Sayt test rejimida ishlamoqda

Buxoroning Qorako‘lida bir yo‘la ikkita maktabgacha ta’lim tashkiloti ishga tushirildi

news-detail

"Yangi O‘zbekiston" massivida qurib foydalanishga topshirilgan 43-DMTT ning zamonaviy qiyofasi ko‘zni quvontiradi. "Bunyod Shahzod Fayz” xususiy korxonasi tomonidan 6,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga yangidan barpo etilgan ushbu tashkilot 180 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, xonalar milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi o‘quv-metodik jihozlar bilan ta’minlangan.

Shuningdek, zamon talablari darajasida barpo etilgan tibbiyot xonasi, oshxona, universal zal, yotoqxonalar hamda yozgi ayvonchalar bolajonlar uchun xizmat qilishga shay holatda. 

Ochilish marosimida ishtirok etgan tuman hokimi X.Toxirov bir guruh nuroniylar hamrohligida ushbu zamonaviy tashkilotda kelajagimiz egalari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdi.

E’tiborlisi, bugun ochilgan ushbu MTT Qorako‘l mahallasi hududidagi beshinchi MTT sanalib, uning ishga tushishi bilan mahalla hududida bog‘cha yoshidagi bolalarni qamrov darajasi 100 foizga yetkazildi.

Shu kunning o‘zida Bandboshi mahallasida yana bir maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi o‘tkazildi. 

Bandboshi va Qaymoqchi qishloqlarida yashovchi bolajonlar quvonchiga quvonch qo‘shgan ushbu MTT so‘ngi paytlarda "Qorako‘l tajribasi" nomi bilan tilga olinayotgan yangicha yo‘nalish, ya’ni aholisi zich yoki qamrov ko‘rsatkichi past bo‘lgan hududlardagi maktablarning bo‘sh turgan binolarida MTT ochish loyihasi asosida tashkil etildi.

41-maktabning bo‘sh turgan binosida 24-DMTTning filiali sifatida ochilayotgan ushbu tashkilotga endilikda 90 nafargacha bolajonlar qamrab olinadi 

Shu bilan tumanda faoliyat olib borayotgan MTTlar soni xususiy MTT soni bilan qo‘shib hisoblaganda 136 taga yetkazildi. Ayni vaqtda yana 4 ta maktabgacha ta’lim tashkilotdarida qurilish ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan 5-6 yil avval tumanda MTTlarga bolalarning qamrov darajasi bor-yo‘g‘i 18 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu ko‘rsatgich 72 foizga yetdi. Yil yakunigacha bolalar qamrovini 80 foizdan oshirish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
"Mittivoy" qo'shma loyihasi doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin A.I.Gersen nomidagi RDPU  rektorining baynalminallashtirish bo'yicha maslahatchisi, pedagogika fanlari doktori,  professor Y.A.Komarova bilan uchrashdi. Tomonlar 2020-yil dekabr oyida tegishli "Yo'l xaritasi" imzolanishi bilan boshlangan "Mittivoy"  qo'shma loyihasining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar. Eslatib o'tamiz, loyihaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislarining vakolatlari darajasini o'rganish bo'yicha nazorat-o'lchov tadbirlarini o'tkazish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislari uchun qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish; - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari va pedagoglari uchun metodik qo'llanmalar ishlab chiqish. A.I.Gersen nomidagi RDPU vakillari bilan uchrashuv an'anaviy tarzda ishonchli, ochiq va do'stona muhitda o'tdi. Muzokaralar yakunida tomonlar yana bir bor maktabgacha ta'lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashni davom ettirish bo'yicha o'z majburiyatlarini bayon qilishdi. Ma'lumot uchun: 2020-yil 26-dekabrda "Mittivoy" qo'shma loyihasini amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi, unda A.I.Gersen nomidagi RDPU mutaxassislari tomonidan O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun pedagog kadrlar tayyorlash bo'yicha tomonlar faoliyatining asosiy yo'nalishlari belgilandi. 2021-yildan 2023-yilgacha maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 1500 dan ortiq pedagog kadrlari ushbu loyiha doirasida tashkil etilgan turli o'quv dasturlari bo'yicha o'qitildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vazirining MTTga tashrifi

 "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi doirasida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri Dogdurkul Kendirboyeva Toshkent shahri Mirobod tumanidagi 34-sonli DMTTga tashrif buyurdi. Ma'lumot uchun: "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o'zgarishi" Xalqaro forumi 9-noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tdi. U Butunjahon bolalar kuni va BMTning 2023-yilgi iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasiga (COP 28) bag'ishlangan. Forum bolalar va yoshlarning iqlim o'zgarishining salbiy ta'siriga qarshi kurashdagi roli, shu jumladan ekologik ta'limni targ'ib qilishning ahamiyatiga bag'ishlangan. Tashrif doirasida Qirg'iziston tomoni maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi, xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish dasturlari, bolalar taomlanishini tashkil etish, shuningdek, tizimda kadrlar tayyorlash bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.V.Shin bilan uchrashuv davomida tomonlar idoralar o'rtasida tajriba almashish bo'yicha keyingi chora-tadbirlarni muhokama qildilar. Vazir D.Kendirboyeva O'zbekistonning maktabgacha ta'lim tizimini qamrab olish, kadrlar tayyorlash, raqamlashtirish borasidagi tajribasini Qirg'izistonda eng yaxshi amaliyotlar namunasi sifatida o'rganish va joriy etish zarurligini ta'kidlab o'tdi. Tashrif yakunida tomonlar yuqoridagi yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni yanada oshirishga kelishib oldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Ayni kunlarda respublika bo'ylab maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining navbatdagi bosqichi davom etmoqda. Eslatib o'tamiz, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichida respublika bo‘ylab 700 nafar master-trenerlarning o‘qitilishi rejalashtirilgan. Ushbu qisqa muddatli malaka oshirish kursining 1-bosqichida 30 nafar master-trenerlar o‘qitilgan edi.

Вид сайта
Размер шрифта