Yangiliklar
Maktabgacha ta'lim agentligi
Agentlikda navbatdagi huquqiy savodxonlik soati o‘tkazildi

2023-yil 21-iyul kuni Maktabgacha ta’lim agentligi markaziy apparati xodimlari uchun navbatdagi huquqiy savodxonlik soati o‘tkazildi. Navbatdagi huquqiy savodxonlik o‘tgan haftada qabul qilingan quyidagi qonunchilik hujjatlariga to‘xtalib o‘tildi: 1. Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga ijro hujjatlarini ijro etmaganlik uchun solinadigan ma’muriy jarima miqdorini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi(O‘RQ–851-son, 04.07.2023 y.). Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra: BHMning 10 baravariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi summani undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun belgilangan muddatda qarzdor tomonidan ijro etmaslik: fuqarolarga BHMning 5 baravarigacha (1 mln 650 ming so‘mgacha); mansabdor shaxslarga esa 10 baravarigacha (3 mln 300 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Ilgari jarimaning eng kam miqdori qat’iy belgilangan bo‘lib, fuqarolarga BHMning 1 baravaridan, mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan boshlab jarima qo‘llanilgan. Shuningdek, ma’muriy jarima summasi ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan oshishi mumkin emasligi belgilandi. Ilgari bunday norma mavjud emas edi. Qonunga ko‘ra, Majburiy ijro byurosi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga endilikda quyidagilar haqli: O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, ularning o‘rinbosarlari; Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari. Ilgari ma’muriy jazo choralarini qo‘llash davlat ijrochilariga tegishli bo‘lgan. 2. “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–848-son, 16.06.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Qonunga muvofiq, quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega: kam ta’minlangan shaxslar, agar ular: fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vogarlar yoki javobgarlar; ma’muriy ishlar bo‘yicha arizachilar; ma’muriy qamoq tarzidagi ma’muriy jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar; jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar bo‘lsa; ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda; o‘z huquqlari buzilgan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar; Jinoyat-prosessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi. Davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun jismoniy shaxslar eksterritoriallik prinsipi asosida maxsus vakolatli davlat organiga (Adliya vazirligiga) og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi. Ariza maxsus vakolatli davlat organiga kelib tushgan kundan e’tiboran 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi (Jinoyat-prosessual kodeksida nazarda tutilgan, jinoyat ishlari bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan hollar va muddatlar bundan mustasno). Davlat hisobidan yuridik yordam faqat Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilgan advokatlar tomonidan ko‘rsatiladi. Maxsus vakolatli davlat organining davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish haqidagi qarori yoki advokat tayinlash to‘g‘risidagi surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoxud sudning ajrimi “Yuridik yordam” axborot tizimida ro‘yxatga olinganidan keyin tizim advokatni avtomatik ravishda tanlaydi. Advokatga Hukumat tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda to‘lov amalga oshiriladi. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi. 3. “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun qabul qilindi (O‘RQ-855, 13.07.2023). Kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchaga ko‘ra, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy hamda ma’muriy sudlarga murojaat qilish chog‘ida davlat bojini to‘lashdan ozod etildi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 4. “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining faoliyati yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishva qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun (O‘RQ–856,17.07.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra: Hisob palatasiga oz miqdorda talon-toroj qilinganligiva davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat moliyaviy nazorati organlariga esa oz miqdorda talon-toroj qilinganligi uchun ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnoma tuzish vakolatlari berildi. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, Hisob palatasi: moliya yilining birinchi oyida moliya yili uchun ish rejalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi; nazorat tadbirlari natijalari bo‘yicha aniqlangan moliyaviy huquqbuzarliklar va ularning bartaraf etilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har chorak yakunlariga ko‘ra, chorakdan keyingi oyning 25-sanasidan kechiktirmay o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi, bundan davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar mustasno; har chorakda kamida bir marta o‘z faoliyati to‘g‘risida jamoatchilik oldida OAV vakillari ishtirokida hisobot berib boradi. Qonun bilan Hisob palatasi qonunchilik tashabbusi huquqi sub’yektlariga qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritishga haqliligi belgilandi. 5. Shuningdek, Prezident tomonidan imzolangan Qonunbilan Soliq kodeksining 483-moddasiga qo‘shimcha kiritildi(O‘RQ–857, 18.07.2023 y.). Shunga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvargacha O‘zbekiston futbol assosiasiyasi, uning hududiy bo‘linmalari, “O‘zbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublari quyidagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi: barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno); o‘zi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilarining daromadlaridan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini; O‘zbekistonga olib kiriladigan, O‘zbekistonda o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va inventari, translyasiya qilish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, inventar va texnika, farmakologiya tovarlari, sport oziq-ovqatlari, futbol (futzal) maydonlari uchun sun’iy o‘tlar, shokpad, granulalar, maxsus yelimlar va maxsus professional sport kiyim-boshlari, transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini. Bu Qonun ham rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Yuqoridagi qonunlardan tashqari: 6. “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ-230, 18.07.2023) qabul qilindi. Mazkur qaror bilan, 2023 yil 24 fevral kuni Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekistan Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati o‘rtasida O‘zbekiston-Ozarbayjon investisiya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. 7. “O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida” Hukumat qarori imzolandi (290, 14.07.2023). Qaror bilan, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxati tasdiqlandi. Tog‘ ishlarida, metro, tunnellar va maxsus yer osti inshootlari qurilishida; Geologiya qidiruv va topografiyageodeziya ishlarida jami shunga o‘xshash 34 turdagi o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlar hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlar ro‘yxatga kiritildi. Huquqiy savodxonlik soati yakunida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorlangan haftaning muhim voqealari hamda davlat xizmatchilari uchun dolzarb mavzular haqida maʻlumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" namoyish etildi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Koreya tajribasini maktabgacha ta’lim tizimiga joriy etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari –Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin va Koreya elchixonasi huzuridagi Taʼlim markazi direktori janob Pen Ju Man oʻrtasida hamkorlik  uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Rasmiy munosabat

