Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi 122-sonli MTTda tarbiyalanayotgan tarbiyalanuvchining ehtiyotsizlik oqibatida jarohatlangani haqida murojaat tarqaldi.
Maktabgacha ta’lim agentligi mas’ul vakillaridan iborat ishchi guruh murojaat yuzasidan ushbu MTTda o'rganish o'tkazdi.
O'tkazilgan o'rganish natijalariga ko'ra, to'plangan hujjatlar huquq-tartibot organlari va tegishli tashkilotlarga qonuniy baho berish uchun yuborildi.
Natijasi bo'yicha qo'shimcha batafsil ma’lum qilinadi.