
Joriy yilning 11-iyul kuni Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida, 9-iyul kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan Gamburgdagi nemis-o‘zbek forumi ijrochi direktori Katrin Annette Morozov bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvni Qo‘mita raisi R.Kurbanov ochib, mamlakatimizda o‘tkazilgan ulkan siyosiy tadbirga xalqaro kuzatuvchi sifatida taklif etilgani bilan tabriklab, ushbu tashrif xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasiga prezidentlik saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan Gamburgdagi nemis-o‘zbek forumi ijrochi direktori Katrin Annette Morozovga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin hamrohlik qilmoqda.