol topishida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tishdi. “Zukko Bolajon!” fotoalbomi mamlakatimizdagi 17 nafar fan arboblari, adabiyot, san’at, madaniyat namoyandalari, olimlar, shoir-yozuvchilar va sportchilar tomonidan ma’naviy-axloqiy tarbiyani rivojlantirishga hissa qo‘shadigan xulosalar asosida to‘ldirilib, 100 dan ortiq lavhalar bilan boyitildi.  Ushbu fotoalbom ilk bilim va tarbiya maskanlari – maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi bolalarda ijtimoiy motivlarni uyg‘otish, badiiy-estetik didni shakllantirish, intellektni rivojlantirish, kundalik turmushdagi qoidalarini o‘rgatish, yaqinlarga g‘amxo‘rlik qilish, o‘z tuyg‘ularini boshqarish kabi fazilatlarni o‘rgatishga xizmat qiladi.  Tadbir davomida bolajonlar tomonidan musiqiy chiqishlar, yangragan kuy-qo‘shiqlar bolajonlarga xush kayfiyat bag‘ishladi. Ayniqsa, bolajonlar ijrosidagi milliy kuy-qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi. Ma'lumot uchun shu kunga qadar nogironligi bo‘lgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun ham “Ma’naviyat festivali” doirasida “Ma’rifat tur”, “Baxtli bolalik”, “Zukko Bolajon” loyihalari amalga oshirildi. Loyihalar doirasida 4 ming nafardan ziyod bola qamrab olindi. Shuningdek, joriy yilda ham hududlarda bu kabi tadbirlarni davom ettirish rejalashtirilgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Namunaviy o‘quv reja va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida Maktabgacha ta’lim agentligi mutaxassislari, Toshkent shahridagi Puchon universiteti, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali, Toshkent va O‘rta Chirchiq pedagogika kollejlarining rahbar va mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda pedagogika kollejlarining namunaviy o‘quv reja va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Hamkorlik uchrashuvi

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A. Shin Samarqandda boʻlib oʻtayotgan Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar taʼlim vazirlarining 7-yigʻilishi doirasida, Qirgʻiziston Respublikasi taʼlim va fan vaziri oʻrinbosari A. Risboyeva bilan uchrashdi. Tomonlar ikki mamlakat taʼlim sohasini rivojlantirish boʻyicha fikr va tajriba almashdilar, maktabgacha taʼlim sohasidagi Oʻzbekiston-Qirgʻiziston hamkorligining istiqbolli yoʻnalishlarini belgilab oldilar. Muloqot konstruktiv ruhda o‘tdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
"ZUKKO BOLAJON" BUXORODA

30-iyun -“Yoshlar kuni” munosabati bilan Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi 22-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yangi O'zbekiston – yoshlari birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” doirasida "Zukko Bolajon" fotoalbomi taqdimotiga bag‘ishlangan badiiy-musiqali bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Maktabgacha ta’limi agentligi hamkorligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy majlis huzuridagi nodavlat va notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan tashkil etilgan tadbir,  “Zukko Bolajon!” fotoko‘rgazmasi hamda milliy qadriyatlarimiz aks etgan ko‘rgazmali namoyishlar bilan boshlandi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Surxondaryodagi maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’ldi

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida faoliyat olib borayotgan "Волшебный замок" maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ayni kunda 360 nafar tarbiyalanuvchi ta'lim-tarbiya olayotgan mazkur ta'lim tashkilotini aholi talabidan kelib chiqib 1000 o'rinli qilib kengaytirish ko'zda tutilmoqda. Shu bois tadbirkor tomonidan ta'lim tashkilotiga kelgusida 640 o'rinli yangi bino qurilishini boshlash orqali jami 1000 nafar bolani qamrab olish taklifini bildirdi.  Vazir ushbu taklifini qo'llab-quvvatlab, bino qurilishi ko'zda tutilgan yer maydonini ham ko'zdan kechirib, o'zining zarur taklif tavsiyalarini berdi. Vazirning Surxondaryo viloyatiga xizmat safari davom etmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Farg'onada "Bebbo" mobil ilovasini tizimga joriy etish yuzasidan o'tkazilgan o'quv-amaliy seminarlarida 900 nafardan ziyod tizim xodimlari ishtirok etdi