Kuni-kecha ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar bolalarni tarbiyachi tomonidan qaltis ravishda tartibga chaqirgani aks etgan video tarqaldi. Aniqlanishicha, joriy yilning 20-iyul kuni Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan holat o‘rganilganda Yangiyo‘l tumani Ibrat MFY Yoshlik ko‘chasida joylashgan YATT A.X.Bga tegishli bo‘lgan “Ominaxon” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida joriy yilning 19-iyul kuni tashkilot rahbari hamda tarbiyachi lavozimida ishlab kelayotgan X.Abdumannonova tomonidan tarbiyalanuvchilarni bir necha bor tartibga chaqirilishini e’tiborga olmay tartibsizliklar qilganligi, ushbu tarbiyalanuvchilar bir biriga qo‘shni ekanligi bolalar bir necha bor o‘yin kulgulardan so‘ng bir biri bilan tortishib qolganligi tarbiyachi video tasvirga aks etgan holatdagidek tarbiyachi xaqiqatdan xam tarbiyalanuvilarni qo‘l qismiga 1 marotabadan yumshoq uy oyoq kiyimi bilan zarba berganligi aniqlandi.  Ushbu xolat Yangiyo‘l tuman IIB tomonidan nazoratga olinib, surishtiruv ishlari olib borilayotganligini, surishtiriuv ishlari yakunlangandan so‘ng qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishini ma’lum qilamiz. Shuningdek, tadbirkorga ogohlantirish berilib, bu holat yana takrorlansa tadbirkor bilan tuzilgan bitim bir tomonlama bekor qilinishi tushuntirildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʼlim agentligi va OPEK jamgʻarmasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

19-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin hamda O‘zbekiston Respublikasidagi OPEK jamgʻarmasi missiyasi vakili hamda  OPEK jamgʻarmasining davlat sektoridagi operatsiyalar boʻyicha hududiy menejeri Olga Mixaylova xonim o ‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  OPEK jamg‘armasining 2023-yil 16-iyuldan 23-iyulgacha davom etadigan missiyasining maqsadi O‘zbekistondagi OPEK jamg‘armasining joriy faoliyatini ko‘rib chiqish, shuningdek, davlat sektorida kelgusidagi hamkorlikni muhokama qilishdan iborat. Ma’lumot uchun: Islom taraqqiyot bankining “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida umumiy qiymati 66,9 mln. bo‘lib, OPEK jamg'armasining ishtirokida esa 20 million AQSh dollari miqdorida nazarda tutilgan. Loyihaning maqsadi – davlat-xususiy sheriklik asosida 200 ta yangi tashkilot  qurish orqali nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish,  maktabgacha yoshdagi bolalarning qamrovini 30 mingta yangi o‘ringa oshirish, shuningdek, 2,5 mingta yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Uchrashuvda tomonlar OPEK jamg‘armasi ishtirokini ko‘zda tutuvchi Islom taraqqiyot bankining qo‘shma loyihasini amalga oshirishning yakunlangan bosqichlarini, shuningdek, amalga oshirish rejalari va loyihaning operatsion modeli tafsilotlari bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi.  Olga Mixaylova xonim mamlakat rahbariyatining maktabgacha yoshdagi bolalar uchun teng sharoit va ta'lim olish imkoniyatini yaratishga intilayotganini ta'kidladi. O'z navbatida, A.Shin qo‘shma loyihalarni samarali amalga oshirish yo‘lida Fondning missiyasini tashkil etgani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu loyiha doirasida amalga oshiriladigan barcha zarur tadbirlar bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifat ko‘rsatgichini oshirish yo‘lidagi navbatdagi seminar

Kuni-kecha Jizzax viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglariga amaliy seminar tashkil etildi.   Mutaxassislar kun tartibini, bolalar faoliyati turlari bo‘yicha o‘quv dasturini tuzish, bola shaxsining rivojlanishini kuzatish jarayonini tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
SIZNING QONUNIY HUQUQLARINGIZ BUZILAYAPTIMI? KORRUPSION HOLATLARGA DUCH KELDINGIZMI?

Maktabgacha ta’lim agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazoratini amalga oshirish bo‘limiga quyidagi masalalar bo‘yicha murojaat qilishingiz mumkin: Korrupsion xarakterdagi har qanday ta’magirlik holatlari bo‘yicha; Maktabgacha ta’lim tizimiga ishga qabul qilishda korrupsiya holatlari bo‘yicha; Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilishda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilayotganligi bo‘yicha;  Maktabgacha ta’lim tizimida davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga yo‘l qo‘yilayotgani xususida;  Maktabgacha ta’lim tizimida moddiy manfaatdorlik evaziga noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilayotgani xususida; Murojaat uchun: +998 71 207-04-07 @antikorr_ado  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Samarqandda kichik yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish, uyga tashrif dasturi bo‘yicha seminar - trening bo‘lib o‘tdi

Maktabgacha ta’limi agentligi hamda Jahon banki hamkorligida bolani erta rivojlantirish loyihasiga ko‘ra,  "Ilk rivojlanish markazlari" pedogoglari malakasini oshirish maqsadida Reach Up: kichik yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish, uyga tashrif dasturi bo‘yicha 3-14-iyul kunlari Toyloq tumanidagi markazda seminar-trening tashkil etildi. Ta’kidlash joizki, "Ilk rivojlanish markazlari" respublikamizning Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida hamda Samarqand viloyatining Toyloq tumanida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda birgina Samarqand viloyatidagi markazda 777 nafar kam ta’minlangan oilalarning farzandlari va 46 nafar alohida ta’limga ehtiyoji bor bolalar tarbiyalanmoqda.   Seminarda Namangan va Samarqand viloyatidagi markazlarning pedogoglariga 10 kun davomida Vest-Indiya Universiteti trenerlari Kristina Pouel va Syuzan Chang-Lopeslar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar o‘tildi. Tadbir so‘nggida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.  Shu o‘rinda Reach Up dasturi haqida: Ushbu dastur kam ta’minlangan, sharoiti yaxshi bo‘lmagan, ta’lim olish qiyin oilalar hamda alohida ta’lim ehtiyoji bor yosh bolalarning ota-onalari uchun mos keladigan samarali, dastur bo‘lib, u bolaga erta yoshdan ta’lim olishga yordam berishdir. Erta bolalikni tarbiyalash dasturi yamaykalik Salli Grantem-MakGregor tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu dastur Bangladesh, Kolumbiya va boshqa mamlakatlarda muvaffaqiyatli moslashtirildi va baholandi, bu bolalar rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.Quyida "Ilk rivojlanish markazlari"  pedogoglarining malakasini oshirishdagi seminar-trening jarayonidan lavhani ko'rishingiz mumkin:

Maktabgacha ta'lim agentligi
YUNESKO missiyasining yig'ilishi: yo'l xaritasini imzolash.

