Kuni-kecha Xorazm viloyatining Gurlan tumani, “Gulshan” MFY hududida joylashgan “Lolaxon-Zuhraxon” MCHJga qarashli 120 o‘rin quvvatga ega davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Tashkilotining ochilish marosimiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi T.Norboyeva ishtirok etdi.
Ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotiga 120 nafar tarbiyalanuvchilarni qamrab olish orqali Gurlan tumanida maktabgacha ta’limga qamrov darajasini 87,4 foizdan 88,4 foizga (1 %) oshirishga erishildi. Shuningdek, 20 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Ma’lumot uchun: Bugungi kunda Gurlan tumanida 3-7 yoshdagi bolalar soni 11 862 nafarni tashkil qilib, shundan 10 373 nafar bolalar (87,4 %) 38 ta davlat, 171 ta oilaviy va 4 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan.