Maktabgacha ta'lim tizimini raqamlashtirish

news-detail

Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan sohani raqamlashtirish, elektron xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va yangi xizmatlarni joriy etish bo‘yicha muntazam ravishda ishlar olib borilmoqda.

Xususan, MTT tashkilotlarini yagona bazasini hamda MTTlarining dastlabki ma’lumotlari (quvvati, hududi, bino, inshootlar maydoni va h.k) o‘z ichiga olgan MTT pasporti moduli ishlab chiqilib, barcha ma’lumotlarni elektron tarzda shakllantirish ishlari boshlandi.

MTTlarida “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida tarbiyalanuvchilar davomatidan kelib chiqib oziq-ovqat xarajatlarini elektron tarzda hisoblash amaliyotga tatbiq etildi.

Bola ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovini elektron hisobga olish tizimini joriy etilib, to‘lovlar qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatning (chek, hisob-faktura) to‘lovchiga taqdim etish moduli ishlab chiqildi.

MTT xodimlari va tarbiyalanuvchilarining davomatdan o‘tgan tasvirlari sun’iy intellektning “deep learning inference” (chuqur o‘rganish) metodi orqali haqiqiylikka tekshirish yo‘lga qo‘yildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 426-son qarori asosida, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab DXSh asosida faoliyat yuritayotgan MTTlarida, shu jumladan, oilaviy nodavlat MTTlarida davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimida (NMTTBAT) avtomatik ravishda hisoblab chiqilishi belgilandi.Bunda, xodim va tarbiyalanuvchilarning davomati shaxsni biometrik identifikasiya qilish texnologiyasi orqali mobil ilova yordamida yuritiladi.

NMTTBAT Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar va kompensatsiyalar miqdorlarini xodimlarning ishga kelib-ketishi hamda tarbiyalanuvchilarning davomatidan kelib chiqib har oy avtomatik ravishda hisoblab chiqadi va ularni moliyalashtirish uchun elektron toʻlov hujjatlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimlariga joʻnatadi.

Subsidiyalar va kompensatsiyalar miqdorlari avtomatik ravishda hisoblanishi natijasida tadbirkorlar tomonidan har oy buyurtma hisobotlari topshirishdagi byurokratik ovoragarchiliklar va qogʻozbozlik yoʻqoldi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта