Xabaringiz bor, bugun yurtimizda ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini boshladi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassirni qabul qildi.
Yangi o‘rta muddatli sheriklik dasturi doirasida Bank guruhi bilan keng ko‘lamli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Forum doirasida qishloq va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan umumiy qiymati 400 million dollarlik bitimlar imzolandi.