Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

news-detail

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligida O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta‘lim agentligi direktori Agrippina Vasilevna Shinning Puchon universiteti Prezidenti janob Xan Chong Sok boshchiligidagi Koreya delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda maktabgacha ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari, shuningdek, Toshkent shahridagi Puchon universiteti faoliyati bilan bog‘liq keng ko‘lamli tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Janob Xаn o'zining kirish nutqida Koreya tomoni maktabgacha ta'lim sohasida o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda salohiyatni oshirishga intilayotganini alohida ta'kidladi, shuningdek, Puchon universitetining so'nggi yutuqlari va rivojlanish istiqbollari haqida qisqacha ma'lumot berdi hamda Maktabgacha ta'lim agentligi rahbariyatiga O'zbekiston-Koreya munosabatlarini rivojlantirishga qo'shgan bebaho hissasi va Toshkent shahridagi Puchon Universitetini har tomonlama qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Shu bilan birga, Koreya delegatsiyasi rahbari so'nggi yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligi va jiddiy e'tibori ostida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning asosiy natijalariga yuqori baho berdi.

Uchrashuv doirasida janob Xan Toshkent shahridagi Puchon universitetini mustahkamlashga qaratilgan qo'shma chora-tadbirlarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi, shu jumladan:

boshqaruvchi kadrlar tayyorlash fakulteti va boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlash fakultetining ochilishi;

Maktabgacha ta'lim tizimiga tegishli va respublika, viloyat markazlarida joylashgan 14 ta pedagogika kolleji negizida Puchon universitetining mintaqaviy bo'linmalarining ochilishi; 

  pedagog kadrlarning uzluksiz kasbiy o'sishi va malakasini oshirishni ta'minlash;

koreys mutaxassislarini tegishli dasturlar va metodik qo'llanmalarni ishlab chiqishga jalb qilish orqali ta'limning yuqori sifatda bo'lishini ta'minlash;

innovatsion o'qitish usullarini joriy etish;

universitet tomonidan amalga oshirilayotgan ta'lim jarayonini oshirishga qaratilgan dasturlar monitoringi va tahlilini kuchaytirish;

– istiqbolli va iqtidorli talabalar ishtirokida mustaqil tayyorgarlik ko'rish va mentorlik guruhlarini tashkil etishga qaratilgan qo'shimcha dasturlarni ishlab chiqish orqali talabalarning potentsial bilimlarini oshirish.

Tomonlar Koreya tomonining innovatsion takliflarini O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimi ehtiyojlariga moslashtirish sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi to'g'risida kelishib oldilar.

O'zbekiston Respublikasi rahbariyatining ta'lim masalalariga e'tibori ortib borayotgan bir sharoitda Koreya tomoni ushbu sohada belgilangan maqsad va vazifalarni samarali amalga oshirishda respublikaga har tomonlama ko'mak berishi alohida ta'kidlab o'tildi.

Uchrashuv yakuniga ko'ra, tomonlar O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim agentligi va Puchon universiteti o'rtasida maktabgacha ta'lim sohasida faol muloqotni ta'minlash uchun muntazam ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazish amaliyotini davom ettirish zarurligi to'g'risida o'zaro kelishuvga erishdilar.

 

 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта