Kuni kecha Nukus shahrida Maktabgacha ta’lim agentligining mas’ul xodimi S.Mirzakarimov ishtirokida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni sifatli tashkil etish maqsadida seminar o‘tkazildi.
Seminarda Nukus shahridagi maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari ishtirok etishdi. Seminar davomida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishda SanPin me’yorlariga doimiy rioya qilish talabi qo‘yildi.
Shu kunning o‘zida, agentlik mas’ul xodimi S.Mirzakarimov Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga xizmat ko‘rsatuvchi ausorserlar uchun ham seminar o‘tkazdi.
Seminar davomida, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada yaxshilash, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan oshxonalarga investisiyalar kiritish hamda zamonaviy texnika texnologiyalardan foydalangan holda sifatli taomlar tayyorlash yuzasidan suhbatlashib, o‘z takliflari va talablarini ma’lum qildi.