Kuni-kecha ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar bolalarni tarbiyachi tomonidan qaltis ravishda tartibga chaqirgani aks etgan video tarqaldi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 20-iyul kuni Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan holat o‘rganilganda Yangiyo‘l tumani Ibrat MFY Yoshlik ko‘chasida joylashgan YATT A.X.Bga tegishli bo‘lgan “Ominaxon” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida joriy yilning 19-iyul kuni tashkilot rahbari hamda tarbiyachi lavozimida ishlab kelayotgan X.Abdumannonova tomonidan tarbiyalanuvchilarni bir necha bor tartibga chaqirilishini e’tiborga olmay tartibsizliklar qilganligi, ushbu tarbiyalanuvchilar bir biriga qo‘shni ekanligi bolalar bir necha bor o‘yin kulgulardan so‘ng bir biri bilan tortishib qolganligi tarbiyachi video tasvirga aks etgan holatdagidek tarbiyachi xaqiqatdan xam tarbiyalanuvilarni qo‘l qismiga 1 marotabadan yumshoq uy oyoq kiyimi bilan zarba berganligi aniqlandi.
Ushbu xolat Yangiyo‘l tuman IIB tomonidan nazoratga olinib, surishtiruv ishlari olib borilayotganligini, surishtiriuv ishlari yakunlangandan so‘ng qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishini ma’lum qilamiz.
Shuningdek, tadbirkorga ogohlantirish berilib, bu holat yana takrorlansa tadbirkor bilan tuzilgan bitim bir tomonlama bekor qilinishi tushuntirildi.