Joriy yilning 18-aprel kuni Maktabgacha ta'lim agentligida O'zbekistondagi KOICA vakillari va loyiha boshqaruvi bo'yicha koreys maslahatchilari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvning maqsadi - "Toshkent shahrida koreys modeli bo'yicha kadrlar tayyorlash, o'qitish va rivojlantirish bo'yicha Kompleks markaz hamda Innovatsion davlat maktabgacha ta'lim tashkilotini qurish" loyihasini amalga oshirish masalalarini muhokama qilish bo'ldi.
Uchrashuv davomida Koreya tomoni Maktabgacha ta'lim agentligi rahbariyatini qurilishi rejalashtirilgan obyektlar uchun qo'llanilishi mumkin bo'lgan dizayn variantlari bilan tanishtirdi. Mazkur loyiha doirasida O'zbekiston va Koreyaning ixtisoslashgan mutaxassislaridan iborat maktabgacha ta'lim Kengashini shakllantirish zarurligi alohida qayd etildi.