Kuni-kecha O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin hamda KOICAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Pak Sunjin xonim o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahridagi Kompleks markaz va innovatsion davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining barpo etilishidagi tayyorgarlik ishlarining olib borilayotganligi muhokama etildi.
Uchrashuvda Koreya tomoni barpo etilishi rejalashtirilgan obyektlarning loyiha dizaynini taqdim etdi. Ushbu loyiha poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan bo'lib, koreyalik loyihalovchilar tomonidan loyiha maydoni, shakli va joylashuvini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Shuningdek, muzokaralar davomida maktabgacha ta’lim tizimi pedagog kadrlarining malakasini oshirish bilan bog‘liq masalalar erta yoshdagi bolalarni rivojlantirish sohasidagi koreyalik mutaxassis va ekspertlar ishtirokida muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro fikr almashib, qo‘shma loyihani samarali va o‘z vaqtida amalga oshirish tarafdori ekanliklari ma’lum qilindi.