Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin Janubiy Koreyaning Puchon universiteti prezidenti janob Xan Chung Sok boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Yig‘ilish kun tartibida Toshkent shahridagi Puchon universiteti filiali faoliyatini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shu nuqtai nazardan O‘zbekiston tomoni mazkur universitet negizida yangi fakultetlarni, jumladan, bolalar ovqatini tashkil etish fakultetini ochish orqali filial faoliyatini kengaytirish zarurligi to‘g‘risida tashabbus bilan chiqdi.
Koreya tomoni ushbu takliflarni qo‘llab-quvvatladi va tashabbuslarni amaliy amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga tayyorligini bildirdi. O‘z navbatida, mehmonlar Maktabgacha ta’lim agentligi rahbariyatini Koreyaning Puchon universiteti tomonidan qo‘llanilayotgan onlayn ta’lim uchun raqamli platforma bilan tanishtirdi.
Tomonlar uchrashuv kun tartibi yuzasidan fikr almashib, muzokaralarni konstruktiv ruhda yakunladilar.