14 - iyul kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin hamda Parijdan kelgan YUNESKO missiyasi o'rtasida Toshkent shahrida YUNESKO shafeligida ikkinchi toifali Mintaqaviy markazni tashkil etish masalalarini muhokama qilish uchun  yakuniy yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yig‘ilishning kirish qismida Parijdagi YUNESKO shtab-kvartirasining Ta’lim siyosati departamenti boshlig‘i hamda missiya rahbari –janob Chang Gvang-Chol missiyaning Toshkentdagi uch kunlik tadbirlarning amalga oshirilishi  yakunlariga ko‘ra quyidagilarni ta’kidladi. Ishchi guruhning ikkita yig‘ilishi tashkil etildi, unda loyihaning texnik va huquqiy jihatlari batafsilroq shaklda muhokama qilindi;  - O‘zbekiston tomonidan bo‘lajak markazni joylashtirish uchun taklif etilgan ob’ektlarda bo‘lishdi; -Missiya yakunida “O‘zbekistonda 2-toifali mintaqaviy markazni tashkil etish to‘g‘risida”gi yo‘l xaritasi imzolandi. Bundan tashqari, YUNESKO shafeligida 2-toifali markaz maqomiga ega boʻlgan shu kabi markazlarni, tashkil etish va faoliyat yuritish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni Seul (Koreya), Shenchjen (Xitoy) va Sharjda (BAA)dan  o‘zlashtirish bo‘yicha taklif kiritildi. Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar O‘zbekiston yuritayotgan siyosatning ochiqligini, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yaqinroq hamkorlik yo‘lida yangi tashabbuslarni izlash zarurligini yana bir bor tasdiqlaganini ta’kidladi – dedi xonim A.Shin. Yig‘ilishda missiya samarali yakunlanganidan dalolat sifatida markazni tashkil etish bo‘yicha vazifalar va ularning muddatlari belgilab berilgan hujjat o‘zaro ma’qullandi. Missiyaning samarali yakuniga erishish belgisi sifatida markazni tashkil etish yo‘lidagi vazifalar va amalga oshirish muddatlarini ko‘zda tutuvchi hujjat o‘zaro tasdiqlandi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Qashqadaryoning Qamashisida ikkita yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi

Bugun Qamashi tumani Jonbo‘z va Oynako‘l mahallasi hududida har biri 150 o‘rinli bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binolari foydalanishga topshirildi.  Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi B.Tog‘ayev, sektor rahbarlari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Jonbo‘z mahallasidagi 25-DMTT binosini qurish ishlariga loyiha qiymati 6 milliard 142 million so‘m mablag‘ sarflandi.  Oynako‘l mahallasi hududidagi 26-DMTT 6 milliard so‘mga yaqin mablag‘ evaziga barpo etildi.  Yangi qurilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruh va sanitariya-gigiyena xonalari, tibbiyot xonasi, musiqa zali, alohida oshxona, umumiy ovqatlanish zali, o‘yin maydonchalari, yozgi ayvonchalar hamda suzish havzasi barpo etilgan.  Shuningdek, tumanda yaqin kunlarda yana 4 ta yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi xonim hamda Parijdan tashrif buyurgan YUNESKO missiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

12-iyul kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin hamda YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi xonim, Parijdan tashrif buyurgan YUNESKO tadqiqot missiyasi o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar Toshkentda o‘tkazilgan “Kichik yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik va ta’lim berish bo‘yicha Butunjahon konferensiyasi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning YUNESKO shafeligida 2-toifali mintaqaviy markazni ochish bo‘yicha bergan taklifini amalga oshirishga qaratilgan masalalarni ko'rib chiqishdi. Shuningdek, uchrashuvning kirish qismida tomonlar jahon konferensiyasi davomida YUNESKOga a’zo davlatlar tomonidan qabul qilingan YUNESKOning Toshkent deklaratsiyasiga kiritilgan shartlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar. Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin tomonidan O‘zbekistonda tashkil etilishi kutilayotgan 2-toifali  mintaqaviy markazga maktabgacha ta’lim bilan birgalikda maktab va oliy ta’limni rivojlantirish masalalarini kiritilishi lozimligi to‘g‘risida”gi taklif kiritildi. Yig‘ilishning asosiy qismi hududiy markazni ochish bo‘yicha kelgusidagi harakatlarni muhokama qilishga qaratildi. Mazkur markazni ochish uchun texnik-huquqiy shart-sharoitlarni tayyorlash bo‘yicha ham vazifalar belgilab olindi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha missiyaning loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhi bilan birgalikdagi faoliyatini davom ettirishi qayd etildi va missiya yakunida yakuniy yig‘ilish tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Xalqaro hamkorlik

12-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari –Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin Islom taraqqiyot banki missiyasi, YUNISEF, YUNESKO hamda Respublika ilmiy-metodik markazi vakillari bilan O‘zbekiston Respublikasida ta’limni rivojlantirish masalalari yuzasidan uchrashdi. Xalqaro ekspertlar ham ishtirok etgan uchrashuvda tomonlar “O‘zbekiston Respublikasida 2023-2026 yillarda amalga oshiriladigan ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish”ning yangi loyihasi doirasida “Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish”ga oid masalalarni muhokama qildilar. Loyiha maqsadi: Loyiha Hamkorlik kelishuvi hujjatida belgilangan umumiy ustuvorliklarni, jumladan, sifatli ta’limdan teng foydalanishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Loyihaning ta'siri ixcham hujjatdan quyidagicha namoyon bo'ladi: "2026-yilga kelib, barcha qizlar va o'g'il bolalar samarali, hisobdor va inklyuziv ta'lim tizimida kompetentsiyaga asoslangan ta'lim sifatidan foydalanadilar". Kun tartibida maktabgacha ta'lim sifatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni muvofiqlashtirish va xarajatlarni tarkibiy qismlarga ajratish vazifasi qo‘yildi. Tomonlar, shuningdek, har bir kichik komponent bo‘yicha faoliyatning barcha texnik va tashkiliy tafsilotlarini muhokama qildilar. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ushbu loyiha doirasida amalga oshiriladigan barcha zarur tadbirlar bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha taʻlim tashkilotida yozgi sogʻlomlashtirish davrining TAXMINIY KUN TARTIBI

