Surxondaryo viloyati hokimi U.Qosimov Qiziriq tumanidagi ijtimoiy soha obektlaridagi sharoitlar bilan tanishdi. Jumladan, tumandagi 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotini ham ko‘zdan kechirdi.
Viloyat hokimi ushbu bog‘chada bolalarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, mavjud muammolarni o‘rgandi.
Bolalarga xorijiy til va kasb-hunar o‘rgatishni turli o‘yinlar yordamida, ularning yoshiga mos keladigan metodlar qo‘llagan holda bog‘cha yoshidan boshlash lozimligi ta’kidlandi. Bu borada ushbu bog‘chada olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif so‘ngida bolalar uchun turli kitoblar va o‘yinchoqlar jamlanmalari topshirildi.