Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, inson hayoti davomida jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishi orqali kasallikka qarshi kuchli immun tizimining paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lar ekan. Qator kuzatishlar va tajribalarda yuqoridagi fikrlar o‘z tasdig‘ini topgan. Shuning uchun mutaxassislar ertalabki badantarbiya hamda ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishni tavsiya etishadi.
Yuqoridagi tavsiyalarni inobatga olgan holda, shuningdek, Maktabgacha ta’lim agentligi xodimlarining salomatligi va jismoniy faolligini oshirish maqsadida, badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazilib kelinmoqda. Xuddi shunday jismoniy tarbiya tadbirlaridan biri bugun agentlik binosida bo‘lib o‘tdi. Unda barcha xodimlar faol ishtirok etishdi.