7.00 – 8.00  Ochiq havo (ayvonchada) bolalarni qabul qilish,  ertalabki filtr 8.30 – 8.50  Ochiq havoda ertalabki badantarbiya 9.00 – 9.30  Nonushtaga tayyorgarlik, nonushta 9.30 – 10.50  Rejalashtirilgan  tadbirlar   (rivojlantiruvchi markazlarda taʻlim-tarbiya jarayoni, ochiq havoda oʻyinlar, koʻngilochar tadbirlar) 11.00 – 12.20  Chiniqtirish tadbirlari (qumda oʻynash, yalangoyoq oʻtda yurish, suv bilan o ʻyinlar)  12.20 – 13.00  Tushlikka tayyorgarlik, tushlik 13.00 – 15.00  Uyquga tayyorgarlik, uyqu 15.00 – 15.40  Uyqudan uygʻonib turish, yuvinish. Erkin faoliyat. Bolalar bilan yakka tartibda ishlash. Kunning ikkinchi yarmi uchun belgilangan faoliyatlar 15.00 —15.40  Ikkinchi tushlik 15.40 — 17.00  Ayvonchada tashkil etilgan markazlarda taʼlimiy, stol, syujetli-rolli oʼyinlar. Oʻyin maydonchasida harakatli va  ixtiyoriy oʻyinlarni  tashkil  etish 17.00— 18.00  Ota-onalar bilan suhbat. Bolalarni uyga kuzatish Eslatma: ikkinchi nonushta olib tashlanganligi sababli, rejalashtirilgan tadbirlar, rivojlantiruvchi markazlarda taʻlim-tarbiya jarayoni, ochiq havoda oʻyinlar, ko’ngilochar tadbirlar vaqti uzaytirildi      Izoh: kun tartibi maktabgacha taʻlim tashkilotining ish soati ichki imkoniyati, shart-sharoiti va har bir guruhning yosh xususiyatini inobatga olgan holda tuziladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Surxondaryoda "Mehribonlik korpusi" tomonidan erishilgan natijalar tahlil qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi hamkorligida "Mehribonlik korpusi" tomonidan Surxondaryo viloyatida "Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va pedagoglarning kasbiy rivojlanishining ahamiyati" mavzusida amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, "Mehribonlik korpusi" vakillari, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, pedagog va metodistlari ishtirok etib, o‘zaro fikr, tajriba almashishdi. Konferensiyada pedagoglar va ularni qo‘llab-quvvatlovchi mentorlar (murabbiylar) hamda“Mehribonlik Korpusi” tomonidan O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining salohiyatini oshirish dasturi doirasida bolalarda ilk yoshidan savodxonligini rivojlantirish doirasida o‘tkazilayotgan amaliy ishlarning yutuqlari haqida ba’tafsil ma’lumot berib o‘tildi. Shuningdek, mentorlik (murabbiylik) dasturi orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarini salohiyatini oshirish va bolalarning ilk yoshidan savodxonligini rivojlantirish uchun jamiyat va oilani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish,  Maktabgacha yoshdagi bolalarda gigiyena va sog‘lom turmush tarzi hamda to‘g‘ri ovqatlanish ko‘nikmalarini shakllantirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi.  Trenerlarning mavzuga doir qiziqarli ma’lumotlari yig‘ilganlarda iliq tasssurotlar qoldirdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
#iqtibos #Aqlvoy_avtobuslari

“Euronews” telekanali orqali “Aqlvoy” avtobuslari haqidagi reportajni ko‘rib,  mamlakatning chekka hududlaridagi bolalarni qamrab olish qaroridan hayratda qoldim. Bugun esa men Samarqand viloyatidagi tashrifimiz davomida o‘z ko‘zim bilan noyob loyihani ko‘rdim, shuningdek bizda hali mavjud bo‘lmagan erta rivojlanish markazlarida ham bo‘ldim. Bugun biz qardosh mamlakatlarimiz bilan maktabgacha ta’lim sohasida hamkorlik qilib, tajriba o‘rganayotganimizdan juda xursandmiz!  Tojikiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari Majidiy Yusuf “Euronews”  telekanalida efirga ketgan “Aqlvoy” avtobuslari haqidagi reportajni ko‘rishingiz mumkin: https://is.gd/AvHGDF          

Maktabgacha ta'lim agentligi
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida Gamburgdagi nemis-o‘zbek forumi ijrochi direktori bilan uchrashuv o‘tkazildi

Joriy yilning 11-iyul kuni Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasida, 9-iyul kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan Gamburgdagi nemis-o‘zbek forumi ijrochi direktori Katrin Annette Morozov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvni Qo‘mita raisi R.Kurbanov ochib, mamlakatimizda o‘tkazilgan ulkan siyosiy tadbirga xalqaro kuzatuvchi sifatida taklif etilgani bilan tabriklab, ushbu tashrif xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasiga prezidentlik saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan Gamburgdagi nemis-o‘zbek forumi ijrochi direktori Katrin Annette Morozovga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin hamrohlik qilmoqda.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Davlat hisobidan yuridik yordam oluvchi shaxslar doirasi belgilandi

“Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–848-son, 16.06.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi Qonunga muvofiq, quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega: kam ta’minlangan shaxslar, agar ular: ·        fuqarolik ishlari bo‘yicha da’vogarlar yoki javobgarlar; ·        ma’muriy ishlar bo‘yicha arizachilar; ·        ma’muriy qamoq tarzidagi ma’muriy jazo nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar; ·        jinoyat ishlari bo‘yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar bo‘lsa; ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq psixiatriya yordami ko‘rsatilayotganda; o‘z huquqlari buzilgan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar; Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi. Davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun jismoniy shaxslar eksterritoriallik prinsipi asosida maxsus vakolatli davlat organiga (Adliya vazirligiga) og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi. Ariza maxsus vakolatli davlat organiga kelib tushgan kundan e’tiboran 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi (Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan, jinoyat ishlari bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan hollar va muddatlar bundan mustasno). Davlat hisobidan yuridik yordam faqat Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilgan advokatlar tomonidan ko‘rsatiladi. Maxsus vakolatli davlat organining davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish haqidagi qarori yoki advokat tayinlash to‘g‘risidagi surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qarori yoxud sudning ajrimi “Yuridik yordam” axborot tizimida ro‘yxatga olinganidan keyin tizim advokatni avtomatik ravishda tanlaydi. Advokatga Hukumat tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda to‘lov amalga oshiriladi. Davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarning huquq va majburiyatlariga quyidagilar kiradi: Davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar:        ushbu Qonunda belgilangan tartibda va hollarda davlat hisobidan malakali yuridik yordam olishga;         davlat hisobidan yuridik yordam olishni rad etishga;         o‘zlariga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatilishi chog‘ida olingan axborotning maxfiyligiga rioya etilishini talab qilishga;         maxsus vakolatli davlat organi xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.         Davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar:         davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun murojaat qilganda haqqoniy va to‘liq axborot taqdim etishi;         davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatilishiga ta’sir etuvchi holatlar to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organini o‘z vaqtida xabardor qilishi;    davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun o‘zlari yolg‘on yoki chalg‘ituvchi ma’lumotlar taqdim etganligi faktlari tasdiqlangan taqdirda, davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini qoplashi shart. Davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va ularning zimmasida o‘zga majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi. Slayd - Тарғибот материали.pptx

Maktabgacha ta'lim agentligi
Toshkent viloyatining Piskent tumanida yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari foydalanishga topshirildi

Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ular soni yildan yilga oshib borayotgani ham buning yorqin dalilidir.  Toshkent viloyatida ham bugungi kunda zamonaviy tipda qurilgan, barcha imkoniyalarga ega maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurib foydalanishga topshirilmoqda. Agar raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, 2022-yilda mazkur tashkilotlarga qamrov 38,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning may oyiga qadar 50 foizdan oshdi. Rejaga ko‘ra 2030-yilga qadar bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish 80,8 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan. Bunda joylarda qurib foydalanishga topshirilayotgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘rni va ahamiyati yuqori. Viloyatda ana shunday masakanlar soni yana ikkitaga ko‘paydi.  Kun kecha Piskent tumanida 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti qurib foydalanishga topshirildi. Tuman markazida joylashgan mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotining eski binosi 1970-yilda qurilgan bo‘lib, 140 o‘ringa mo‘ljallangan edi.  2021-yil 2 mlrd 600 mln so‘mlik “Investitsiya“ dasturi asosida mavjud bino qayta ta’mirlanib, qo‘shimcha 90 o‘rinli bino qurib foydalanishga topshirildi.   “-Tumanimizda bugungi kunda jami 51 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, 3-7 yoshli bolalar 7 339 nafarni tashkil etadi. Shundan 4 530 nafari maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan. Qamrov darajasi 62% ni tashkil etmoqda. 13- sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilishi esa tumanda qamrov darajasining o‘sishiga va bolalarning tashkilotda sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun zamin yaratadi. Investisiya asosida yangi qurilgan 13-DMTTning 90 o‘rinli yangi qismida zamonaviy, barcha sharoitlari mavjud ” –deydi, Piskent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Baxtiniso Ishmurodova.  “-Tashkilotimiz, 3 ta yosh guruhiga mo‘ljallangan bo'lib, 1 ta musiqa zali, 1 bolalar ovqatlanish zali, ovqat pishirishga mo‘ljallangan oshxona, 3 ta guruhga mo‘ljallangan sanuzel, 3 ta xodimlar uchun sanuzel, bolalar yotoqxonasi va mashg‘ulot xonalari zamonaviy tipda qurilgan. Issiqlik tizimi , ichimlik suvi, elektr ta’minoti , tabiiy gaz bilan ta’minlangan. Eski binomizdagi, 140 o‘ringa mo‘ljallangan qismida bolajonlar uchun barcha imkoniyatlarga ega sport maydonchasi mavjud. Tarbiyachiarimizning barchasi oliy ma’lumotli. Bolajonlarimizning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan,”-deydi tashkilot direktori Manzura Inomova.  Ochilish tadbirida viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasidan, tuman hokimligidan hamda mahalla faollaridan iborat mehmonlar ishtirok etib, bolajonlar quvonchiga sherik bo‘lishdi.  Shu kuning o‘zida tumanda yana bir nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ochilishi bo‘lib o‘tdi. “Mitan” mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkor Shohsanam Atayeva o‘z mablag‘lari  hisobidan 50 o‘rinli xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti ish faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Ta’lim tashkilotida rus tili, ingliz tillarida mashg‘ulot olib boriladi.  “-Kelajakda tashkilotda bolalar qamrovini 150 nafarga yetkazishni rejalashtirganmiz. Undan tashqari, 1-3 yoshli bolajonlar uchun maxsus guruhlar ochish ham rejamizda bor.”- deydi tadbirkor. Shu o‘rinda, aytish joizki, mazkur tashkilotlarlar zamonaviy usulda qurilgan bo‘lib, ularda o‘yin maydonchalari, oshxona, musiqa, sport zallari va basseynlar ham mavjud. Ularda ingliz va rus tillari bo‘yicha mashg‘ulotlardan tashqari shaxmat- shashka, rasm chizish, badiiy gimnastika, suzish to‘garaklari faoliyat ko‘rsatadi. Manba: https://t.me/toshkentvxtb/39967 

Maktabgacha ta'lim agentligi
INFOGRAFIKA

Bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 2017 yilga nisbatan (27,7 %) 2,5 barobarga ya’ni 71,8 foizga, maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 5 211 tadan 29 420 taga yetkazildi. Ma’lumot uchun: 6 598 ta davlat (shundan, 49 ta idoralarga qarashli), 833 ta xususiy, 1 313 ta DXSH asosidagi nodavlat va 20 676 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 2023-yil oxiriga qadar 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish darajasini 74,5 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Jahon bankining ta’lim bo‘yicha vakili moderatorligida maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari uchun seminar o‘tkazildi

