
Bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 2017 yilga nisbatan (27,7 %) 2,5 barobarga ya’ni 71,8 foizga, maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 5 211 tadan 29 420 taga yetkazildi.
Ma’lumot uchun: 6 598 ta davlat (shundan, 49 ta idoralarga qarashli), 833 ta xususiy, 1 313 ta DXSH asosidagi nodavlat va 20 676 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
2023-yil oxiriga qadar 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish darajasini 74,5 foizga yetkazish rejalashtirilgan.