2023-yil 14-aprel kuni Maktabgacha taʼlim agentligi markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi huquqiy savodxonlik soati oʻtkazildi. Unda o‘tayotgan haftada qabul qilinib, e’lon qilingan muhim qonunchilik hujjatlari batafsil tushuntirildi.
Huquqiy savodxonlik soati yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorlangan haftaning muhim voqealari hamda davlat xizmatchilari uchun dolzarb mavzular haqida maʻlumot berib boruvchi “Siyosiy-maʻrifat soati” namoyish etildi.