Kuni-kecha Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusida Respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan rahbar xodimlar uchun tashkil etilgan o'quv-seminar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari - Maktabgacha ta’lim agentligi direktori A.Shin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Toshkent shahar hamda viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari boshliqlari bilan maktabgacha ta'lim sohasidagi yutuqlar va kamchiliklar yuzasidan uchrashuv o'tkazdi.
Kun tartibida quyidagi:
Maktabgacha yoshdagi bolalarni MTTga qamrab olish;
MTTlardagi ta'lim sifati;
Investitsiya dasturi asosida barpo etilayotgan MTTlar va ularga yetkaziladigan jihozlar, didaktik materiallar;
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat MTTlarda joriy etilgan onlayn davomat;
Yagona mavsumiy taomnoma kabi asosiy masalalar ko'rib chiqildi.
Hududiy tizim rahbarlari tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan savollarga agentlik rahbariyati tomonidan javoblar berildi.
Yig'ilishdan so'ng, hududiy tizim rahbarlariga Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutidagi o'quv xonalari, pedagoglarning malakasini oshirish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.
Eslatib o'tamiz, uch kun davom etgan o'quv-seminari Toshkent shahrida joylashgan Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida bo'lib o'tdi.