
Uchko‘prik tumanida 50 o‘rinli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ish boshladi.
Uchko‘prik tumanida ham maktabgacha ta’lim maskanlarini ko‘paytirish uchun oilaviy, nodavlat hamda davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘chalar tashkil etilmoqda.
“Uchko‘prik” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkor Ozodaxon Ahmedova tomonidan “Kinder” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil qilinib, 50 nafar bolajonlar maktabgacha ta’limga jalb etildi.
Zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotida kichkintoylarning sifatli boshlang‘ich ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.