Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Sankt-Peterburg davlat universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv

17-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Agrippina Vasilevna Shin hamda Sankt-Peterburg davlat universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Sergey Vladimirovich Andryushin va Toshkentdagi Sankt-Peterburg davlat universiteti filiali rahbari o‘rinbosari Rubsov Artem Sergeevichlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida, 2022-yil O‘zbekiston delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi davomida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi va Sankt-Peterburg davlat universiteti o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. S.V.Andryushin o‘z nutqida  Sankt-Peterburg universiteti O‘zbekiston Respublikasi bilan ikki tomonlama hamkorlikning turli yo‘nalishlarida, jumladan, maktabgacha ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yo'lga qo'yishga intilishini ma’lum qildi. Shu nuqtai nazardan, zamonaviy O‘zbekiston taraqqiyotining ajralmas qismi bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarni erta rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi. SPbDU Prorektori yig‘ilish doirasida tomonlar o‘rtasida imzolangan Memorandum bandlarini amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish maqsadida, “Yo‘l xaritasi”ni belgilash va ishlab chiqish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi. Shu bilan birga, S.V.Andryushin Rossiya tomoni Sankt-Peterburg shahridagi universitet hududida o‘zbek mutafakkiri va olimi Mirzo Ulug‘bek haykali o‘rnatilishiga, shuningdek, O‘zbekiston tomonidan Sankt-Peterburg davlat universitetida O‘zbek madaniyati markazining ochilishida har tomonlama yordam berishga tayyorligini yana bir bor ta’kidladi. S.V.Anryushin, shuningdek, Sankt-Peterburg universiteti rahbariyatining O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi bilan quyidagi sohalarda hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi: a) maktabgacha ta’lim tizimining ilmiy salohiyatini oshirish; b) inklyuziv ta'limni rivojlantirishga qaratilgan qo'shma loyihalarni amalga oshirish; v) hamshiralik ishi rivojlanishining individual modullari va dasturlarini ishlab chiqish; d) maktabgacha ta'lim tizimida ishlovchi hamshiralarning malakasini oshirish. Muzokaralar natijasida, tomonlar O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish bo'yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish lozimligi haqida kelishib olishdi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligi markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi siyosiy-ma’rifat va huquqiy savodxonlik soati o‘tkazildi.

2023-yil 17-mart kuni Maktabgacha ta’lim agentligi markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi siyosiy-ma’rifat va huquqiy savodxonlik soati o‘tkazildi. Unda “Energiya resurslaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-prosessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-822 Qonuni (13.03.2023); Prezidentning “Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-34 Farmoni (13.03.2023); Prezidentning “Mahalla tizimi xodimlari kuni belgilanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 iyuldagi «Mahalla iftixori» ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida»gi PQ-3132-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” PQ-93-son Qarori (14.03.2023); “Toshkent metropolitenidan foydalanishda pensiya oluvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida” Prezidentning PQ-94-son Qarori (15.03.2023); “Vazirlar Mahkamasining «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi joriy qilinishiniva uning ishlashini ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2019 yil 5 dekabrdagi 971-son qaroriga o‘zgartirishva qo‘shimchalar kiritish haqida” 106-son (13.03.2023) Hukumat qarori mazmun-moyihati va ahamiyati xodimlarga tushuntirildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining «O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida”gi 3017-IV-son qaroriga ham to‘xtalib o‘tildi. Siyosiy-ma’rifat va huquqiy savodxonlik soati yakunida, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” namoyish etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Tadbirkorlar tomonidan kelib tushayotgan savollarga Maktabgacha ta’lim agentligi mutaxassislari tomonidan berilgan javoblar

Savol:  Men 50 o‘rinli oilaviy bog‘cha tashkil qilganman. Lekin, nega joriy yilning yanvar (yoki boshqa oy) oyi uchun 4 nafar xodimga emas, faqatgina 2 nafar xodimga ish haqi uchun subsidiya hisoblandi? Javob: Vazirlar Maxkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 426-son qarori bilan tasdiqlangan  Nizomga asosan quvvati 50 o‘rinli bo‘lgan oilaviy MTTga ikkita guruh uchun yollangan 2,5 ta tarbiyachi va 2 ta tarbiyachi-yordamchi shtat birliklariga ish haqiga subsidiya hisobot oyida ushbu MTTning birinchi guruhida tarbiyalanayotgan bolalar soni 25 nafar, ikkinchi guruhida kamida 12 nafarni tashkil qilganda to‘liq to‘lanadi. Bunda subsidiyalar oilaviy MTTdagi guruhlar sonidan kelib chiqib, ko‘pi bilan 4,5 ta shtat birligida (Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 2,25 shtat birligigacha), shu jumladan, bir guruhda — 1,25 shtat birligida tarbiyachi va 1 shtat birligida tarbiyachi yordamchisi lavozimida band bo‘lgan xodimlarning ish haqini to‘lash uchun ajratiladi. Misol uchun, 50 o‘rinli oilaviy MTTda hisobot oyida 37 nafar va undan ortiq tarbiyalanuvchilar ro‘yxatga olinganda, ikkita guruh tashkil etilib, jami 2,5 shtat birligi tarbiyachi va 2 shtat birligida tarbiyachi yordamchisi lavozimiga ish haqi uchun subsidiyalar ajratiladi. Agar hisobot oyida 50 o‘rinli oilaviy MTTda 36 nafar va undan kam tarbiyalanuvchilar ro‘yxatga olingan bo‘lsa, unda ushbu oilaviy MTTga faqatgina bitta guruhi uchun 1,25 shtat birligi tarbiyachi va 1 shtat birligida tarbiyachi yordamchisi ish haqi uchun subsidiyalar ajratiladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv

15-mart kuni  Maktabgacha ta’lim agentligida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Agrippina Vasilevna Shin hamda A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti rektori Sergey Valentinovich Tarasov o'rtasida  uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Ochilish nutqida S.Tarasov RDPUning so‘nggi yutuqlari va rivojlanish istiqbollari haqida qisqacha so‘zlab berib, O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini rivojlantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda Toshkent shahridagi A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filialining rivojlanishida qo‘shgan bebaho hissasi uchun Maktabgacha ta’lim agentligi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi. Rossiya delegatsiyasi rahbari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi bilan hamkorlik to‘g‘risida gapirar ekan, RDPU jamoasi A.I.Gertsen universitetining Toshkentdagi filialini qo‘llab-quvvatlash va samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini ma’lum qildi.   Rossiya tomoni, shuningdek, filial doirasida bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha yangi tarkibiy ta’lim dasturlarini ochish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qildi.  Tomonlar, shuningdek, pedagogika sohasida yangi aloqa nuqtalarini topish va A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘rtasida oʻquv modulini ishlab chiqish va umumtaʼlim maktablari professor-oʻqituvchilari malakasini oshirishni nazarda tutadigan tegishli hamkorlik memorandumini imzolash zarurligiga kelishib oldilar. Muzokaralar natijasida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi tizimini hamda Toshkent shahridagi A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filialining o‘quv jarayonlarini rivojlantirish bo'yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish to'g'risida kelishishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Tadbirkorlar tomonidan kelib tushayotgan savollarga Maktabgacha ta’lim agentligi mutaxassislari tomonidan javoblar

