Avval xabar berganimidek, respublikamizdagi barcha turdagi MTTlarda yozgi sog'lomlashtirish mavsumi boshlangan bo'lib, bu davrda tarbiyalanuvchilarning sog'ligini mustahkamlash uchun turli xil o'yinlar, sayrlar, mashg'ulotlar o'tkazib kelinmoqda.
Shuningdek, yozgi tadbirlarni tashkil etishda hayot xavfsizligi asoslari, suv havzalaridan foydalanish, bolalarni sogʻlom va xavfsiz ovqatlantirish ishlariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
O‘yin tarzida olib borilayotgan markazlardagi mashg‘ulotlar, “Ustaxonaga sayohat”, salomatlik markazlarida hamda quyosh vannasi, yopiq suv havzasida cho‘milish, oyoq kiyimsiz maxsus g‘adir-budir yo‘lakchalardan yurish kabi chiniqtirish ishlari o‘z vaqtida olib borilib, tarbiyalanuvchilarning vaqtlari unumli o‘tmoqda.