Sayt test rejimida ishlamoqda

KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori bilan uchrashuv

news-detail

2023-yilning 4-aprel kuni Maktabgacha ta’lim agentligida, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin hamda KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Pak Sunjin xonim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar maktabgacha ta’lim sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini, shuningdek, Toshkent shahrida pedagog kadrlarni tayyorlash, o‘qitish va rivojlantirish bo‘yicha Kompleks markaz hamda Innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotini qurishga qaratilgan qo‘shma loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildilar.

Koreya delegatsiyasi rahbari o‘zining kirish nutqida so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahnamoligida amalga oshirilayotgan yosh bolalarni erta rivojlantirish sohasiga yuksak baho berdi. Koreya tomoni maktabgacha ta’lim sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish salohiyatini oshirishga intilayotgani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, Pak Sunjin xonim KOICA ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi amalga oshirilayotgan loyiha doirasida, jumladan, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va pedagogning kasbiy vakolatlarini rivojlantirishga qaratilgan yangi komponentlarni joriy etish orqali muloqot va hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish uchun ochiq ekanini ta’kidladi.

Tomonlar qo‘shma loyiha doirasida barpo etilayotgan pedagog kadrlarni tayyorlash, o‘qitish va rivojlantirish Kompleks markazi hamda Innovatsion maktabgacha ta’lim tashkiloti respublikaning maktabgacha ta’lim tizimiga ilg‘or xorijiy tajribani moslashtirish va joriy etish hamda maktabgacha ta’lim tizimini yagona uzluksiz ta’lim tizimining eng muhim bo‘g‘ini sifatida yanada takomillashtirishning yana bir vositasi bo‘lishiga kelishib oldilar.

KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktorining ta’kidlashicha, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonini ko‘paytirish bo‘yicha Agentlikning muvaffaqiyatli faoliyati alohida e’tiborga loyiqdir. Shu nuqtai nazardan, xalqaro nodavlat tashkilot vakili tomonidan O‘zbekiston tomoniga ushbu yo‘nalishni rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashishga tayyorligi bildirildi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra tomonlar O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish va Toshkent shahrida pedagog kadrlarni tayyorlash, o‘qitish va rivojlantirish bo‘yicha Kompleks markaz hamda Innovatsion maktabgacha ta’lim tashkilotini barpo etishga qaratilgan loyihani amalga oshirish jarayonini jadallashtirish zarurligi to‘g‘risida kelishuvga erishdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
"Mittivoy" qo'shma loyihasi doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin A.I.Gersen nomidagi RDPU  rektorining baynalminallashtirish bo'yicha maslahatchisi, pedagogika fanlari doktori,  professor Y.A.Komarova bilan uchrashdi. Tomonlar 2020-yil dekabr oyida tegishli "Yo'l xaritasi" imzolanishi bilan boshlangan "Mittivoy"  qo'shma loyihasining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Eslatib o'tamiz, loyihaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislarining vakolatlari darajasini o'rganish bo'yicha nazorat-o'lchov tadbirlarini o'tkazish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislari uchun qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari va pedagoglari uchun metodik qo'llanmalar ishlab chiqish. A.I.Gersen nomidagi RDPU vakillari bilan uchrashuv an'anaviy tarzda ishonchli, ochiq va do'stona muhitda o'tdi. Muzokaralar yakunida tomonlar yana bir bor maktabgacha ta'lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashni davom ettirish bo'yicha o'z majburiyatlarini bayon qilishdi. Ma'lumot uchun: 2020-yil 26-dekabrda "Mittivoy" qo'shma loyihasini amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi, unda A.I.Gersen nomidagi RDPU mutaxassislari tomonidan O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlar tayyorlash bo'yicha tomonlar faoliyatining asosiy yo'nalishlari belgilandi. 2021-yildan 2023-yilgacha maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 1500 dan ortiq pedagog kadrlari ushbu loyiha doirasida tashkil etilgan turli o'quv dasturlari bo'yicha o'qitildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vazirining MTTga tashrifi

 "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi doirasida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirboyeva Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 34-sonli DMTTga tashrif buyurdi. Ma'lumot uchun: "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi 9-noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tdi. U Butunjahon bolalar kuni va BMTning 2023-yilgi iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasiga (COP 28) bag'ishlangan. Forum bolalar va yoshlarning iqlim o'zgarishining salbiy ta'siriga qarshi kurashdagi roli, shu jumladan ekologik ta'limni targ'ib qilishning ahamiyatiga bag'ishlangan. Tashrif doirasida Qirg'iziston tomoni maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish dasturlari, bolalar taomlanishini tashkil etish, shuningdek, tizimda kadrlar tayyorlash bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.V.Shin bilan uchrashuv davomida tomonlar idoralar o'rtasida tajriba almashish bo'yicha keyingi chora-tadbirlarni muhokama qildilar. Vazir D.Kendirboyeva O'zbekistonning maktabgacha ta'lim tizimini qamrab olish, kadrlar tayyorlash, raqamlashtirish borasidagi tajribasini Qirg'izistonda eng yaxshi amaliyotlar namunasi sifatida o'rganish va joriy etish zarurligini ta'kidlab o'tdi. Tashrif yakunida tomonlar yuqoridagi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni yanada oshirishga kelishib oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Ayni kunlarda respublika bo'ylab maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining navbatdagi bosqichi davom etmoqda. Eslatib o'tamiz, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichida respublika bo‘ylab 700 nafar master-trenerlarning o‘qitilishi rejalashtirilgan. Ushbu qisqa muddatli malaka oshirish kursining 1-bosqichida 30 nafar master-trenerlar o‘qitilgan edi.

Вид сайта
Размер шрифта