Savol. Menda shaxsiy kabinetim orqali Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi (nodavlat-bogcha.uz) (NMTTBAT)da tashkilotimga 2023 yilning yanvar oyi uchun subsidiya hisoblanganligi ko‘rinmoqda, lekin nega ushbu mablag‘lar hanuzgacha to‘lab berilmadi? Javob: Bunday holat yuzaga kelganligining  bir nechta sabablari mavjud: birinchidan, ayrim oilaviy nodavlat MTTni tashkil etgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan NMTTBATga faqatgina asosiy bitim kiritilib, unga asosan bitimni amal qilish muddati yanvar oyiga qadar tugaganligi kuzatildi. Bu holatda agar tadbirkorlar qo‘shimcha bitimni (mavjud bo‘lganida) NMTTBATga kiritmasa, bitimni amal qilish uzaytirmaganligi natijasida, NMTTBAT avtomatik ravishda subsidiyani hisoblamaydi. Mazkur holatlarni zudlik bilan tuzatish maqsadida, Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan maxsus ishchi guruh tashkil etilib, ushbu tadbirkorlarning bitim va qo‘shimcha kelishuv ma’lumotlari bugungi kunda axborot tizimiga to‘liq kiritilishi ta’minlandi. Shuningdek, bitimning amal qilish muddati tugab, o‘rnatilgan tartibda qo‘shimcha kelishuvlarni rasmiylashtirgan tashkilotlarning yanvar oyi subsidiyasi joriy yilning 16-17 mart kunlari “nodavlat-bogcha.uz” platformasida hisoblanib, to‘lovlar bank hisob raqamlariga to‘lab berilishi ma’lum qilinadi. ikkinchidan, ayrim tadbirkorlar tomonidan “nodavlat-bogcha.uz” platformasiga belgilangan me’yorlardan ortiqcha shtat kiritilishi yoki xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘liq kiritilmasligi oqibatida joriy yilning yanvar oyi ish haqi uchun subsidiyalar to‘lanishi kechiqmoqda. Ma’lumot uchun: DXSH asosidagi, shu jumladan, oilaviy MTTlar, ularda ishlovchi ayrim xodimlarning ish haqlarini to‘lash uchun — 9 soatli ish rejimidagi davlat MTTlarida ushbu xodimlar uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari va miqdorlarida davlat byudjetidan subsidiyalar ajratiladi. Bunday kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi to‘g‘risida tadbirkorlarga NMTTBATning mobil ilovasi (“qo‘ng‘iroqcha” tasviri) orqali habarnomalar yuborilgan. Ushbu tadbirkorlar tomonidan NMTTBAT orqali tegishli ma’lumotlardagi kamchiliklarni bartaraf etish va ish haqi uchun elektron ariza berishlari so‘raladi. uchinchidan, Vazirlar Maxkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 426-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensasiyalar to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan:  - davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib NMTTBATda avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi; - hisobot oyida NMTTBATda xususiy sherik mulki negizida tashkil etilgan DXSH asosidagi va oilaviy nodavlat MTTning guruhlaridagi tarbiyalanuvchilari bo‘yicha o‘rtacha oylik davomati foizi 40 foizdan kam bo‘lganda, hisobot oyi uchun xodimlarning ish haqiga subsidiya hisoblanmaydi va to‘lanmaydi.  Ushbu Nizomga asosan 2023 yil fevral oyi uchun DXSH va oilaviy nodavlat MTTda oylikning o‘rtacha davomati 40% dan yuqori bo‘lgan va oilaviy MTT larda ish kunida tarbiyalanuvchilar soni guruhda 12 tadan ko‘p bo‘lgan xodimlar uchun davomat asosida ish xaqi hisoblanganligini ma’lum qilamiz. to‘rtinchidan, tadbirkorlar va ONMTTlar tomonidan bank rekvizitlari xato (yoki to‘liq emas) bo‘lganligi, xodimlarining bank plastik kartasi ma’lumotlarini xato kiritilganligi yoki to‘liq kiritilmasligi, shuningdek, ish xaqi uchun mo‘ljallanmagan karta ma’lumotlarining tizimga kiritilishi natijasida ushbu tadbirkorlarga subsidiya to‘lovlarini amalga oshirish imkonsizligicha qolmoqda. Eslatma: Hurmatli tadbirkorlar yuqoridagi kabi holatlarni zudlik bilan  bartaraf etishingizni so‘raymiz! Aks holda subsidiya to‘lovlarini amalga oshirishning  imkoni bo‘lmaydi. Shuningdek, NMTTBATning mobil ilovasida maxsus “qo‘ng‘iroqcha” tasviri ostida xabarnoma menyusi orqali yuborilgan  yangiliklarga va axborotlarga e’tiborli bo‘lishing

Maktabgacha ta'lim agentligi
Hurmatli tadbirkorlar ogoh bo‘ling! Subsidiyalar ajratilishida noqonuniy hatti-harakatlar aniqlanmoqda.

  Andijon va Namangan viloyatlaridagi ayrim davlat-xususiy sheriklik asosidagi hamda oilaviy nodavlat MTTlar faoliyati tanlanma asosida o‘rganildi.   Natijada:  ba’zi davlat-xususiy sheriklik asosidagi va oilaviy nodavlat MTTlar tomonidan bir bolaning fotosurati bir necha marotaba nodavlat-bogcha.uz axborot tizimiga kiritilib, davomat qilib kelinayotganligi;  tashkilot bitimda ko‘rsatilgan manzilda faoliyat yuritmayotganligi;  oilaviy nodavlat MTTda 48 nafar tarbiyalanuvchi davomatdan o‘tkazilgan lekin amalda 6 nafar tarbiyalanuvchining mavjudligi;  bir nafar tarbiyalanuvchining fotosurati  bir nechta boshqa MTTda davomatdan o‘tkazilganligi;  davlat MTTining tarbiyalanuvchilarini davlat-xususiy sheriklik asosidagi va oilaviy nodavlat MTT tarbiyalanuvchisi sifatida davomatdan o‘tkazilganligi aniqlandi.  Yuqoridagi holatlar yuzasidan yig‘ilgan barcha ma’lumotlar umumlashtirilib huquq-tartibot organlariga taqdim etilmoqda.   Qonunbuzarlik holatlari aniqlangan DXSH asosidagi va oilaviy nodavlat MTTlarga subsidiyalar to‘lanishi uch oyga to‘xtatildi.  Hurmatli davlat-xususiy sherikligi asosida hamda oilaviy nodavlat MTTlarini tashkil etgan tadbirkorlar, bugungi kunda Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi yordamida har bir tarbiyalanuvchining shaxsini biometrik identifikasiya qilish orqali tarbiyalanuvchining o‘ziga tegishli ekanligini va bitimda ko‘rsatilgan manzilda davomat qilinganligi nazorat qilinib borilayotganligini, shuningdek, axborot tizimiga Siz tomoningizdan kiritilgan har bir ma’lumot tizim xotirasida saqlanib qolinayotganligini (keyinchalik ushbu ma’lumotlarni o‘chirib yuborganingizda ham axborot tizimi xotirasida saqlanib qolinadi) hamda bu kabi o‘rganishlar butun respublika bo‘ylab, bosqichma-bosqich davom ettirilishini, aniqlangan kamchiliklar esa o‘z navbatida huquq-tartibot organlariga qonuniy chora ko‘rilishi uchun taqdim etilishini ma’lum qilamiz.  Eslatma: DXSH asosidagi MTT, shu jumladan, oilaviy MTT tomonidan bir bolaning ma’lumotlari NMTTBATga kiritilib, uning fotosurati o‘rniga boshqa bola (tarbiyalanuvchi)ning fotosurati ushbu axborot tizimiga joylashtirilganligi va uning asosida davomati belgilanib kelinayotganligi aniqlanganda: - mazkur tarbiyalanuvchi MTTga qatnagan barcha davri uchun to‘langan subsidiyalar summasi to‘liq Davlat byudjetiga undiriladi; - ushbu holat aniqlangan oydan boshlab uch oy davomida subsidiya to‘lovlari mazkur DXSH asosidagi MTTga hisoblanmaydi va to‘lanmaydi. Bunday holat ikkinchi marta aniqlanganda ushbu DXSH asosidagi MTT bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim bekor qilinadi va qayta tuzilmaydi. Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarori 2-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan Nizomning 33-bandi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamshiralari uchun trening kurslari tashkil etildi

2023-yilning 10-18 mart kunlari AQSH qishloq xo‘jaligi vazirligining “Bolalar taʼlimi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi” doirasida Mehribonlik korpusi (Mercy corps) xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali Maktabgacha taʼlim agentligi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamshiralarining malakasini oshirish kursi o‘tkazilmoqda. Ushbu 8 kunlik treningning asosiy maqsadlari maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning o‘sishi va rivojlanishini monitoring qilish, ularning to‘g‘ri ovqatlanishi va gigiyenasi bo‘yicha hamshiralarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishidir. Trening jarayonida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga shoshilinch holatlarda birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish bo‘yicha hamshiralarning bilimi va amaliy ko‘nikmalarini darajasini oshirishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Hamshiralarning malakasini oshirish kursi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish Markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yuqori malakali mutaxassislari tomonidan amalga oshirilmoqda. Mazkur dastur doirasida 2023-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi 60ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamshiralarining malakasini oshirish rejalashtirilgan.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalarning jamiyatda barqaror rivojlanishidagi ayollarning roli

