Rasmiy munosabat

news-detail

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi  Maktabgacha ta’lim agentligi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi “Ishonch” va “Ishonch-Доверие” gazetalari tahririyatining  

2023-yil 15-iyundagi  74-sonli chop etilgan “Tarbiyachining ta’lim berishga vaqti bormi?” sarlavhali maqolasiga quyidagilarni ma’lum qiladi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-sonli qarorining ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadi bolaning ta’lim olishga bo‘lgan huquqini amalga oshirishni ta’minlash, bolaning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamolotini saqlash va mustahkamlash, umumta’lim muassasalarida bolaning jamiyatga moslashishini va ta’lim olishni davom ettirishga tayyorligini ta’minlashdan iborat. Bolalarga, shu jumladan, o‘ziga xos ehtiyojlari bor bolalarga yakka tartibda ta’lim dasturlaridan foydalanish, shuningdek, o‘z vaqtida inklyuziv maktabgacha ta’lim va tarbiya olish imkonini beradigan qulay muhit yaratish, bolalarda Vatanga muhabbat tuyg‘usini, oilaga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni, atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish; bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy tajriba orttirishini ta’minlash, bolaning jamiyatga moslashishini va boshlang‘ich ta’limga tayyorligini ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish maktabgacha ta’lim tashkilotining asosiy vazifalari hisoblanadi.

 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida muayyan yosh guruhlarini inobatga olib ta’lim-tarbiya jarayonining davomiyligi bolaning psixologik va fiziologik rivojlanishini inobatga olgan holda, SanQvaMlaridan kelib chiqib belgilangan bo‘lib, ushbu jarayoni "Ilk qadam" davlat o‘quv dasturi asosida tashkil etiladi. Ushbu ta’lim-tarbiya jarayoni mazkur dastur asosida tasdiqlangan kun tartibiga ko‘ra amalga oshirilib, bunda ta’limiy faoliyat belgilangan haftalik va oylik mavzuli reja asosida ertalab tarbiyalanuvchilarni qabul qilgandan to uyga kuzatib qo‘ygunga qadar bo‘lgan vaqt davomida amalga oshiriladi. Misol uchun, mustaqil o‘yin faoliyati, yakka tartibda ishlash, uyqu soati, ovqatlanish va unga tayyorgarlik jarayoni, sayr va unga tayyorgarlik jarayonlarida bir-biriga integrasiyalashgan holda ta’limiy faoliyat tashkil etiladi. 

Tarbiyalanuvchilarning madaniy va ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etishi qonunchilikda ko‘zda tutilmagan. Bu holatga tashkilot ma’muriyati o‘zining ichki imkoniyatlari, sharoitlari va ijtimoiy muhitidan kelib chiqqan holda o‘z munosabatini bildirishga haqli hisoblanadi. 

Shuningdek, maqolada “onlayn davomat” haqida ham so‘z yuritilgan bo‘lib,    unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan: 

- davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida 

(nodavlat-bogcha.uz) avtomatik ravishda hisoblab chiqilish va mablag‘lar to‘lanishi belgilangan. 

Tadbirkorlarga yangi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil etish, faoliyati davrida Davlat byujetidan subsidiya olish jarayonlarini soddalashtirish hamda shaffoflashtirish maqsadida 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi joriy etildi.

Endilikda, ushbu axborot tizimi yordamida:

Ilgari ayrim yakka tartibdagi tadbirkorlar, xodimlarini norasmiy ishga jalb etgan. Natijada, xodimga, davlat tomonidan belgilangan miqdordan kamroq ish haqi to‘langan. Buning oqibatida, fuqaro pensiya yoshiga yetganida pensiya miqdori kam chiqqan hamda daromadi rasmiy bo‘lmaganligi sababli, tijorat banklardan foizi pastroq kreditlar olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan.

Axborot tizimi yordamida xodimlarni “kul rang” sxemalar orqali norasmiy ishga jalb etish holatlariga barham berildi.

Xodimlar uchun oylik axborot tizimi orqali avtomatik ravishda hisoblashi natijasida yakka tartibdagi tadbirkorlar ish haqidan soliqlar va ajratmalarni hisoblash va hisobot topshirish uchun hisobchini jalb etish zarurati qolmadi.

Hisoblangan ish haqidan soliqlar va ajratmalar, har bir yakka tartibdagi tadbirkor va xodim ko‘rsatilgan holda, tegishli soliq va pensiya idoralariga o‘tkazib berilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта