Maktabgacha ta’lim agentligi va KOICA (Janubiy Koreya) tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida O‘zbekiston Respublikasidan maktabgacha ta’lim sohasi mutaxassislari SOON CHUN HYANG universitetiga kasbiy amaliyotni o‘tash uchun yetib borishdi.
Kasbiy amaliyot dasturi maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlash bo‘yicha ilmiy asoslangan nazariy va amaliy bilimlarni olish, shuningdek, Koreya maktabgacha ta’lim muassasalariga tashrif buyurish orqali tajriba almashishni o‘z ichiga oladi.
Kelgusida Janubiy Koreyada amaliyot o‘tagan mutaxassislar O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari uchun amaliy seminarlar o‘tib berishadi.