"SHHT makonida ayollar: o'zaro manfaatli hamkorlik" konferensiyasi noyob platforma sifatida SHHTga a'zo davlatlarning gender tengligini ta'minlash, ayollarning huquq va imkoniyatlarini eng muhim yo'nalishlarda kengaytirish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko'rish bo'yicha hamkorligini yanada rivojlantirish va tajriba almashish maqsadida tashkil etilgan. Mamlakatimiz ayollarining ehtiyojlarini qondirish masalasi ustuvor vazifaga aylanib bormoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash to'g'risida qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Natijada ayollarga barcha sohalarda imtiyozlar berildi. Davlatimiz rahbari "Ayol qadri, inson qadri ulug‘langan yurtda esa, tinchlik va farovonlik, ahillik va baraka albatta barqaror bo‘ladi", deb ta'kidladi . Bu mamlakatda mamlakatimiz ayollariga katta e'tibor qaratilayotganidan dalolat beradi. Ta'lim tinchlik, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning tayanchi, inson huquqlari va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning asosiy va yagona nuqtasidir. Bugungi kunda global va shiddatli innovatsion o'zgarishlar davrida ta'lim tizimi tengsizlikni bartaraf etish, insoniyat va sayyoramizning tinch, inklyuziv va barqaror kelajagiga hissa qo'shish uchun transformatsiyaga tayyor bo'lishi kerak. Barqaror rivojlanish maqsadlarining asosiy g'oyalaridan biri - (BRM-4) ta'lim tizimida bolalar, ayollar va qizlar uchun teng imkoniyatlar yaratishdir. Bugungi kunda respublika ta'lim tashkilotlarining 8 milliondan ortiq o'quvchilari va tarbiyalanuvchilarining 4 millioni (47%) -bu qizlar, 667 ming o'qituvchidan 487 ming nafari (73%) - ayollardir. Tizimda ishlaydigan ayollarning 41 foizi (15 567) yuqori lavozimlarda ishlaydi. Bu raqamlar, o'z navbatida, maktabgacha va maktab ta'limi - bu O'zbekiston Respublikasida eng ko'p ayol rahbarlarni ish bilan ta'minlaydigan tizim ekanligini anglatadi. Bundan tashqari, o'tgan yil bilan taqqoslaganda, asosiy va mintaqaviy-xalqaro olimpiadalarda 97 nafar talaba-sovrindorlarning 41 yoki 42 foizi qizlarni tashkil etdi. Bu yerda men sizning e'tiboringizni bitta diqqatga sazovor tomonga qaratmoqchiman. So'nggi 5 yil ichida "maktabgacha ta'lim" yo'nalishi bo'yicha oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotalari 3,5 baravar oshdi. Mamlakatimizda xotin-qizlarning ahvolini yaxshilash, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, gender tengligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan samarali ishlar doirasida vazirlik tizimida ham katta ishlar amalga oshirilmoqda. Shunday qilib: 1. O'quvchi qizlarning yetakchilik va boshqa ko' nikmalarini shakllantirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini, ma'naviy-axloqiy tarbiyasini, kasbiy mahoratini oshirish, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tuman (shahar) larda "Qizlarjon" o'quvchi-qizlar sammitlarini tashkil etish yo'lga qo'yildi. Ma’lumot uchun: 2021-yilda sammitlarda 38 ming o'quvchi-qizlar qamrab olingan bo'lsa, 2022-yilda 100 ming o'quvchi-qizlar qamrab olindi. Ular tadbirkorlik, turli kasblar, to'garaklarga yo'naltirilgan va 120 nafar o'quvchi murabbiy sifatida o'qitilgan. Shuningdek, qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, kasbga o'qitish va oilaviy hayotga tayyorlash bo'yicha 5 ta muhim tashabbus doirasida ta'lim muassasalarida tashkil etilgan "Qizlarjon", "Orasta qizlar", "Mohir qo'llar" to'garaklariga 1,3 million (42%) qizlar jalb etildi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida "Zumradoylar davrasi" to'garagi tashkil etilgan bo'lib, u yosh qizlarda Vatanga muhabbat tuyg'usini shakllantirish, ularni milliy urf-odatlar va an'analarga muvofiq tarbiyalash, ota-onalarga hurmat, xushmuomalalik bilan muloqot qilish va stolda o'zini tutish, mehmonlarni kutish, kiyinish uslubini o'rgatishni o'z ichiga oladi. 2. Iqtidorli o'quvchi qizlarning qo'llab-quvvatlashi tufayli: -olimpiadaning respublika bosqichida asosiy fan bo'yicha 34 nafar (55 %) o'quvchi-qizlar, mintaqaviy-xalqaro olimpiadalarda esa - 12 nafar (24 %) qizlar g'alaba qozondi; -2022-yilda ta'lim muassasalarini tamomlagan 206 ming o'quvchi-qizlardan 65 ming nafari (31,5%) oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilindi; Ma’lumot uchun: Umumta'lim maktablaridan 65 ming (31%) o'quvchi-qizlar oliy ta'lim muassasalariga, Prezident maktablaridan 27 ta (100%), Ijodiy maktablardan 90 ta (100%), ixtisoslashtirilgan maktablardan 57 ta (100%)o'qishga kirdilar. - 5 ta xalqaro imtihon tizimlarida (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) 2,5 mingdan ortiq o'quvchi-qizlar sertifikatlar olishdi.; Ma’lumot uchun: Umumta'lim maktablarining 2,6 ming (0,06%) o'quvchisi sertifikat oldi, Prezident maktablaridan 27 nafari (100%), ijodiy maktablardan 109 nafari (64%), ixtisoslashtirilgan maktablardan 32 nafari (56%). 3. Ta'lim muassasalari va tizim tashkilotlarida 2 980 nafar magistr-ayollar, 86 nafar fan nomzodi, 17 nafar fan doktori ta'lim beradi. - doimiy ravishda professional tanlov - "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi" tanlovi o'tkaziladi. 2022-yilgi tanlovda viloyatlardan jami 70 nafar pedagog ishtirok etdi, 5 ta nominatsiya bo'yicha 15 nafar g'olib aniqlandi. Professional tanlovning respublika bosqichida faol ishtirok etgan ishtirokchilarning xohishiga ko'ra Toshkentda tashkil etilgan xalqaro Nordik universitetiga o'qishga kirish tavsiya etiladi. Tizimdagi ayol pedagog xodimlarning mehnatini rag'batlantirish, ularning jamiyatimiz oldidagi xizmatlarini oshirish maqsadida so'nggi uch yil ichida 2 102 nafar pedagog ayol davlat mukofotlari va ko'krak nishonlari bilan taqdirlandi. Hozirda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo'lgan 15277 nafar ayol o'qituvchilarga 20% va 50% miqdorda qo'shimcha to'lovlar to'lanmoqda.    Ayollarni yanada qo'llab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi rolini oshirish maqsadida vazirlik tizimida quyidagi  ish reja asosida ishlar olib borilmoqda: Birinchidan, "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida o'quvchi-qizlarning zamonaviy dasturlash yo'nalishlari bilan qamrab olinishini 30 foizga yetkazish.  Ma’lumot uchun: 2020-2021-yillarda ushbu ko‘rsatkich 23,4% ni tashkil etgan. Ikkinchidan, olis va borish qiyin bo 'lgan hududlardagi 522 ta maktabda 65 mingdan ortiq o'quvchi-qizlarning oliy ta'lim muassasalariga kirishlari uchun imkoniyatlar yaratish maqsadida 10-11-sinflarda tabiiy fanlar, texnika va matematika bo'yicha variativ o'quv rejalarini joriy etish. Uchinchidan, yoshlarda huquqiy madaniyatni shakllantirishga, ularga ayollar va erkaklar tengligi haqidagi g'oyalarni singdirishga, zo'ravonlikka nisbatan qarshilik hissini shakllantirishga qaratilgan animatsion qisqa metrajli filmlar va ijtimoiy roliklarni ishlab chiqish. To‘rtinchidan, "Respublika ixtisoslashtirilgan qizlar uchun mo'ljallangan ta'lim muassasasida" tarbiyalangan qizlarda hayotiy ko'nikmalarni shakllantirish. Beshinchidan, inklyuzivlik sharoitida umumta'lim muassasalarida tahsil olayotgan qizlarni psixologik-pedagogik qo'llab-quvvatlash bo'yicha ishlarni tashkil etish.  