Kuni-kecha Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida Maktabgacha ta’lim agentligi mutaxassislari, Toshkent shahridagi Puchon universiteti, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali vakillari  uchun “Maktabgacha yoshdagi bolalarning erta rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi doirasida navbatdagi seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda Jahon bankining ta’lim bo‘yicha maslahatchisi Sherri Le Motti xonim moderatorlik qildi. Seminarda muhim masalalarni muhokama qilishda ishtirokchilarni faol jalb etgan holda interaktiv shaklda o‘tkazildi. Seminar davomida ishtirokchilar - Nima uchun erta bolalik rivojlanishining sifati muhim? Erta yoshdagi bolalarning ta’lim sifatini qo‘llab-quvvatlashda – maktabgacha ta’lim tarbiyachisining roli nimada?  kabi ko‘plab savollar muhokama qilindi. Seminar natijalari va ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosida masofaviy ta'lim sifatining asosiy tarkibiy qismlari: ta’lim muhiti, masofaviy ta’lim pedagogining kasbiy darajasi, mavjud o‘quv qo‘llanmalarining ahamiyati va o‘ylangan, xavfsiz o‘yin maydonlari haqida fikr almashinildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
O‘zbekiston va Tojikiston delegatsiyasi vakillari o'rtasida maktabgacha ta’lim sohasida tajriba almashinuv uchrashuvi bo'lib o'tdi

Avvalroq xabar berilganidek, Tojikiston Respublikasi Taʼlim va fan vazirining oʻrinbosari Abdulzoda Ziyodullo Nazar hamda Moliya vazirining o‘rinbosari Majidi Yusuf Xayrullo boshchiligidagi Tojikiston delegatsiyasi O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tizimidagi yutuqlar bilan tanishish hamda tajriba almashish maqsadida joriy yilning 3-7 iyul kunlari O‘zbekistonda bo‘lib, maktabgacha ta’lim tizimi bilan tanishishdi.   Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi binosida Jahon bankining loyihasi asosida Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi O‘zbekiston maktabgacha ta’lim tizimida joriy etilgan yangi innovatsion loyihalarni o‘z davlatida tadbiq etish maqsadida kengaytirilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Marko Mantovanelli - Jahon bankining mamlakatdagi vakili, Alberto Byankoli, UNICEFning O'zbekistondagi ta'lim bo'limi boshlig'i, Jahon bankining ta’lim bo‘yicha maslahatchisi Sherri Le Motti, Yuneskoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili Dilfuza Hamidova, AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) O‘zbekistondagi vakili, ta’lim bo‘yicha mutaxassis Joyel Rannels hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin, Oyatullo Rahmatullayev “Maktabgacha yoshdagi bolalarning erta rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi direktori - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari ishtirok etishdi.    Shuningdek, Maktabgacha ta’lim agentligi binosida Jahon banki moliyaviy ko‘magida “Maktabgacha yoshdagi bolalarning erta rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi doirasida “Maktabgacha ta’lim sifati” mavzusida ta'lim, maktabgacha ta'lim pedagoglari salohiyatini oshirish uchun innovatsion platformani ishga tushurish va o‘yin pedagogikasi bazasida o‘qitish moduli bo‘yicha ham muhokama qilinib o‘zaro fikr almashinildi.   Uchrashuv davomida maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining salohiyati va malakasini oshirish uchun onlayn va tashqi manba sifatida foydalanish mumkin bo'lgan yangi platformani ishga tushirish bo'yicha taqdimot bo'lib o'tdi. Taqdimot Jahon bankining ta'lim bo'yicha maslahatchisi Sherri Le Motti xonim tomonidan taqdim etildi. “Bugun Maktabgacha yoshdagi bolalarning erta rivojlanishiga ko'maklashish loyihasi doirasida maktabgacha ta'lim pedagoglarini tayyorlash platformasi ishga tushirilmoqda. Jahon bankining moliyaviy ko‘magida Sherri Le Motti jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan platforma maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining salohiyatini oshirish va ularning kasbiy darajasini oshirish uchun yaxshi manba bo‘lib xizmat qiladi” –deydi “Maktabgacha yoshdagi bolalarning erta rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi direktori - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari Oyatullo Rahmatullayev. Platformadan ham onlayn resurs, ham resurs sifatida foydalanish mumkin, uning yordamida pedagoglarining ishi va darslari uchun zarur bo'lgan materiallarni - tarqatma materiallar, o'yinlar, mashqlar va boshqalarni yuklab olish mumkin. Erta bolalik davridagi ta'lim va rivojlanish standartlari o'quv rejasi o'yin orqali o'rganishni va XXI asr ko'nikmalarini shakllantirishni qo'llab-quvvatlovchi tamoyillar, sohalar va malakalarga urg'u beradi. Maktabgacha ta’lim tizimi tarbiyachilari va ota-onalar tomonidan o'yinga asoslangan ta'limdan foydalanish darajasini oshirish, bolaning rivojlanishini yaxshilash, maktabga tayyorligini oshirish - bu platformadan foydalanishni ta'minlaydi. Mazkur platforma pedagoglarning malakasini oshirishni ta’minlashda muhim vositaga aylanadi. U interfaol darslar va erta bolalik rivojlanishi sohasidagi tadqiqotlar bo'yicha bilim olish imkoniyati bilan ajralib turadi, shuningdek, ota-onalar bilan ishlash uchun zarur materiallarni olish imkoniyatini beradi. Platformani maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari uchun malaka oshirish kurslari uchun innovatsion va yetarli resurs deb hisoblash mumkin. Bu maktabgacha ta’lim tizimida ish sifatini yanada yaxshilashga loyiha faoliyatining strategik hissasi hisoblanadi. Uchrashuv yakunida Tojikiston Respublikasi delegatsiyasi rahbariyati O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tizimidagi so‘nggi 5 yildagi ulkan yutuqlarni o‘rganish va tajriba almashish  Tojikiston uchun samarali ekanligini, ikki davlat o‘rtasidagi ushbu hamkorlik davom etishini ta’kidlab, do‘stona hamkorlik uchun o‘z minnatdorchiligini izhor etishdi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
DAYJEST Xorijiy OAV biz haqimizda

