Sayt test rejimida ishlamoqda

MATBUOT ANJUMANI: Maktabgacha ta’lim tizimida 2023-yilning I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

news-detail

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan  joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar hisobotiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda maktabgacha ta’lim tizimining turli yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyati sarhisob qilindi.

Matbuot anjumani davomida quyidagilar ma’lum qildi: 

Xususan, 2023-yil iyul holatida jami 30 792 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning 6 734 tasi davlat  va 24 058 tasi nodavlat (789 ta xususiy, 21 941 ta oilaviy va DXSH asosidagi 1 328 ta nodavlat MTT) maktabgacha ta’lim tashkilotlaridir. Shuningdek, MTTlarda 2 111 487 nafar yoki 72 foiz bolalar maktabgacha ta’limga qamrab olingan bo‘lib, shundan 647 655 nafar 6 yoshli bolalarning 563 331 nafari 2023-2024 o‘quv yilida maktabga chiqadiganlarni tashkil etadi.

Joriy yilning may oyida qayta jihozlangan 7 ta ISUZU HC-40 avtobuslari Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga yuborildi. Natijada mobil guruhlar bazasida maktabgacha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha 156 ta MFYlarda 72 ta ISUZU HC-40 avtobuslari bazasida tashkil etilgan 429 ta mobil guruhlarida 7 000 nafarga yaqin 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qamrab olindi.

1 iyul holatiga ko‘ra, respublikada jami umumiy quvvati 650 guruhga mo‘ljallangan 74 ta ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud, ularda 576 guruh (88,6%) faoliyat ko‘rsatmoqda va 6 077 nafar rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar tarbiyalanmoqda. 2022-2023 o‘quv yili davrida Maktabgacha ta’lim agentligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining malakali mutaxassislari ishtirokida tashkil etilgan tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya tomonidan 8 976 nafar bola ko‘rikdan o‘tkazildi va 7 804 nafar bolaga davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan MTTlarga xulosa-yo‘llanma berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 23 martdagi 47-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, gigiyenik me’yorlarga va “Aqlvoy oshpaz” reseptlar to‘plamidan foydalangan holda 10 kunlik yagona mavsumiy taomnoma ishlab chiqildi va aprel oyida Toshkent shahridagi 4 ta MTT tajriba sinovidan o‘tkazildi.Aniqlangan kamchiliklarni inobatga olib O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish uchun yagona mavsumiy taomnomalarni tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish to‘g‘risida” 2023-yil 23-maydagi 1 va 12 sonli qo‘shma qarori qabul qilindi.

2023-yilning birinchi yarim yilligida tadbirkorlar tomonidan 5 486 ta ariza kelib tushgan. Shundan, 2 089 ta loyiha ma’qullangan, 1 846 ta loyiha bo‘yicha bitim imzolangan. Natijada 59 072 ta yangi quvvat, 4 615 ta yangi ishchi o‘rin yaratildi. Shu bilan birga, 3 270 ta arizaga rad javobi berildi.

Quvvati 41 920 nafar bolani qamrab olishga mo‘ljallangan 1 310 ta oilaviy MTTlar o‘z faoliyatini boshladi. Respublikadagi 740 ming nafarga yaqin tarbiyalanuvchilarni qamrab olgan 21 mingdan ortiq nodavlat (jumladan, oilaviy MTT) maktabgacha ta’lim tashlotlariga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 1,2 trln. so‘m miqdorda subsidiyalar ajratildi.

2023-yilning 10-18-mart kunlari AQSH qishloq xo‘jaligi agentligining “Bolalar ta’limi uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi” doirasida Mehribonlik korpusi (Mercy Corps) xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali Maktabgacha ta’lim agentligi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi 60 ta maktabgacha ta’lim muassasasining umumiy ovqatlanish shahobchalari, sanitariya-gigiyena ob’yektlari infratuzilmasi, suv ta’minoti yaxshilandi.

Joriy yilning 25-iyun-8-iyul kunlarida Maktabgacha ta’lim agentligi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) o‘rtasidagi hamkorlik doirasida O‘zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim sohasidagi 15 nafar mutaxassisi SOON CHUN HYANG universitetida malaka oshirish uchun Koreya Respublikasiga yuborildi. 

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 2023 yilda 152 897 nafar rahbar va pedagoglar faoliyat yuritmoqda (bu ko‘rsatkich 2022 yil yakunida 151 746 nafarni tashkil etgan). Jami pedagoglarning 115 130 nafari (75,3%) davlat va 37 767 nafari (24,7%) nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga to‘g‘ri keladi. 2023 yilning yanvar-iyun oylari davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 7828 nafar rahbar va pedagog kadrlarning hamda pedagogika kollejlarining 71 nafar pedagog kadrlarining malakasi oshirildi. 

Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi 2 ta oliy ta’lim muassasalari - Toshkent shahridagi Puchon universitetida 1 426 nafar,  A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining filialida 612 nafar talaba tahsil olmoqda.