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Ishchi guruh bog‘chalarda o‘z ishini davom ettirmoqda

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi ishchi guruhi tomonidan Termiz shahridagi  maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari va pedagog xodimlari uchun   "Sehrli qasr" nomli davlat-xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat hamda 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida  "Ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantiruvchi markazlarda tashkil etish" mavzusida o‘quv amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda tashkilot direktorlari, hamda pedagog xodimlariga bolalarning shaxsiy ko‘nikma va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ta’lim jarayonini mustaqil individuallashtirish imkonini berishda rivojlantiruvchi markazlarning o‘rni haqida keng ko‘lamda tushuntirish ishlari olib borildi. Seminar davomida pedagoglar o‘zlari qiziqqan savollariga ishchi guruh vakillaridan tegishli tavsiyalarni olishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Surxondaryo bog‘chalari agentlik rahbariyati tomonidan ko‘zdan kechirilmoqda

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Agrippina Shin  Surxondaryo viloyatidagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tashrif buyurdi. Denov tumanidagi 120 oʻrinni qamrab olgan 44-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, taʼlim sifatini samarali tashkil etish boʻyicha olib borilayotgan ishlar: beshta markazda metodikaning toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganligi,  bolalarga chet tillarini rivojlantirish va o'rgatish yoʻlga qoʻyilganligi bilan tanishdi. Maktabgacha ta’lim agentligi mutaxassislari tomonidan mazkur tashkilot pedagoglari va tarbiyachilariga bolalarga sifatli ta’lim va tarbiya berish ko‘nikmalari yuzasidan uslubiy tavsiyalar berildi. Keyingi manzil Denov Pedagogika kolleji bo‘ldi. Pedagogika kollejida ta’lim standartlari va malaka talablari asosida “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi” va “Maktabgacha ta’lim tashkiloti yordamchi tarbiyachisi”  yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar bilan suhbat o‘tkazildi.  Shuningdek, Agrippina Shin kollej qoshida tashkil etilgan  bir yillik majburiy tayyorlov guruhlarining faoliyati bilan tanishib, kollejning bo‘sh binolaridan unumli foydalanish bo‘yicha mas’ullarga tegishli  ko‘rsatma va topshiriqlar berdi. Shundan so‘ng Agrippina Shin Termiz shahrida joylashgan  360 o‘rinli "Sehrli qasr" davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan ta’lim sifati bilan tanishdi. Mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga 3 tilda ta’lim berilishi a’lohida e’tirof etildi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining jamiyat rivoji va yoshlar ongini rivojlantirishdagi o‘rni alohida qayd etib o‘tildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Kun.uz saytida “Hududlardagi bog‘cha tarbiyachilariga oylik berilmayapti. Muammo nimada?” nomdagi maqola yuzasidan ma’lumot: 1. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar va kompensasiyalar to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizomda xodimning aybisiz (hududdagi favqulodda holatlar, ob-havoning keskin sovib yoki isib ketishi natijasida mahalliy hokimliklar qarorlari asosida ta’lim muassasalarining faoliyati vaqtincha to‘xtatilganda, sanitariya-epidemiologik vaziyatlar va boshqa favqulodda holatlar ro‘y berganida) bekor turib qolingan kunlar soni ham xodimning davomat kunlariga ko‘shilib, ish haqi xarajatlari uchun subsidiya miqdori hisoblanishi belgilangan. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-yanvardagi 1-sonli bayoniga (№01-07/1-2045, 05.01.2023y.) asosan joriy yil yanvar oyining ikkinchi o‘n kunligida O‘zbekistonning katta qismi sovuq antisiklon ta’sirida bo‘lishi va 10 yanvardan boshlab havo harorati keskin pasayishini inobatga olib:  - maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (MTT) navbatdan tashqari ta’til e’lon qilish bo‘yicha mas’ul vazirliklarning taklifi ma’qullangan; - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga nodavlat MTTlar uchun navbatdan tashqari ta’til e’lon qilish tavsiya etilgan. Biroq, hududiy hokimliklarning bu masaladagi bayonlari (qarorlari) turlicha tasdiqlanib, ularda ta’tilning boshlanishi sanasi va uning davomiyligi belgilanmagan, faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish sanalari turlicha ko‘rsatilgan yoki aniq ko‘rsatilmagan (misol uchun, xonalarda havo harorati +20 darajadan yuqori bo‘lgan MTTlar bosqichma bosqich faoliyatini boshlashiga ruxsat etilgan). Bunday holatda davlat-hususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat MTTga qonunchilikda belgilangan ish haqi xarajatlarini qoplashga yanvar oyi uchun subsidiya hajmini aniq hisoblash imkoni bo‘lmadi. Shundan kelib chiqib, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va ularda ishlaydigan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida respublika Hukumati tomonidan vaziyatga aniqlik kiritilib, tegishli qaror qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq 2023-yil yanvar oyida Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi (NMTTBAT) orqali tarbiyalanuvchilar davomatini yuritgan va ob-havo keskin sovib ketishi natijasida 1-fevralga qadar o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan (yoki to‘laqonli yuritmagan) DXSH asosidagi, shu jumladan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga, NMTTBATga kiritilgan xodimlari uchun qonunchilikka asosan ish haqi xarajatlarini qoplashga ajratiladigan subsidiya hajmi 2023-yil 10-31-yanvar davri uchun (ushbu davrda xodimlarning elektron davomatini yuritishidan qat’iy nazar) to‘liq hisoblandi va to‘lovlar joriy yilning 6 martdan, ya’ni dushanba kunidan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 2. Nizomning 16-bandida oilaviy MTTda: ish haqi xarajatlari byudjet subsidiyalari hisobidan moliyalashtiriladigan xodimlardan amaldagi qonunchilikda belgilangan miqdorlarda ijtimoiy soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga badal to‘lovlari hamda xodimlarga to‘lanadigan ish haqi summalari har bir xodim uchun NMTTBATda hisoblanadi va Moliya vazirligining axborot tizimiga yuboriladi.  jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va boshqa ajratmalar ushlab qolingandan keyin hisoblangan ish haqi tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari orqali Moliya vazirligining tegishli axborot tizimi yordamida tuman (shahar) mahalliy byudjetlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri oilaviy MTT xodimlarining tegishli bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi deb belgilangan. Biroq, bugungi kunda kelib, bir qator DXSH asosidagi MTT rahbarlari, bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan, ushbu tartibga rioya qilmagan holda o‘z xodimlariga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar, shuningdek, ularning bank plastik kartalari to‘g‘risida ma’lumotlarni NMTTBATga kiritmaganligi aniqlanmoqda. Bunday holatni oldini olish maqsadida DXSH asosidagi MTT rahbarlari, xodimlariga tegishli bank plastik kartalari va boshqa zarur ma’lumotlarni, zudlik bilan NMTTBATga kiritishini so‘raymiz. Aks holatda xodimlarning ish haqi subsidiyasini o‘z vaqtida to‘lab berish imkoniyati yo‘qligini ma’lum qilamiz (bank plastik kartalari to‘g‘risida ma’lumotlar NMTTBATda mavjud bo‘lmasa, ish haqini kimga to‘lashni ham aniqlab bo‘lmaydi) hamda Nizomning 39-bandiga asosan NMTTBATga noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar kiritilishi natijasida subsidiya va kompensasiyalarni moliyalashtirish imkoniyati bo‘lmasa, javobgarlik tegishli oilaviy MTT rahbariga yuklanganligini eslatib o‘tamiz.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Koreya Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Maktabgacha ta’lim agentligida “Edulink Global” kompaniyasi prezidenti va ijrochi direktori Chungrim Xon xonim bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirishga qaratilgan S-board dasturini amalga oshirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda Chungrim Xon xonim bugungi kunga kelib "Edulink Global" kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi sharoitlariga moslashtirilgan S-board dasturining pilot versiyasini sinovdan o‘tkazishni davom ettirayotgani hamda Toshkent shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida dasturni sinovdan o‘tkazish natijalaridan kelib chiqib, uning yakuniy varianti ishlab chiqilishi, u keyinchalik respublikaning barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida joriy etilishini qayd etdi. "Edulink Global" prezidenti, shuningdek, Koreya tomoni Respublika maktabgacha ta’lim tizimiga yangi ilg‘or innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha turli yo‘nalishlarda Maktabgacha ta’lim agentligi bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga intilayotganini alohida ta’kidladi. Muzokaralar natijasida tomonlar maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni davom ettirish va memorandum bandlarini amalga oshirishni jadallashtirish zarurligi to‘g‘risida kelishuvga erishdilar. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi va Koreyaning "Edulink Global" ta’lim kompaniyasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi bandlarini amalga oshirish ishlarini jadallashtirish zarurligi toʻgʻrisida kelishib olindi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun trening kurslari tashkil etildi

