Qoraqalpog‘istonda “Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va pedagoglarning kasbiy rivojlanishining ahamiyati” mavzusida amaliy konferensiya bo'lib o'tdi

news-detail

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi va “Mehribonlik Korpusi” (Mercy Corps) bilan hamkorlikda 2023-yilning 21-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida “Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va pedagoglarning kasbiy rivojlanishining ahamiyati” mavzusida amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. 

AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan moliyalashtirilayotgan O‘zbekistondagi “Mehribonlik Korpusi”ning “Bolalar ta’limi va ovqatlanishi” uchun MakGovern-Doul xalqaro oziq-ovqat dasturi - Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan.

 Ushbu dastur doirasida, Termiz va Nukus shaharlarida tashkil etilgan konferensiyada 171 pedagog va metodistlar, 22 nafar mentor (murabbiy), shuningdek, 60 nafar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari ishtirok etishdi. Taklif etilgan ma’ruzachilar orasida American Councils tashkilotidan English Speaking Nation (ESN) trenerlari Vendi Koulson va Yuta Otake, bolalarda erta savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘zining xalqaro tajribalari bilan bo‘lishishdi.

Konferensiyada pedagoglar va ularni qo‘llab-quvvatlovchi mentorlar (murabbiylar) hamda “Mehribonlik Korpusi” tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarning salohiyatini oshirish dasturi doirasida bolalarda ilk yoshidan savodxonligini rivojlantirish doirasida o‘tkazilayotgan amaliy ishlarning yutuqlari haqida ba’tafsil ma’lumot berib o‘tildi. 

Shuningdek, mentorlik (murabbiylik) dasturi orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarini salohiyatini oshirish va bolalarning ilk yoshidan savodxonligini rivojlantirish uchun jamiyat va oilani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, maktabgacha yoshdagi bolalar salomatligi va gigiyenasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashildi. Tadbir yakunida, konferensiya ishtirokchilariga sertifikatlar tarqatildi, hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi “Mehribonlik Korpusi” dasturidaga kiritilgan barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun plakatlar, o‘quv kartalari to‘plamlari va bolalarda erta savodxonligini rivojlantirish bo‘yicha amaliy g‘oyalarga ega pedagoglar uchun konferensiya qo‘llanmalaridan iborat sovg‘alar to‘plami toshirildi.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта