Bolalik - beg‘ubor fasl. Unda kelgusi hayot uchun muhim zahiralar yaratiladi. Bu davrda inson umri davomida olajak bilim va ko‘nikmalarning salmoqli qismi olinadi. Agarda bu uchun muhim sharoitlar yaratilgan bo‘lsa.
Kuni kecha Buxoro viloyati, Shofirkon tumanining Denov MFYda 34-sonli DMTT zamonaviy talablar asosida yangidan rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Ushbu tantana qishloq ahli uchun haqiqiy bayramga aylandi. Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi N.Rahmonov maktabgacha taʼlim yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, foydalanishga topshirilayotgan zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ahamiyatiga to‘xtalib, mazkur taʼlim maskani hududdagi qamrovning ortishi, bolajonlarning har tomonlama komil inson bo‘lib voyaga yetishlarida “maktab” bo‘lishini taʼkidladi.
Mazkur MTT 150 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, ‘'Obod mahalla‘' dasturi asosida yo‘naltirilgan 2 milliard 322 ming so‘m mablag‘ evaziga “Shofirkon Jo‘ynav Qurilish” MCHJ bunyodkorlari tomonidan 4 oy davomida rekonstruktsiya qilindi.
Zamon talablariga to‘la javob beradigan mazkur tashkilotda bolajonlar uchun barcha sharoitlar yetarli.