Kuni kecha AQSH qishloq xoʻjaligi vazirligining “Bolalar taʼlimi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi” doirasida Mehribonlik korpusi (Mercy corps) xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining Oʻzbekistondagi filiali Maktabgacha taʼlim agentligi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasining maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun tashkil etilgan “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish” mavzusida besh kunlik trening kurslari boshlandi. Ushbu oʻquv kursining asosiy maqsadi MTTlar pedagoglarining qoʻyidagi masalalar boʻyicha nazariy va amaliy kompetensiyalarini oshirish: maktabgacha yoshda boʻlgan bolalarning nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalarini rivojlantirish boʻyicha pedagogik metodikalarni va bola shaxsiga yoʻnaltirilgan differensial yondashuv asosida taʼlim-tarbiya berish; bolalarda ratsional, turli xil ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish; maktabgacha yoshdagi bolalarga shoshilinch holatlarda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish. “Bolalar taʼlimi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi” Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Surxondaryo viloyatining DMTTlarida amalga oshirilmoqda. Ushbu dastur MTTlarning moddiy-texnik bazasini va infratuzilmasini yaxshilash, MTTlar pedagoglari, hamshiralari, oshpazlarini malakasini oshirish singari qator maqsadlarga erishishni nazarda tutadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rossiyaning “Logoprognoz” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv

Maktabgacha ta’lim agentligida joriy yilning 20-fevral kuni Rossiya tomonining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari A.Shin hamda “Logoprognoz” kompaniyalar guruhi bosh direktori V. Yefimova o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar maxsus va inklyuziv ta’lim sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Rossiya kompaniyasi rahbari o‘z nutqida Maktabgacha ta’lim agentligining inklyuziv ta’lim va imkoniyati cheklangan bolalarni reabilitatsiya qilish sohasidagi faoliyatini yuqori baholadi. Shuningdek, davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotining Nukus shahridagi “Imkon” reabilitatsiya markazi bilan olib borilayotgan ishlarini alohida ta’kidladi. Muzokaralar doirasida V.Yefimova “Logoprognoz” kompaniyalar guruhi tomonidan maxsus va inklyuziv ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot va IT-loyihalari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Rossiya delegatsiyasi rahbari maktabgacha yoshdagi bolalar, shuningdek, umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida tahsil olayotgan bolalar salohiyatini baholashga qaratilgan mobil ilovalarni ishlab chiqish va moslashtirishda O‘zbekiston tomoniga yordam berishga tayyorligini bildirdi. Uchrashuv doirasida Rossiya tomoni vakili V.Yefimovaning so‘zlariga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim agentligining ixtisoslashtirilgan bo‘linmalariga “Logoprognoz” kompaniyasi tomonidan imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash bo‘yicha tasvirga olingan va o'zbek tiliga tarjima qilish mumkin bo‘lgan filmlarni taqdim etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish va Rossiya tomonining maxsus va inklyuziv taʼlim sohasidagi innovatsion takliflarini O‘zbekiston Respublikasidagi maktabgacha taʼlim tizimi ehtiyojlariga moslashtirish imkoniyatlarini oʻrganish zarurligi toʻgʻrisida oʻzaro fikr almashdilar.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
“Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimda inklyuziv taʼlim amaliyotini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Qoʻshma Muvofiqlashtirish Kengashining 3-yigʻilishi

2023-yil 20-fevral kuni Maktabgacha taʼlim agentligida “Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimda inklyuziv taʼlim amaliyotini mustahkamlash” qoʻshma loyihasini amalga oshirish boʻyicha Qoʻshma Muvofiqlashtirish Kengashining 3-yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Ushbu loyiha 2021-yil 11-iyun kuni Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) oʻrtasida imzolangan yigʻilish Bayonnomasi asosida amalga oshirilmoqda. Uchrashuvda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari A.Shin, JICA ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari S.Miyazaki, JICA ning Yaponiyadagi ofisi vakili M.Ivase, loyihani amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh aʼzolari ishtirok etishdi. Qoʻshma loyiha maxsus ehtiyoji bor bolalar taʼlimi sohasidagi bilim va koʻnikmalar asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlari va boshlangʻich maktablarning oʻqituvchilarini maxsus va inklyuziv taʼlim boʻyicha oʻqitishning institutsional asoslarini yaratishga qaratilgan. Muvofiqlashtirish Kengashining yigʻilishida loyiha doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi va yanada samarali hamkorlikdagi faoliyat uchun keyingi qadamlar belgilandi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
JICA ofisi direktori oʻrinbosari Michiyo Ivase bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

2023-yil 20-fevral kuni Maktabgacha taʼlim agentligida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari A.Shin hamda Yaponiyaning JICA ofisi direktori oʻrinbosari Michiyo Ivase bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda JICA kompaniyasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari oʻrinbosari Yoshimaso Takemura, JICA kompaniyasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha maslahatchisi Xiroyuki Xasegava, qoʻshma loyiha jamoasi rahbari Koxey Xoriba ham ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Agrippina Shin Yaponiya Oʻzbekiston Respublikasining strategik hamkori ekanligini va mamlakatlarimiz oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar mobaynida ijtimoiy-iqtisodiy yoʻnalishning muhim sohalarida mustahkam aloqalar oʻrnatilganini taʼkidladi. Maktabgacha taʼlim sohasida, shu jumladan xalqaro hamkorlik sohasida erishilgan natijalar haqida qisqacha maʼlumot berildi. Shu bilan birga, Maktabgacha taʼlim vazirligining qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha Yaponiya hukumat va nodavlat tashkilotlari bilan oʻrnatilgan hamkorligiga alohida eʼtibor qaratildi. Tomonlar 2021-yil iyun oyida boshlangan JICA “Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlimda inklyuziv taʼlim amaliyotini mustahkamlash” qoʻshma texnik hamkorlik loyihasini amalga oshirish bosqichlarini muhokama qildilar. Agrippina Shin maxsus ehtiyojga ega bolalar taʼlimi sohasida ilgʻor yapon tajribasini joriy etish nuqtayi nazaridan maktabgacha va boshlangʻich taʼlim sifatini oshirishga hissa qoʻshishda JICA ning qoʻllab-quvvatlashi uchun minnatdorchilik bildirdi, shuningdek, JICA bilan taʼlim sohasida hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini maʼlum qildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimiga oid ko'plab murojaatlar e'lon qilinmoqda.  Quyida “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimiga oid zaruriy ma'lumotlarni ko'rsatib o'tamiz: Maktabgacha ta’limni boshqarishning “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimida ota-onalar yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan farzandlarini ushbu tashkilotga joylashtirish uchun berilgan arizalar “Ilovalar ro‘yxati”da, elektron navbat asosida shakllangan yo‘llanmalar ro‘yxatini “Qabul” bo‘limida joylashadi. Tashkilot rahbari tomonidan “Qabul” bo‘limidagi bolalarni 15-ish kuni mobaydida tashkilotga qabul qilinganlik to‘g‘risida buyruq ma’lumotlarini axborot tizimiga kiritgan holda tarbiyalanuvchilar safiga qo‘shish mumkin bo‘ladi. Yuqoridagi amallar bajarilgan hollarda ushbu bolalar tashkilotga qabul qilingan hisoblanadi hamda ularni ro‘yxatini “Tarbiyalanuvchilar” bo‘limida ko‘rish mumkin. “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimida tarbiyalanuvchi tashkilotga qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kuni o‘tgandan keyin tarbiyalanuvchilar safidan chiqarish imkoniyati mavjud. Bunda, tashkilot rahbari tomonidan tarbiyalanuvchini tashkilotdan chiqarish to‘g‘risida buyruq ma’lumotlarini axborot tizimiga kiritgan holda amalga oshiradi. Tashkilotdan chiqarish uchun ota-ona tomonidan berilgan ariza asos bo'ladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Agrippina Shin Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor Elchisi janob Kim Xi San bilan uchrashdi

Joriy yilning 13-fevral kuni Maktabgacha taʼlim agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari A.V. Shin Koreya Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor Elchisi janob Kim Xi San bilan uchrashdi. Muloqot chogʻida maktabgacha taʼlim sohasidagi Oʻzbekiston-Koreya munosabatlarining bugungi holati va mazkur munosabatlarni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi. Koreya tomoni maktabgacha taʼlim sohasida qoʻshma loyihalarni, xususan, KOICA bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish kompleks markazi hamda Toshkent shahrida innovatsion davlat maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish” kabi qoʻshma loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun barcha saʼy-harakatlarini amalga oshirishga tayyorligini bildirdi. Muzokaralar yakunlari boʻyicha tomonlar Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan birgalikdagi bunyodkorlik ishlarini davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
23-YANVAR KUNI BO‘LIB O‘TGAN BRIFING BO‘YICHA QO‘SHIMCHA RASMIY IZOH

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekistonda bog‘cha xodimlarining ish haqi birdaniga ikki barobarga oshiriladi” mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.  Tarqalayotgan mazkur xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Ijtimoiy tarmoq vakillari tomonidan ma’lumot va xabarlar tarqatilayotganda ularni bo‘rttirib, qo‘shib yozish holatlariga yo‘l qo‘ymasligini so‘rab qolamiz. O‘tgan galdagi brifinglarda ish haqi masalasi yo‘nalishida amalga oshiriladigan ijobiy ishlar rejalashtirilayotgani aytilgan. Ushbu masala nafaqat maktabgacha ta’lim tizimiga bog‘liq, balki bir qator davlat boshqaruv organlari bilan kelishilgan holda, o‘rnatilgan tartibda, tegishli hukumat qarorlari bilan amalga oshiriladi. Bugun ushbu rasmiy munosabatimiz orqali ish haqi miqdori oshirilishi masalasidagi ma’lumotlarni inkor etmoqchi emasmiz, aksincha, bu bilan mazkur jarayonlarni amalga oshirish uchun o‘rnatilgan tartib mavjudligini ma’lum qilamiz. Chunki ushbu dastur hozirda muhokama jarayonida va turli darajalarda batafsil o‘rganish va muvofiqlashtirishni talab etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil uchun qilgan Murojaatnomasida maktabgacha ta’lim sohasida besh yillik dastur ishlab chiqish topshirig‘i berilgan bo‘lib, topshiriq ijrosi yuzasidan maktabgacha ta’lim tizimida 2023-2026-yillar davomida amalga oshiriladigan ishlar dasturida ushbu yo‘nalish ham ishlab chiqilayotgani hamda loyiha asosida 2023-yildan boshlab maktabgacha ta’lim sohasi xodimlarining ish haqlarini bosqichma-bosqich oshirish choralarini ko‘rish ko‘zda tutilganligini inobatga olishingizni so‘raymiz. Hurmatli OAV va ijtimoiy tarmoqlar vakillari, Sizlar bilan kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida batafsil ma’lumotlarni taqdim qilib borishga doimo tayyorligimizni ma’lum qilamiz.

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Ma'rifat soati"da yil boshidan kuchga kirgan qonunlarga qisqacha sharhlar berib o'tildi

        Презентация Microsoft PowerPoint (2).pptx

Maktabgacha ta'lim agentligi
23-28-yanvar kunlari 27 nafar pedagog xodimlar uchun trening tashkil etilgan

2023-yilning 23-28-yanvar kunlari “Mehribonlik korpusi” xalqaro tashkiloti ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimi uchun milliy master-trenerlar tayyorlash maqsadida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 27 nafar pedagog xodimlari uchun trening o‘tkazilmoqda. Bugungi kunda ushbu qo‘shma loyiha tadbirlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi davlat maktabgacha ta‘lim tashkilotlari infratuzilmasini, oshxonalar, suv ta‘minoti va sanitariya inshootlarini rekonstruksiya qilish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni taʼlim va tarbiyalash muhitini yaxshilashga qaratilgan. Loyihaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta‘lim tizimida bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, gigiyena va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etishda pedagoglarni malakasini oshirishdir.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida HISOBOT

Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan 2022-yilning o‘tgan davri mobaynida jami 9 ta, xususan, 1 ta Prezident qarori, 5 ta Hukumat qarori, 1 ta farmoyishi hamda 2 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Shuningdek, 1 ta Qonun, 2 ta Prezident qarori hamda 3 ta Hukumat qarori hujjatlar loyihalari ishlab chiqilib, o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan. Moliyaviy iqtisodiy ko‘rsatgichlarning bajarilishi bo‘yicha - 2022-yilda maktabgacha ta’lim sohasiga davlat byudjetidan 10,1 trln. so‘m mablag‘ ajratilib, hisobot davrida ijrosi 10,0 trln. so‘mga (99,4%) bajarildi. Xususan, respublika byudjetidan 7,7 trln. so‘m mablag‘ ajratilib, ijrosi 7,6 trln. so‘mga (99,7%), mahalliy byudjetlardan 2,4 trln. so‘m mablag‘ ajratilib, ijrosi 2,3 trln. so‘mga (98,6%) bajarildi. Qamrov darajasini oshirish bo‘yicha 2022-yilning o‘tgan davrida respublikada 1 811 ta shundan, 219 ta davlat, 1 346 ta oilaviy, 169 ta DXSH asosidagi nodavlat, 77 ta xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi natijasida bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovi 4,6 foizga oshirildi.  Bugungi kunda respublikada jami 29 420 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning 6 589 tasi davlat va 22 822 tasi nodavlat (833 ta xususiy, 20 676 ta oilaviy va DXSH asosidagi 1 313 ta nodavlat MTT) maktabgacha ta’lim tashkilotlaridir.  Maktabgacha yoshdagi 2,9 mln. nafar bolalardan 2,1 mln. nafari yoki 71,8% bolalar maktabgacha ta’limga qamrab olingan bo‘lsa, ularning 647 655 nafarini (90%) 6 yoshli bolalarni tashkil etmoqda. Ushbu bolalarning: 186 881 nafari - majburiy bepul bir yillik boshlang‘ich ta’limga tayyorlov guruhlariga; 256 131 nafari - to‘liq kunlik tayyorlov guruhlariga; 80 230 nafari - qisqa muddatli tayyorlov guruhlariga qamrab olindi. 123 998 nafari - turli yoshdagi guruhlarga; 415 nafari - mobil guruhlarga qamrab olindi Davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha. 2022-yil yakunlariga ko‘ra jami 22 366 quvvatga ega 169 ta DXSH asosidagi NMTT lar hamda hamda 2 350 ta imzolangan bitimlardan 96 391 quvvatga ega 1 346 ta oilaviy shakldagi NMTTlar tashkil etilishiga erishildi. Natijada, 118 557 ta qo‘shimcha quvvat (169 ta DXSH asosidagi NMTT va 1 346 ta oilaviy MTTlar) hamda 10 116 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Ta’lim xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha Bugungi kunda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan jami rahbar va pedagoglar soni 151 746 nafarni tashkil etib, oliy ma’lumotli pedagoglar soni 51 554 nafarni (33,8%) tashkil etdi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jami pedagoglar 114 634 nafar, shundan oliy ma’lumotli pedagoglar 41 851 nafarni, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jami pedagoglar 37 112 nafar, shundan oliy ma’lumotli pedagoglar 9 703 nafarni  tashkil etdi. 2022 yilning o‘tgan davrida jami 17 414 nafar (rejaga nisbatan 101%) maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va pedagog kadrlarining malakasi oshirildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga zarur bo‘lgan o‘quv-uslubiy va didaktik materiallar ehtiyoji aniqlanib,   22 nomdagi o‘quv-metodik va didaktik materiallar 6 412 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazib berildi. Shuningdek, Davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan MTTda tarbiyalanayotgan ko‘rishda og‘ir nuqsonlari bor tarbiyalanuvchilarning ta’lim olish jarayoni sifatini yaxshilash maqsadida, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tomonidan gumanitar yuk shaklida taqdim etilgan 130 ta Brayl alifbosi to‘plamlari Davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan MTTlarga yetkazib berildi. YUNISEF xalqaro bolalar jamg‘armasi ko‘magida "Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tibbiy xizmatni tashkil etish bo‘yicha” o‘quv uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilib, 10 000 nusxada (31 790 AQSH doll) chop etildi.  Maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritib kelyotgan hamshiralarni malakasini oshirish maqsadida maxsus elektron platforma ishlab chiqilib, ularni onlayn platforma orqali o‘qitish uchun videomateriallar yaratildi. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agenligi va “Zamin” xalqaro Fondi hamkorligida eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga maqsadli yordam ko‘rsatish bo‘yicha Respublika Pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislarini jalb qilgan holda davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 224 nafar tarbiyalanuvchilari chuqur tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning 188 nafariga 340 dana zamonaviy eshitish apparatlari bepul tarqatildi. Joriy yilda 1 113 235 nafar tarbiyalanuvchi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va ularga kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar va yo‘llanmalar berildi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini jihozlash bo‘yicha tender savdolari o‘tkazildi. Tender savdolari natijasida 19 ta g‘olib bo‘lgan korxonalar bilan jami 124,1 mlrd so‘mlik shartnomalar imzolandi. Ushbu mablag‘lar doirasida yangi qurilgan va rekonstruksiya qilingan 152 ta DMTTlari hamda qo‘shimcha ravishda 144 ta DMTTlar, shuningdek,  Boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlov guruhlarining 1 142 ta xonalari jihozlandi. Maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan kelishilgan rejaga muvofiq respublikadagi 6 408 ta (99%) DMTT internet bilan ta’minlandi. Shuningdek, MTTlarga 6 294 ta printer qurilmalari hamda 4 940 ta kompyuter texnikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetkazib berildi. Maktabgacha ta’lim sohasiga ajratilayotgan mablag‘lar samaradorligini ta’minlash maqsadida Biometrik identifikasiya qilish texnologiyasi orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari va tarbiyalanuvchilarining davomatini yuritish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi ishlab chiqildi va 2022 yil 1 apreldan tajriba-sinov tariqasida hududlarda joriy qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 24 martdagi 129-son qaroriga asosan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo‘llash va moliyaviy jarayonlarning shaffof tarzda amalga oshirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish maqsadida “Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish” axborot tizimi ishlab chiqildi.  Mazkur tizim joriy qilinishi natijasida davlat bdjetidan subsidiya uchun ajratilayotgan mablag‘lardan 100 mlrd. so‘m ortiqcha xarajatlar oldi olindi. Xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha 2022-yil yanvar-iyun davrida xorijiy hamkorlar bilan O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan 42 ta uchrashuv o‘tkazildi va 14 ta memorandum va kelishuvlar imzolandi. Joriy yilning 14-16-noyabr kunlari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan Toshkent shahrida YUNESKOning erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish bo‘yicha ikkinchi  Butunjahon konferensiyasi (Konferensiya) yuqori saviyada o‘tkazildi. Konferensiya yakunlariga ko‘ra keyingi 10 yilda maktabgacha ta’lim sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniqlab beruvchi Toshkent deklarasiyasi qabul qilindi. Islom taraqqiyot banki, OPEK fondi va Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi bilan umumiy qiymati 70 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan DXSH bitimlarini moliyalashtirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun loyihaoldi hujjatlar ishlab chiqildi va investorlar tomonidan ma’qullandi. Koreya xalqaro hamkorlik agentligi tomnidan 11 mln AQSH dollariga teng grant loyihani amalga oshirish maqsadida Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi va o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga tadiqlash uchun kiritildi. Jahon banki bilan hamkorlikdagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” va Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat sheriklikni qo‘llab-quvatlash” loyihalari doirasida 2022-yilda 21,9 mln AQSH dollari (rejaning 100%) o‘zlashtirildi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishida 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi

2022-yilda 1 811 ta (219 ta davlat, 1 346 ta oilaviy, 169 ta DXSH asosidagi nodavlat, 77 ta xususiy) bog‘chalar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovi 4,6 foizga oshirilgan. O'tgan yil sarhisobi bo'yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta'lim agentligi Axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

"Effekt Makarenko" Telegram kanalida Mirobod tumanidagi 247-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlari tomonidan tashkilot hududi qordan tozalayotganligi yuzasidan tarqalgan fotolavhalar bo‘yicha rasmiy munosabat. Dono xalqimiz bejizga "Pokliging - sog‘liging" demaydi. Havo harorati sovuq paytda qor bir zumda muzga aylanib, tashkilotga qatnaydigan xodimlar, bolalar va ota-onalar yuradigan yo‘l sirpanchiq bo‘ladi, tabiiyki, Kimdir sirpanib ketishi, jiddiy jarohat olishi mumkin. Albatta, bu ehtimoldan holi emas. Buning uchun esa iloji boricha hududni qordan tezroq tozalash lozim. Tozalovchi xodimlarga kelsak, ular ham sizu bizdek inson. Ularga yordam berish esa huquqbuzarlik deb baholanmaydi. Ko‘pchilik bo‘lib hududni qordan tozalash nafaqat ish ko‘lamini oshiradi, balki sovuq ob-havoda tozalovchi xodimlarning ham ishlarni yengillashtiradi, shuningdek, jamoaning birdamligini taʼminlaydi. Toshkent shahar Maktabgacha taʼlim Bosh boshqarmasi tomonidan ushbu holat o‘rganilganda yuqoridagi maqsadda tashkilot xodimlari o‘z tashabbuslari bilan qor tozalashgani maʼlum bo‘ldi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
RASMIY MUNOSABAT

