Bugun O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin hamda O‘zbekistonning yangi Konstitusiyasi bo‘yicha referendumga kuzatuvchi sifatida yurtimizga tashrif buyurgan Belarus Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi I.V.Karpenko o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ikki tomon O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitusiyasi bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini bayon qilishdi.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish haqida ham takliflar va fikrlar bildirildi.