Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari kasb bayramingiz munosabati bilan samimiy tabriklarimizni qabul qiling!
Zamonaviy dunyo - bu ulkan axborot maydoni. Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining roli nafaqat ahamiyatli, balki juda ulkandir.
Milliy jurnalistikamizni rivojlantirayotgan va yanada salmog’ini oshirishga xizmat qilayotgan barchaga rahmat. Kasb bayramingiz kunida sizga Maktabgacha ta'lim agentligi bilan qilgan samarali hamkorligingiz, ta'lim masalalarini obyektiv va tezkor yoritganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Ilhom, yangi g'oyalar va ijodiy loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishingizni chin dildan tilab qolamiz. Sizga va yaqinlaringizga sog'liq, baxt va farovonlik doimo yor bo'lsin!