Kuni kecha Toshkent pedagogika kollejida “Maktabgacha ta’lim pedagogika” si fanidan ochiq dars bo‘lib o‘tdi. Unda agentlik xodimlari hamda kollej pedagoglari ishtirok etishdi. Ochiq dars mavzusi “Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya” bo‘lib, unda bo‘lajak pedagoglar, ya’ni kollej o‘quvchilari bola huquqlari va uni MTT faoliyatida qo‘llash, voyaga yetmagan bolalarning huquqiy manfaatlari qonun hamda xalqaro konvensiya bilan mustahkamlanganligi kabi bilimlarga ega bo‘lishdi. Ochiq dars yakunida erishilgan natijalar va dars jarayonidagi kamchiliklar haqida dars kuzatuvchilari tomonidan fikr va tavsiyalar berildi.
Ma’lumot uchun: Ta’lim muassasasida hozirgi vaqtda 931 nafar o‘quvchi 5 ta kasb bo‘yicha kunduzgi, sirtqi, kechki, dual ta’lim shakllarida ta’lim olishmoqda.