Xorijiy OAV biz haqimizda I yarim yilik hisoboti 1. BBC (Angliya) - https://www.instagram.com/p/Cs8cQOsKG4e/  2.KABAR (Qirg'iziston) - https://kabar.kg/news/v-uzbekistane-proveli-velomarafon-po-sluchaiu-mezhdunarodnogo-dnia-zashchity-detei/  3. ATAMEKAN (Qozog'iston) - https://youtu.be/tICnvu2YpVg  4. SPUTNIK (Rossiya) - https://uz.sputniknews.ru/20230531/xiva-doshkolyata-velomarafon--video-35544117  5. SPUTNIK - https://t.me/sputnikuzbekistan/32424  6. SPUTNIK - https://sputniknews.uz/20230505/qashqadaryo-surxondaryo-yangi-aqlvoy-mobil-avtobuslar-34643239.html  7. SPUTNIK  - https://uz.sputniknews.ru/20230505/otdalennyy-rayon-uzbekistan-deti-doshkolnoye-obrazovaniye-34645642.html  8. SPUTNIK - https://t.me/sputnikuzbek/27835  9. SPUTNIK - https://uz.sputniknews.ru/20230510/uzbekistan-surxandarya-kashkadarya-mobilnyy-detskiy-sad-avtobus-proyekt-aqlvoy-34828957.html  10. SPUTNIK - https://sputniknews.uz/20230518/xayr-bogcha-pul-yigish-35045030.html  11. SPUTNIK - https://t.me/sputnikuzbekistan/34912  12. SPUTNIK - https://t.me/sputnikuzbekistan/35051  13. SPUTNIK - https://sputniknews.uz/20230531/toshkent-xalqaro-bolalar-rasmlari-korgazmasi-35533395.html  14. SPUTNIK - https://uz.sputniknews.ru/20230531/tashkent-vystavka-deti-risunki-strany-shos-35550869.html  15. SPUTNIK - https://uz.sputniknews.ru/20230703/uzbekistan-2030-god-100-deti-oxvat-doshkolnoye-obrazovaniye-36488676.html  16. SPUTNIK - https://sputniknews.uz/20230703/bolalarni-mttga-qamrab-olish-darajasi-36501239.html     

Maktabgacha ta'lim agentligi
NAVOIYDA YOSH SHAXMATCHILAR G‘OLIBLIK UCHUN BELLASHDI

Joriy yilning 5-iyun kuni Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida shaxmat musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligining 2023-yil 19-iyundagi “Maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari va maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Shaxmat kunlari”ni oʻtkazib borish toʻgʻrisida”gi 58–sonli buyrug‘i ijrosini ta‘minlash maqsadida o‘tkazilgan musobaqada tuman (shahar) bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 5-7 yoshli 21 nafar tarbiyalanuvchi bellashdi. Jajji shaxmatchilar 5 tur asosida dona surib, qizgʻin bahslashdi. O‘yin yakuniy natijalariga ko‘ra: O‘g‘il bola tarbiyalanuvchilar o‘rtasida, 1-o‘rin Navoiy shahridagi “Yangi avlod” oilaviy nodavlat MTT tarbiyalanuvchisi Muxsin Komilov; 2-o‘rin Navbahor tumanidagi “Aqlli bolalar” oilaviy nodavlat MTT tarbiyalanuvchisi Bahodir Erkinov; 3-o‘rin Qiziltepa tumanidagi “Tinchlik yoshlari” davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat MTT tarbiyalanuvchi Ibrohim Asadillayevga nasib etdi. Qiz bola tarbiyalanuvchilar o‘rtasida, 1-o‘rin Navoiy shahridagi 31-davlat MTT tarbiyalanuvchisi Xushnoza Murodillayeva; 2-o‘rin Xatirchi tumanidagi 7-davlat MTT tarbiyalanuvchisi Gulbahor Raxmatova; 3-o‘rin Karmana tumanidagi 15-davlat MTT tarbiyalanuvchisi Elnura Erkinovaga nasib etdi. Ma’lumot uchun: I o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar respublika bosqichida viloyatimiz sha’nini himoya qiladi. G‘olib va sovrindor bolajonlarga boshqarmaning diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Batafsil
Maktabgacha ta'lim agentligi
Bugun Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro ayollar Forumi tashkil etildi

“Yangi O‘zbekistonda taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” mavzusida  2023-yil 3-7 iyul kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro ayollar Forumi tashkil etildi. Forumda xalqaro hamjamiyatda gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning barcha yo‘nalishlarda huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, bu borada xalqaro tajriba  almashish, shu jumladan  xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi muhokama qilindi. “Davlatimiz rahbarining “Ayol qadri, inson qadri ulug‘langan yurtda, tinchlik va farovonlik, ahillik va baraka albatta barqaror bo‘ladi.”  degan fiklari mamalakatimiz xotin-qizlariga bo‘lgan e’tiborning naqadar yuksakligidan dalolat beradi. Tashkil etilgan mazkur forum mamlakatimiz hayotidagi muhim voqea sifatida, shubhasiz, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish, kelgusidagi samarali faoliyat uchun keng imkon yaratadi” – dedi ayollar Forumida nutq so‘zlagan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin. Forumda 25 nafardan ortiq (Shveysariya, Singapur, Misr, Qozog‘iston, Rossiya, Italiya, Turkiya, Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlar)  chet ellik nufuzli mehmonlar, O‘zbekistondagi xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari, 150 nafar mahalliy rahbar ayollar va faol xotin-qizlar ishtirok etishdi. Forumning ikkinchi kuni 6-iyul kuni xalqaro spiker va milliy ekspertlar ishtirokida “Yangi O‘zbekiston–Ayollari qadrlangan yurt” shiori ostida “Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi roli va iqtisodiy–imkoniyatlarini kengaytirish” mavzularida milliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida intervyular tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shuningdek, xalqaro e’tirofga ega bo‘lgan o‘zbek brendlarining modalar namoyishi, xalqaro va milliy tadbirkorlar, ekspertlar ishtirokida biznes-forum o‘tkaziladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bugun Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligining "O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” xalqaro konferensiyasi bo'lib o'tdi