Turli xil ijtimoiy tarmoqlar orqali maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ota-onalar badal puli oshganligi to‘g‘risida noto‘g‘ri maʼlumotlar tarqalmoqda. Hurmatli yurtdoshlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-sonli Farmoniga asosan, hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish, tuman va shaharlarning sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib rivojlantirish bo‘yicha yangicha yondashuvlarni joriy etish, shuningdek, tadbirkorlik muhitini yana-da yaxshilash, davlat ko‘magini berish tartibini takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida 2023-yil 1-yanvardan boshlab tuman va shaharlar 5 toifaga ajratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi 471-sonli Qaroriga asosan, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bola taʼminoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlariga nisbatan, tumanlarning toifasidan kelib chiqib, kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llash belgilandi. Jumladan: 4- va 5-toifadagi tumanlarda – 50%; 3-toifadagi tumanlarda (shahar aholi punktlaridan tashqari) – 30%; avval imtiyoz qo‘llanilmagan 73 ta tumanlarda ota-onalar to‘lovi miqdorlari 30% dan 50% gacha kamaytirildi; 35 ta tumanlarda avval qo‘llanilgan 50% imtiyoz saqlab qolindi; 63 ta tuman va shaharlarda imtiyoz qo‘llanilmadi; avval 50% imtiyoz berilgan 37 ta tuman va shaharlarda ota-ona to‘lovi miqdorlari 20% dan 50% gacha oshiriladigan bo‘ldi; Toifalanishga asosan avval berilgan foiz imtiyozlariga ham ayrim o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan: 1- va 2-toifalarga mansub Nukus, Urganch, Zarafshon shaharlari, Uchquduq, Qo‘ng‘irot, Romitan, G‘allaorol, G‘uzor, Bog‘ot tumanlarida avval berilgan 50% imtiyoz bekor qilindi; 3-toifaga mansub G‘ozg‘on va Xiva shaharlariga avval berilgan 50% imtiyoz bekor qilindi; 3-toifaga mansub 26 ta tumanlarga avval berilgan 50% imtiyoz 30% ga o‘zgartirildi(4- va 5- toifalardan 3-toifaga o‘zgarishi natijasida); 2-toifadan 3-toifaga tushishi natijasida ayrim xududlarga 30% imtiyoz berildi. Quyida toifaga ajratilgan hududlarning foiz imtiyozlari o'zgarish ko'rsatilgan. Ota-onalar badal puli 2023.xlsx Eslatma: Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, 2022-yilning o‘tgan davrida isteʼmol tovarlari narxlari 12,2 foizga oshgan. Shunday bo‘lsa-da bola taʼminoti uchun ota-onalar to‘lovi 2021-yilning may oyidan beri oshirilmasdan saqlanib kelayotgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-287-sonli Farmoniga asosan, hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish yuzasidan tuman va shaharlarning sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib, ayrim tuman va shaharlarning foizlar kesimida, kamaytiruvchi koeffitsiyentlar hisobiga, pasayish kuzatilgan. Shu o‘rinda, ijtimoiy tarmoq faollaridan asoslanmagan maʼlumotlarni tarqatmasliklarini, tushunmovchiliklar, tizimga oid yuzaga keladigan savollar bo‘lsa, Maktabgacha taʼlim Axborot xizmatiga murojaat qilishlarini so‘rab qolamiz.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Ko‘zi ojiz bolalarni o‘qitish va savodli qilishda o‘quv-tarbiyaviy ishlar yetarlicha amalga oshirilmoqda

4-yanvar Butunjahon Brayl alifbosi kuni. Aslida mana shu sanada ko‘zi ojizlar uchun relyef-nuqta alifbosini kash qilgan fransuz tiflopedagogi Lui Brayl dunyoga kelgan. Olimning tug‘ilgan sanasi bugungi kunda kashf etgan ixtirosi bilan yodga olinadi. Chetdan qaraganda bunday shriftni yozish va o‘qish nihoyatda qiyin bo‘lib tuyuladi, lekin ko‘zi ojiz odam uchun xuddi sog‘lom odam kabi blokli tipda o‘qish va yozish kabi tabiiy va osondir. Brayl alifbosi millionlab matnlarda chop etilgan va kompyuter texnologiyalarini moslashtirishda, shuningdek, butun dunyo bo‘ylab qulay muhit yaratishda qo‘llaniladi. Relyefli nuqtali yozishni o‘zlashtirgan ko‘zi ojiz bolalar so‘zlarning to‘g‘ri yozilishini va tinish belgilarini eslab qolishadi, bu matnlarni faqat eshitish orqali o‘rganib bo‘lmaydi. Aynan Brayl alifbosi ko‘zi ojiz odamlarga umumiy taʼlim tizimining bir qismi bo‘lishga yordam bera oldi. Nafaqat maktablarni, balki universitetlarni, akademiyalarni ham bitirish, dissertatsiyalar himoya qilish, bilimning barcha sohalarida olim, amaliy va nazariy tadqiqotchi bo‘lish kabi imkoniyatlarni taqdim qildi. O‘zbekiston Respublikasi davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ham ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan tuzatish-pedagogik va o‘quv-tarbiyaviy ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda ko‘zi ojiz bolalarning Brayl alifbosidan muvaffaqiyatli foydalanishida zarur bo‘ladigan asosiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan o'qitish mashg‘ulotlari o‘tkazilib kelinmoqda. Ularga — tekislikda yo‘naltirish, taktil tekshiruv, taktil stimullarni aniqlash va qo‘l harakatlarini muvofiqlashtirish kabilarni sanab o'tish mumkin.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta'lim vazirligida uchrashuv

Maktabgacha ta'lim vazirligida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri A. Shinning Prezident janoblari Xan Chong Sok boshchiligidagi Puchon universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuv davomida tomonlar maktabgacha ta'lim sohasidagi hamkorlik istiqbollarini, shuningdek, maktabgacha ta'lim sohasida ta'lim jarayonini raqamlashtirish bilan bog'liq yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan keng ko'lamli masalalarni muhokama qildilar. Uchrashuv doirasida Puchon universiteti vakillari bir qator taqdimotlarni taqdim etdilar, xususan: – Puchon universiteti "Video va o'yin kontenti" fakulteti professor-o'qituvchilari va talabalari tomonidan ishlab chiqilgan O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligi uchun tumorlar, timsollar, personajlar va animatsiyalar taqdimoti; – Mega olam platformasi asosida uchrashuvlar va yig'ilishlar o'tkazishga qaratilgan virtual makonning taqdimoti; – ta'lim dasturlarini amalga oshirish uchun ham ishlatilishi mumkin bo'lgan VR (I-VII) platformasining taqdimoti; – ta'lim kontentini yaratishga qaratilgan AR platformasining taqdimoti. Tomonlar Koreya tomonining innovatsion takliflarini O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimi ehtiyojlariga moslashtirish sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi to'g'risida kelishib oldilar. Uchrashuv yakuniga ko'ra, tomonlar O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta' lim vazirligi va Puchon universiteti o 'rtasida maktabgacha ta' lim sohasida faol muloqotni davom ettirish uchun muntazam ikki tomonlama uchrashuvlar o 'tkazish amaliyotini davom ettirish zarurligi to'g'risida o'zaro yakdil fikrga keldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Zamin" xalqaro jamoat fondi va Xitoy Xalq Respublikasining O'zbekistondagi Elchixonasi tomonidan "Ta'lim muassasalarini zamonaviy yordamchi uskunalar bilan jihozlash" loyihasini amalga oshirish doirasida Toshkent shahrida xayriya aksiyasi o'tkazildi.

2022-yil 27-dekabr kuni "Zamin" xalqaro jamoat fondi va Xitoy Xalq Respublikasining O'zbekistondagi Elchixonasi tomonidan "Ta'lim muassasalarini zamonaviy yordamchi uskunalar bilan jihozlash" loyihasini amalga oshirish doirasida Toshkent shahrida xayriya aksiyasi o'tkazildi.       №404, №442 KTIDMTT direktorlariga eshitish qobiliyatini yo'qotish darajasi har xil bo'lgan bolalar bilan tuzatish, ta'lim va tarbiya ishlarida qo'llaniladigan simsiz FM-tizimlari topshirildi.      Radio sinfidan foydalanish o'qituvchiga o'quv jarayonini osonlikcha boshqarish imkoniyatini beradi va bolalar uchun katta hajmdagi ma'lumotlarni o'zlashtirish yengilroq bo'ladi.      Eshitish qobiliyati pasayishining turli darajalariga ega bo'lgan ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining o'quvchilari bir qator afzalliklarga ega bo'lishadi: nutq va tilni rivojlantirish jarayoni sezilarli darajada yaxshilanadi, akademik ko'rsatkichlar oshadi va charchoq, aksincha, kamayadi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, bunday tizimlardan doimiy foydalanadigan bolalarda nutqning rivojlanish darajasi normal eshitish qobiliyatiga ega bolalar nutqining rivojlanish darajasidan farq qilmaydi.     FM tizimi - eshitish qobiliyati cheklangan bolalarni o'qitishda eng muhim elementlardan biridir. Tizim o'qituvchining ovozini eshitish qobiliyati zararlangan o'quvchining qulog'iga to'g'ridan-to'g'ri uzatish uchun uzatuvchi moslamadan foydalanadi, bu esa o'quvchiga fonda shovqin ovozi bo'lsa ham o'qituvchining ovozini tanib olish imkoniyatini beradi.    Bugungi kunda simsiz audio uzatish texnologiyalari (FM-texnologiyalar) tuzatish va pedagogik ishlarda eng samarali vositadir

Вид сайта
Размер шрифта