Farg'ona viloyati shahar va tumanlarida Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi “Bilim Makon” Innovatsion markazi hamda BMTning “YUNISEF” Bolalar fondi bilan hamkorligidagi "Bebbo" nomli mobil ilovani tizimga joriy etish yuzasidan o'quv-amaliy seminarlari bo'lib o'tdi.  Joriy yilning 5-9-iyun kunlari bo'lib o'tgan mazkur seminarning yakuni Qo'qon shahridagi Pedagogika kollejida bo'lib o'tdi. Unda Qo'qon shahri va atrof tumanlardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan metodistlar ishtirok etdi.  Seminarda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi uchun moslashtirilgan “Bebbo” mobil ilovasini tizimda qo'llash, uning afzalliklari, ilova ichiga joylashtirilgan onlayn boshqarish funksiyalarini ishlatish haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari bolakadem.uz platformasidan foydalanish yuzasidan ham qo'shimcha bilimlarga ega bo'ldi.   Besh kun davom etgan mazkur o'quv-amaliy seminarlarda Farg'ona viloyatidagi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan 900 nafardan ziyod tizim xodimlari ishtirok etdilar.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada kimlar ma'ruza qildi?

Avvalroq xabar berganimizdek, joriy yilning 9-10-iyun kunlari Toshkent shahridagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish tendensiyalari: innovasiya, ta’lim, tajriba va kadrlar tayyorlash” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.  Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hamda Toshkent shahridagi Puchon universiteti bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tayotgan ushbu xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning birinchi kunida Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Manish Prabhat, Adigey Davlat Universiteti dotsenti, pedagogika fanlari doktori Burkova Lyubov Leonidovna, AQSHning Texas universiteti professori Raviprakash G.Dani,  Toshkent shahridagi Puchon universiteti “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi professori Hvang Eun Jin, Toshkent shahridagi Puchon universiteti “Dietologiya va nutritsologiya”  kafedrasi mudiri, professori, Toshkent shahridagi Puchon universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Nam Viktor Veniaminovich, Xalqaro pedagogika fanlari akademiyasi akademigi, pedagogika fanlari doktori, professor Kadirova Fatima Rashidovna, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya univeositeti professori, siyosiy fanlar doktori O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati ayollar va gender tengligi masalalari bo‘yicha qo‘mita eksperti Sultanova E’tibor Siddikovna, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin Vasilevna, Maktabgacha ta’lim agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Boboyev Farrux Ahmedjanovich, Maktabgacha ta’lim agentligi Ta’lim sifatini baholash va monitoring boshqarmasi boshlig‘i Grosheva Irina Vladimirovnalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.  Shuningdek, anjumanga 500 dan ortiq Respublikamizdan Oliy ta’lim muassasalari va pedagogika kollejlari, maktabgacha ta’lim kafedralari o‘qituvchilari; maktabgacha ta’lim boshqaruv organlari rahbarlari va mutaxassislari; maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor, metodist va pedagog kadrlari; ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar va magistrantlar taklif qilingan. Yalpi yig‘ilishdan so‘ng shoʻbalar kesimida ma’ruzalar yetuk mutaxassislar tomonidan davom ettirildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkentda “Maktabgacha taʼlim sifatini oshirish tendensiyalari: innovatsiya, taʼlim, tajriba va kadrlar tayyorlash” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya bo’lib o’tmoqda.

Ayni damda Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “Maktabgacha taʼlim sifatini oshirish tendensiyalari: innovatsiya, taʼlim, tajriba va kadrlar tayyorlash” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya bo’lib o’tmoqda. Konferensiyada Amerika, Hindiston, Janubiy Koreya, Rossiyadan maktabgacha ta’lim tizimida samarali ish olib borayotgan professorlar o‘z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etishmoqda. Anjumanda 500 dan ortiq Respublikamizdan Oliy taʼlim muassasalari va pedagogika kollejlari, maktabgacha taʼlim kafedralari oʻqituvchilari; maktabgacha taʼlim boshqaruv organlari rahbarlari va mutaxassislari; maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor, metodist va pedagog kadrlari; ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar va magistrantlar taklif qilinqan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agentlik xodimlariga yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida mavjud o'zgarishlar va yangi normalar haqida tushunchalar berildi

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligida O'zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Mehnat muhofazasi bo'limi boshlig‘i A.Xudoynazarovning  "Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida mavjud o'zgarishlar va yangi normalar" mavzusidagi  ma’ruzasi tinglandi. Shuningdek, ma’ruza davomida eski tahrirdagi Mehnat kodeksi  va yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi o'rtasidagi  tafovutlar va kiritilgan yangiliklar haqida tushuncha berildi. Uchrashuv yakunida agentlik xodimlari mavzu doirasidagi o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agentlikda navbatdagi huquqiy savodxonlik soati oʻtkazildi

