Sayt test rejimida ishlamoqda

Toshkent viloyatining Piskent tumanida yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari foydalanishga topshirildi

news-detail

Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ular soni yildan yilga oshib borayotgani ham buning yorqin dalilidir. 

Toshkent viloyatida ham bugungi kunda zamonaviy tipda qurilgan, barcha imkoniyalarga ega maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurib foydalanishga topshirilmoqda. Agar raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, 2022-yilda mazkur tashkilotlarga qamrov 38,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning may oyiga qadar 50 foizdan oshdi. Rejaga ko‘ra 2030-yilga qadar bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish 80,8 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Bunda joylarda qurib foydalanishga topshirilayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘rni va ahamiyati yuqori. Viloyatda ana shunday masakanlar soni yana ikkitaga ko‘paydi. 

Kun kecha Piskent tumanida 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurib foydalanishga topshirildi. Tuman markazida joylashgan mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotining eski binosi 1970-yilda qurilgan bo‘lib, 140 o‘ringa mo‘ljallangan edi. 

2021-yil 2 mlrd 600 mln so‘mlik “Investitsiya“ dasturi asosida mavjud bino qayta ta’mirlanib, qo‘shimcha 90 o‘rinli bino qurib foydalanishga topshirildi. 

 “-Tumanimizda bugungi kunda jami 51 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, 3-7 yoshli bolalar 7 339 nafarni tashkil etadi. Shundan 4 530 nafari maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan. Qamrov darajasi 62% ni tashkil etmoqda. 13- sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilishi esa tumanda qamrov darajasining o‘sishiga va bolalarning tashkilotda sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun zamin yaratadi. Investisiya asosida yangi qurilgan 13-DMTTning 90 o‘rinli yangi qismida zamonaviy, barcha sharoitlari mavjud ” –deydi, Piskent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Baxtiniso Ishmurodova.

 “-Tashkilotimiz, 3 ta yosh guruhiga mo‘ljallangan bo'lib, 1 ta musiqa zali, 1 bolalar ovqatlanish zali, ovqat pishirishga mo‘ljallangan oshxona, 3 ta guruhga mo‘ljallangan sanuzel, 3 ta xodimlar uchun sanuzel, bolalar yotoqxonasi va mashg‘ulot xonalari zamonaviy tipda qurilgan. Issiqlik tizimi , ichimlik suvi, elektr ta’minoti , tabiiy gaz bilan ta’minlangan. Eski binomizdagi, 140 o‘ringa mo‘ljallangan qismida bolajonlar uchun barcha imkoniyatlarga ega sport maydonchasi mavjud. Tarbiyachiarimizning barchasi oliy ma’lumotli. Bolajonlarimizning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan,”-deydi tashkilot direktori Manzura Inomova. 

Ochilish tadbirida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasidan, tuman hokimligidan hamda mahalla faollaridan iborat mehmonlar ishtirok etib, bolajonlar quvonchiga sherik bo‘lishdi. 

Shu kuning o‘zida tumanda yana bir nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochilishi bo‘lib o‘tdi. “Mitan” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkor Shohsanam Atayeva o‘z mablag‘lari  hisobidan 50 o‘rinli xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti ish faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Ta’lim tashkilotida rus tili, ingliz tillarida mashg‘ulot olib boriladi. 

“-Kelajakda tashkilotda bolalar qamrovini 150 nafarga yetkazishni rejalashtirganmiz. Undan tashqari, 1-3 yoshli bolajonlar uchun maxsus guruhlar ochish ham rejamizda bor.”- deydi tadbirkor.

Shu o‘rinda, aytish joizki, mazkur tashkilotlarlar zamonaviy usulda qurilgan bo‘lib, ularda o‘yin maydonchalari, oshxona, musiqa, sport zallari va basseynlar ham mavjud. Ularda ingliz va rus tillari bo‘yicha mashg‘ulotlardan tashqari shaxmat- shashka, rasm chizish, badiiy gimnastika, suzish to‘garaklari faoliyat ko‘rsatadi.

Manba: https://t.me/toshkentvxtb/39967 

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
"Mittivoy" qo'shma loyihasi doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin A.I.Gersen nomidagi RDPU  rektorining baynalminallashtirish bo'yicha maslahatchisi, pedagogika fanlari doktori,  professor Y.A.Komarova bilan uchrashdi. Tomonlar 2020-yil dekabr oyida tegishli "Yo'l xaritasi" imzolanishi bilan boshlangan "Mittivoy"  qo'shma loyihasining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Eslatib o'tamiz, loyihaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislarining vakolatlari darajasini o'rganish bo'yicha nazorat-o'lchov tadbirlarini o'tkazish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislari uchun qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari va pedagoglari uchun metodik qo'llanmalar ishlab chiqish. A.I.Gersen nomidagi RDPU vakillari bilan uchrashuv an'anaviy tarzda ishonchli, ochiq va do'stona muhitda o'tdi. Muzokaralar yakunida tomonlar yana bir bor maktabgacha ta'lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashni davom ettirish bo'yicha o'z majburiyatlarini bayon qilishdi. Ma'lumot uchun: 2020-yil 26-dekabrda "Mittivoy" qo'shma loyihasini amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi, unda A.I.Gersen nomidagi RDPU mutaxassislari tomonidan O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlar tayyorlash bo'yicha tomonlar faoliyatining asosiy yo'nalishlari belgilandi. 2021-yildan 2023-yilgacha maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 1500 dan ortiq pedagog kadrlari ushbu loyiha doirasida tashkil etilgan turli o'quv dasturlari bo'yicha o'qitildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vazirining MTTga tashrifi

 "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi doirasida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirboyeva Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 34-sonli DMTTga tashrif buyurdi. Ma'lumot uchun: "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi 9-noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tdi. U Butunjahon bolalar kuni va BMTning 2023-yilgi iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasiga (COP 28) bag'ishlangan. Forum bolalar va yoshlarning iqlim o'zgarishining salbiy ta'siriga qarshi kurashdagi roli, shu jumladan ekologik ta'limni targ'ib qilishning ahamiyatiga bag'ishlangan. Tashrif doirasida Qirg'iziston tomoni maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish dasturlari, bolalar taomlanishini tashkil etish, shuningdek, tizimda kadrlar tayyorlash bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.V.Shin bilan uchrashuv davomida tomonlar idoralar o'rtasida tajriba almashish bo'yicha keyingi chora-tadbirlarni muhokama qildilar. Vazir D.Kendirboyeva O'zbekistonning maktabgacha ta'lim tizimini qamrab olish, kadrlar tayyorlash, raqamlashtirish borasidagi tajribasini Qirg'izistonda eng yaxshi amaliyotlar namunasi sifatida o'rganish va joriy etish zarurligini ta'kidlab o'tdi. Tashrif yakunida tomonlar yuqoridagi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni yanada oshirishga kelishib oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Ayni kunlarda respublika bo'ylab maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining navbatdagi bosqichi davom etmoqda. Eslatib o'tamiz, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichida respublika bo‘ylab 700 nafar master-trenerlarning o‘qitilishi rejalashtirilgan. Ushbu qisqa muddatli malaka oshirish kursining 1-bosqichida 30 nafar master-trenerlar o‘qitilgan edi.

Вид сайта
Размер шрифта