Nukusda shahar maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglari uchun didaktik materiallardan unumli foydalanish yuzasidan Maktabgacha ta’lim agentligining mas’ul xodimi tomonidan seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida takomillashtirilgan "Ilk qadam" dasturida keltirilgan bolalarni har tomonlama rivojlantirish muhitini MTT guruhlarida tashkil etish hamda kichik yoshdagi bolalarning rivojlanishini toʻgʻri tashkil etish maqsadida pedagog tomonidan yuritilishi belgilangan rivojlantiruvchi xaritani yuritish yuzasidan qoʻshimchalar ham tushuncha berildi.
Shuningdek, har bir metodik qoʻllanmada kiritilgan elektron QR kodlardan qanday tartibda foydalanish haqida ham master-klass koʻrsatildi. Ushbu master-klass pedagoglar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.