NAVOIYDA YOSH SHAXMATCHILAR G‘OLIBLIK UCHUN BELLASHDI

news-detail

Joriy yilning 5-iyun kuni Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida shaxmat musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligining 2023-yil 19-iyundagi “Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari va maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Shaxmat kunlari”ni oʻtkazib borish toʻgʻrisida”gi 58–sonli buyrug‘i ijrosini ta‘minlash maqsadida o‘tkazilgan musobaqada tuman (shahar) bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 5-7 yoshli 21 nafar tarbiyalanuvchi bellashdi.

Jajji shaxmatchilar 5 tur asosida dona surib, qizgʻin bahslashdi.

O‘yin yakuniy natijalariga ko‘ra:

O‘g‘il bola tarbiyalanuvchilar o‘rtasida,

1-o‘rin Navoiy shahridagi “Yangi avlod” oilaviy nodavlat MTT tarbiyalanuvchisi Muxsin Komilov;

2-o‘rin Navbahor tumanidagi “Aqlli bolalar” oilaviy nodavlat MTT tarbiyalanuvchisi Bahodir Erkinov;

3-o‘rin Qiziltepa tumanidagi “Tinchlik yoshlari” davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat MTT tarbiyalanuvchi Ibrohim Asadillayevga nasib etdi.

Qiz bola tarbiyalanuvchilar o‘rtasida,

1-o‘rin Navoiy shahridagi 31-davlat MTT tarbiyalanuvchisi Xushnoza Murodillayeva;

2-o‘rin Xatirchi tumanidagi 7-davlat MTT tarbiyalanuvchisi Gulbahor Raxmatova;

3-o‘rin Karmana tumanidagi 15-davlat MTT tarbiyalanuvchisi Elnura Erkinovaga nasib etdi.

Ma’lumot uchun: I o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar respublika bosqichida viloyatimiz sha’nini himoya qiladi.

G‘olib va sovrindor bolajonlarga boshqarmaning diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта