Samarqand shahar 60-DKTIMTTda "Ilg'angan nigoh" mavzusida seminar bo'lib o'tdi. Seminarda autizm belgilari va xususiyatlari haqida, Autizm sabablari va statistik ma'lumotlar haqida shifokorlar tomonidan taqdimot qilindi. Hozirgi kunda Samarqand shahar 60-DKTIMTTda 110 nafar tarbiyalanuvchilardan 20 nafari Autik spektrli bolalardir. Ular bilan olib boriladigan yangi texnologiyalar: ABA, XENLI, DENVER, FLOUR TIME kabi terapiyalarning qo'llanishi, ish tajribalari haqida tashkilot defektologlari ma'lumot berishdi. Hozirgi zamon asr muammosi bo'lib borayotgan autizm spektrli bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar borasida savol-javoblar bo'ldi.
Seminar yakunida ishtirok etgan mehmonlar o'z fikr-mulohazalarini bildirib, tashkil etilgan seminardan yangi bilim, nazariy va amaliy tajribalar olganliklarini bildirishdi.