2023-yil 5-iyul kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston Kinematografiya agentligi Event Hall tadbirlar zalida “O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.  “Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda qator xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning ta’lim sohasi vakillari ishtirok etdi. Haftalik doirasida o‘tkazilayotgan mazkur tadbirdan asosiy maqsad, Yangi O‘zbekistonda inson kapitali, uning shakllanishi va rivojlanishida ta’lim-tarbiya hamda ilm-fanning o‘rni va rolini muhokama qilish, ta’lim tizimini isloh qilishning zamonaviy tendensiyalari, jahon tajribasini o‘rgangan holda ularni amaliyotga tadbiq etish va buning samarasi borasida fikr almashish, keng jamoatchilikni Yangi O‘zbekistonda ta’lim, ilm-fan sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirishdan iboratdir. “Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekistonning mustahkam poydevori”, “Inson kapitali: global muammolar va rivojlanish tendensiyalari” mavzularida o‘tgan muloqot tadbirida so‘nggi yillarda respublikada olib borilayotgan maktabgacha va maktab ta’limiga doir islohotlar mazmuni va so‘nggi yillardagi sohadagi keng o‘zgarishlar tahliliga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Tabrik

Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari kasb bayramingiz munosabati bilan samimiy tabriklarimizni qabul qiling! Zamonaviy dunyo - bu ulkan axborot maydoni. Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining roli nafaqat ahamiyatli, balki juda ulkandir. Milliy jurnalistikamizni rivojlantirayotgan va yanada salmog’ini oshirishga xizmat qilayotgan barchaga rahmat. Kasb bayramingiz kunida sizga Maktabgacha ta'lim agentligi bilan qilgan samarali hamkorligingiz, ta'lim masalalarini obyektiv va tezkor yoritganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz. Ilhom, yangi g'oyalar va ijodiy loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishingizni chin dildan tilab qolamiz. Sizga va yaqinlaringizga sog'liq, baxt va farovonlik doimo yor bo'lsin!

Maktabgacha ta'lim agentligi
Senat raisi Toshkent tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotini ko'zdan kechirdi

Kuni-kecha Oliy Majlis Senati raisi T.Narbayeva hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish hamda aholi bilan bevosita muloqot qilish maqsadida Toshkent viloyatining Toshkent tumaniga tashrif buyurdi. Senat raisi tumanning “Xasanboy” MFY hududidagi  560 o‘rinli 9-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida bo‘ldi.  Eʼtiborli jihati shundaki, maktabgacha taʼlim tashkilotida, bolajonlar uchun Robototextika to'garagi, pedagoglar uchun tarbiyachi ustaxonasi hamda taʼlim laboratoriyasi tashkil etilgan bo‘lib,  tumandagi boshqa maktabgacha taʼlim tashkilotlari vakillari taʼlim va tarbiyaning ilg‘or shakllari bo‘yicha malakalarini oshirib borishadi.  Senat raisi T.Narbayeva bu yerda tuman maktablari va maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar bilan muloqot qildi. Muloqot davomida keyingi yillarda yurtimiz bo'ylab,  taʼlim fidoyilari bo'lmish  pedagoglarning nufuzi va mavqeyini oshirishga qaratilgan saʼy-harakatlar, ularni moddiy hamda maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ko‘rilayotgan choralar, tizimda majburiy mehnatning to‘liq bartaraf etilganligi tufayli taʼlim jarayonida sifatning yaxshilanayotganiga to‘xtalib o‘tdi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 15 nafar mutaxassis Janubiy Koreya universitetida amaliyot o‘tamoqda

Maktabgacha ta’lim agentligi va KOICA (Janubiy Koreya) tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida O‘zbekiston Respublikasidan maktabgacha ta’lim sohasi mutaxassislari SOON CHUN HYANG universitetiga kasbiy amaliyotni o‘tash uchun yetib borishdi.  Kasbiy amaliyot dasturi maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlash bo‘yicha ilmiy asoslangan nazariy va amaliy bilimlarni olish, shuningdek, Koreya maktabgacha ta’lim muassasalariga tashrif buyurish orqali tajriba almashishni o‘z ichiga oladi. Kelgusida Janubiy Koreyada amaliyot o‘tagan mutaxassislar O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari uchun amaliy seminarlar o‘tib berishadi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Maktabgacha ta’lim agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan   Jamoatchilik kengashi vakillari hamda OAV vakillari bilan birgalikda tizimda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.  Jamoatchilik kengashining kun tartibidagi masalalardan biri - 2030 yilgacha bolalarni 100 foizgacha qamrab olish vazifasi qo‘yilganligi, ushbu ko‘rsatkichlar ta’lim sifati, yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari qurilishi, yangi DXSH va oilaviy bog‘chalar barpo etish bilan bog‘liqligi, 2023-yilning o‘zida 1600 ta DXSH asosidagi oilaviy bog‘chalar yaratilishi hamda  Davlat dasturining maqsadli ko‘rsatkichlariga muvofiq, 2023-yil oxiriga qadar 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish darajasini 74,5 foizga yetkazish rejalashtirilganligi haqida aytib o‘tildi. “Mamlakatdagi 2,9 million maktabgacha yoshdagi (3-7 yosh) bolalarning 647 ming 655 nafari (90 foizi) 6 yoshli bolalar maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan bo‘lsa, 2023-yil yakuniga qadar  92 foiz 6 yoshli bolalarni qamrab olish rejalashtirilgan. Shuningdek, 2025 yilga kelib 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 100 foizi boshlang‘ich maktabga majburiy bir yillik bepul tayyorgarlov guruhlariga qamrab olinadi” –deydi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari – Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agrippina Shin.  “Barchaga ma’lum 2023 yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yili deb e’lon qilindi, albatta ta’lim sohasida barcha sharoitlarning muhayyo bo‘lganligi juda yaxshi, lekin pedagog kadrlar salohiyati bu alohida mavzu” - deydi, ochiq muloqot davomida Maktabgacha ta’lim agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi – Sherzodxon Qudratxo‘ja.  Shuningdek, bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jami 152 897 nafar rahbar va pedagog kadrlar faoliyat yuritmoqda, ulardan 34,1 foizi (52 085 nafar) oliy ma’lumotli kadrlarni tashkil etayotganligi ma’lum qilindi.  Jamoatchilik kengashining vakillari tomonidan o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganligi va oshirilayotganligi ta’kidlandi.  Ochiq muloqotda agentlikning boshqarma va bo‘linma rahbarlari ishtirok etishib, OAV vakillarining sohaga oid barcha savollariga javob berishdi.

Вид сайта
Размер шрифта