Kuni-kecha Jizzax viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglariga amaliy seminar tashkil etildi.
Mutaxassislar kun tartibini, bolalar faoliyati turlari bo‘yicha o‘quv dasturini tuzish, bola shaxsining rivojlanishini kuzatish jarayonini tashkil etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.