Matbuot anjumani yakunida OAV vakillari o‘zlari qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
"Maktabdagi ovqatlantirish - umumiy rivojlanish vektori" xalqaro forumi o'tkazildi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatsiyasi, Vazirning birinchi o'rinbosari – Maktabgacha ta'lim agentligi direktori A.Shin boshchiligida, MDH mamlakatlarida maktablarda sog’lom ovqatlantirish bo'yicha "Maktabdagi ovqatlantirish - umumiy rivojlanish vektori" xalqaro forumida ishtirok etish maqsadida hozirda Bishkek shahrida bo'lib turishibdi.Ushbu forumning maqsadi maktabda sog’lom ovqatlantirish sohasidagi milliy muammolarni hal qilish, ushbu soha samaradorligini oshirish uchun zamonaviy yechim va vositalarni izlash bo'yicha tajriba va fikr almashishdan iborat.Forumning ochilish marosimida Qirg'iziston Respublikasi ta'lim va fan vaziri D. Kendirbayeva, Bishkek shahri meri A. Junushaliyev va boshqa yuqori martabali shaxslar ishtirok etdilar.Tadbir davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi delegatlari keng jamoatchilik oldida O'zbekiston Respublikasi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ovqatlantirish dasturlarining asosiy yutuqlari va rivojlanish yo'nalishlari to'g'risida taqdimot materiallari bilan chiqish qildilar, davra suhbatlarida qatnashdilar, shuningdek Bishkek shahridagi umumta'lim maktablariga tashrif buyurdilar.Shu bilan birga, Qirg'iziston tomonining taklifiga binoan A.Shin tomonidan delegatsiya bilan birgalikda Qirg'iziston maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari uchun "O'zbekistonning 2017-2023 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishdagi yutuqlari" mavzusida seminar o'tkazildi. Xususan, maktabgacha ta'lim sifatini va pedagog kadrlarning malakasini oshirish, maktabgacha ta'limning nodavlat sektorini kengaytirish, DXSH asosida MTTlarni tashkil etish, maktabgacha ta'limni boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish, shu jumladan oilaviy MTT larni tashkil etish mexanizmlarini avtomatlashtirish va nodavlat sektorga subsidiyalar ajratish, shuningdek, belgilangan davr davomidagi Maktabgacha ta'lim agentligining xalqaro hamkorlik natijalari kabi dolzarb yo'nalishlar bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi. Forum yakunlari bo'yicha MDHga a'zo davlatlarning ta'lim sohasidagi hamkorlik Kengashi doirasida har yili "MDH mamlakatlarida maktablarda ovqatlantirish masalalari bo'yicha xalqaro forum" o'tkazish to'g'risida Bishkek deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirildi.  

Maktabgacha ta'lim agentligi
Metodistlari uchun o‘quv-amaliy seminar

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufiga o‘tkazilgan eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodistlari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. O‘quv-amaliy seminarda Toshkent shahar va Toshkent viloyatidagi eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 20 nafar metodistlari ishtirok etdilar. O‘quv-amaliy seminar jarayonida eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida turgan asosiy maqsad va vazifalar, ularning faoliyatini tashkil etishga oid me’yoriy ish hujjatlari bilan ishlash, pedagogning kasbiy standarti, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari hamda “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida bolalarni barcha rivojlanish sohalari bo‘yicha kompetensiyalarini o‘zaro bog‘liq holda rivojlantirish yo‘llari”, shuningdek, tanlangan tumanlarda yagona uzluksiz metodik xizmatni tashkil etishda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Seminar yakunida ishtirokchilar uchun Agentlikda tashkil etilgan laboratoriyada maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuvlar bo‘yicha master klas o‘tkazildi. Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining  2023 yil 3 noyabrdagi 532-sonli buyrug‘iga ko‘ra, uzluksiz yagona metodik xizmatni yo‘lga qo‘yish maqsadida Respublikadagi moddiy-texnik holati, metodik xizmat yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va kadrlar salohiyati yuqori darajada bo‘lgan 26 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tanlab olinib, Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi eksperimental davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari sifatida tashkil etildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
"Jaseng Medical Foundation" tadbiri bo'lib o'tdi

Bugun 23-noyabr kuni Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi 122-son DMTT da Koreya tibbiyot jamg'armasining "Jaseng Medical Foundation" tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbir boshida bolalarimiz mehmonlarni engil ta'zim, chiroyli tabassum va milliy an'analar bilan kutib olishdi.  Muhokama davomida O'zbekiston va Koreya o'rtasidagi o'zaro tushunish va tadbirlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Jamg'arma vakillari birgalikda bolalarni sog'lomlashtirish gimnastikasi bilan shug'ullanishga faol o'rgatishdi, chunki gimnastika chidamlilikni tarbiyalaydi va harakatlarning aniqligini shakllantiradi, shuningdek, mashg'ulotlar moslashuvchanlikni, epchillikni mukammal rivojlantiradi va o'rgatadi. Shuningdek, delegatsiya rahbari ushbu forumlar nafaqat poytaxtda, balki boshqa viloyatlarda ham o'tkazilishini ta'kidladi. Tadbir yakunida bolalar sevimli va mashhur televizion musiqaga raqsga tushishdi  Mehmonlar juda ko'p his-tuyg'ular va xotiralar bergan bolalarimizning aktivini ko'rishdan juda xursand bo'lishdi.

Вид сайта
Размер шрифта