2023-yil 9-iyun kuni Maktabgacha taʼlim agentligi markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi huquqiy savodxonlik soati oʻtkazildi. Huquqiy savodxonlik soati yakunida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorlangan haftaning muhim voqealari hamda davlat xizmatchilari uchun dolzarb mavzular haqida maʻlumot berib boruvchi "Siyosiy-ma'rifat soati"  namoyish etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Farg‘onadagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish mavsumi boshlandi

Farg‘ona viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish tadbirlari katta uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. Bolalar yoz mavsumini sevimli ta’lim dargohlarida maroqli va mazmunli o‘tkazishlari uchun ta’lim tashkilotlaridagi xodimlar ham bor bilim va mahoratini ishga solib, o‘g‘il-qizlarga xush kayfiyat ulashmoqda.     Yozyovon tumanidagi maktabgacha taьlim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish oyligida tarbiyalanuvchilar uchun tarbiyachilar tomonidan ertaklar saxnalashtirilganligi shu kuni mazkur ta’lim dargohidagi bolajonlar uchun unutilmas voqelik bo‘ldi. Ular o‘zlarining sevimli ertak qahramonlarini ustozlari, tarbiyachilari timsolida ko‘rib zavq va shavqqa to‘ldilar.  Eslatib o‘tamiz, Yozyovondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish oyligi tadbirlariga puxta tayyorgarlik ko‘rilgan bo‘lib, bu bo‘yicha belgilangan barcha chora-tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar qamrovi ortmoqda

  Bugungi kunda Surxondaryo viloyatidagi 3-7 yoshgacha boʼlgan bolalar soni 255 ming 705 nafarni tashkil etadi.  Viloyatda mavjud 450 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 94 ming 131 nafar, davlat xususiy sherikchilik asosidagi 158 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 12 ming 423 nafar, 1871 ta oilaviy bogʼchalarda 49 ming 41 nafar hamda 10 ta xususiy bogʼchalarda 603 nafar 3-7 yoshdagi bolalar qamrab olingan.  Umimiy hisobda viloyatda 2 ming 489 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 156 ming 198 nafar 3-7 yoshdagi bolalar tarbiyalanayotgan boʼlib, umumiy qamrov darajasi 61,1 foizni koʼrsatmoqda.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Norin tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotiga homiylik ishlari amalga oshirildi

Video - Namangan viloyatining Norin tumanidagi 29-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida homiylar tomonidan xayrli ishga qo‘l urilib, bolajonlar ta’lim – tarbiya olayotgan maskanning qiyofasini yaxshilash, infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida 30 tonna asfalt sarflanib, 415 m2 maydon asfaltlandi.  8 ta guruhga televizorlar olib berilib, tashkilotning old fasad qismi to‘liq bo‘yoqdan chiqarildi. Bu kabi amaliy ishlar ertamiz egalarining sog‘lom unib-o‘sishi va maktabgacha ta’lim tashkiloti infratuzilmasining yaxshilanishiga yanada keng imkoniyatlar yaratadi.  

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida Buxoroda 62 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

 Buxoroda 62 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi Jumladan: Buxoro tumanida 5 ta (oilaviy); Vobkent tumanida 6 ta (DMTT va oilaviy) G'ijduvon tumanida 10 ta (oilaviy); Jondor tumanida 6 ta (oilaviy); Kogon tumanida 6 ta (DMTT va oilaviy); Olot tumanida 1 ta (DMTT) Qorako'l tumanida 6 ta (DMTT va oilaviy) Peshku tumanida 12 ta (DXSH va oilaviy); Romitan tumanda 6 ta (DMTT); Shofirkon tumanida 4 ta (DXSH va oilaviy). Buning natijasida  viloyatdagi 3-7 yoshli bolalarning yana 2 625 nafari qamrab olindi. Ma'lumot uchun: viloyatda 3-7 yoshdagi bolalar soni 152 893 nafarni tashkil etib, shundan 121 610 nafari (79,5%) maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim agentligida xalqaro uchrashuv bo'lib o'tdi

Maktabgacha ta'lim agentligida 2023-yil 6-iyun kuni agentliк direktori o'rinbosari N. X. Muslitdinovning DXSH boshqarmasi direktori Janob Takeo Koike boshchiligidagi Osiyo taraqqiyot banki (OTB) missiyasi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuv davomida tomonlar O'zbekiston Respublikasi bo'ylab maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qurish va rekonstruktsiya qilishga qaratilgan istiqbolli loyiha bo'yicha tayyorgarlik ishlarining borishini muhokama qildilar. Uchrashuv DXSH shaklidagi loyihalarni amalga oshirish sohasidagi milliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida konstruktiv tarzda o'tkazildi. Shuningdek, qo'shma loyihani texnik va huquqiy qo'llab-quvvatlash, uni amalga oshirish mexanizmlari bo'yicha fikr almashildi, shuningdek tomonlar kelishuvlarni amalga oshirish bo'yicha keyingi qadamlarni belgilab oldilar. Uchrashuv yakunida tomonlar samarali hamkorlikni davom ettirishga qiziqish bildirishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xorazmda OAV vakillari uchun press-tur o‘tkazildi

