19-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin hamda O‘zbekiston Respublikasidagi OPEK jamgʻarmasi missiyasi vakili hamda OPEK jamgʻarmasining davlat sektoridagi operatsiyalar boʻyicha hududiy menejeri Olga Mixaylova xonim o ‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
OPEK jamg‘armasining 2023-yil 16-iyuldan 23-iyulgacha davom etadigan missiyasining maqsadi O‘zbekistondagi OPEK jamg‘armasining joriy faoliyatini ko‘rib chiqish, shuningdek, davlat sektorida kelgusidagi hamkorlikni muhokama qilishdan iborat.
Ma’lumot uchun: Islom taraqqiyot bankining “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida umumiy qiymati 66,9 mln. bo‘lib, OPEK jamg'armasining ishtirokida esa 20 million AQSh dollari miqdorida nazarda tutilgan.
Loyihaning maqsadi – davlat-xususiy sheriklik asosida 200 ta yangi tashkilot qurish orqali nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, maktabgacha yoshdagi bolalarning qamrovini 30 mingta yangi o‘ringa oshirish, shuningdek, 2,5 mingta yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi.
Uchrashuvda tomonlar OPEK jamg‘armasi ishtirokini ko‘zda tutuvchi Islom taraqqiyot bankining qo‘shma loyihasini amalga oshirishning yakunlangan bosqichlarini, shuningdek, amalga oshirish rejalari va loyihaning operatsion modeli tafsilotlari bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi.
Olga Mixaylova xonim mamlakat rahbariyatining maktabgacha yoshdagi bolalar uchun teng sharoit va ta'lim olish imkoniyatini yaratishga intilayotganini ta'kidladi.
O'z navbatida, A.Shin qo‘shma loyihalarni samarali amalga oshirish yo‘lida Fondning missiyasini tashkil etgani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu loyiha doirasida amalga oshiriladigan barcha zarur tadbirlar bo‘yicha kelishuvga erishdilar.