Xorazm viloyatidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.  Press-turdagi 1-manzil Xiva shahridagi 15-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi. 2-manzil esa viloyatning Gurlan tumanidagi “Lolaxon-Zuhraxon” MCHJga qarashli davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat  maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘ldi. Ma’lumot uchun: Bugungi kunda Xorazm viloyatida jami 1 735 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, shundan, 363 tasi davlat, 91 tasi davlat-xususiy sherikchilik asosida, 7 tasi xususiy hamda 1 274 tasi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari hisoblanadi. Viloyatda 3-7 yoshdagi bolalar jami 153 976 nafar bo‘lib, ularning 121 311 nafari (78.3 %i)  qamrab olingan.  Shundan, 76 040 nafari (49.4%) davlat, 431 nafari (0,3%) xususiy,  9 545 nafari (5,3%) DXSH asosidagi, 30 967 nafari (20,0%) oilaviy MTT larda tarbiyalanmoqda. VIDEO   

Maktabgacha ta'lim agentligi
”Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi.

Saylov kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi ”Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–838-son, 06.05.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi. Jumladan, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra: Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy oʻziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va anʼanalardan kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra: ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar Viloyat, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasi aʼzosi boʻlishi mumkin emas; Prezident muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 2 oy ichida oʻtkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi; Qonunchilik palatasi Prezident tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 3 oy ichida oʻtkaziladi. Qonunchilik palatasi tomonidan oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 2 oy ichida oʻtkaziladi. Senat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Senat aʼzolarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 3 oy ichida oʻtkaziladi. Senat tomonidan oʻzini oʻzi tarqatib yuborish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, Senat aʼzolarining saylovi ushbu Kodeksga toʻliq muvofiq holda 1 oy ichida oʻtkaziladi. 838.pptx

Maktabgacha ta'lim agentligi
So‘x tumanida yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Qayd etish lozim, oxirgi ikki yilda So‘x tumanida bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bo‘lgan qamrovi darajasi 35 foizdan 76 foizgacha ko‘rtarildi.  Prezidentimizning 2020 yil 8 avgust kuni qabul qilgan 4798-sonli qarori asosida qurib bitkazilgan majmua 180 o‘ringa mo‘ljallangan. Tashkilot qo‘shma tipdagi (4 ta guruh umumiy tipdagi (120 o‘rin) va 4ta guruh aqliy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar uchun (60 o‘rin) mo‘ljallangan.   Mazkur davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tumanning "Hazrati Ali" MFYda qurib bitkazildi va 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida foydalanishga topshirildi. Tadbirda Tojikiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda, So‘x tumani hokimligi, sektor rahbarlari, keng jamoatchilik hamda viloyat maktabgacha ta’lim tizimi rahbariyati ishtirok etdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida Qashqadaryoda 35 ta bog‘cha ochilib, foydalanishga topshirildi.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida Qashqadaryoda 35 ta bog‘cha ochilib, foydalanishga topshirildi.  Jumladan: -Shahrisabz shahrida 2 ta (oilaviy); -Qarshi shahrida 3 ta (oilaviy); -Gʻuzor tumanida 1 ta (DXSH); -Dehqonobod tumanida 4 ta (DMTT va oilaviy) -Qamashi tumanida 5 ta (oilaviy); -Koson tumanida 1 ta (DXSH); -Kasbi tumanida 2 ta (oilaviy); -Kitob tumanida 3 ta (DMTT); -Mirishkor tumanida 4 ta (oilaviy) -Muborak tumanida 1 ta (oilaviy); -Nishon tumanida 3 ta (DMTT va oilaviy); -Shahrisabz tumanda 3 ta (DMTT); -Ko‘kdala tumanida 3 ta (DMTT). Shunga asosan viloyatdagi 3-7 yoshli bolalarning 1850 nafari qamrab olindi. Viloyatda 3-7 yoshdagi bolalar soni 308 364 nafarni tashkil etib, shundan 164 563 nafari (54,6%) maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan.

Вид сайта
Размер шрифта