
Bugun Qamashi tumani Jonbo‘z va Oynako‘l mahallasi hududida har biri 150 o‘rinli bo‘lgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binolari foydalanishga topshirildi.
Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi B.Tog‘ayev, sektor rahbarlari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Jonbo‘z mahallasidagi 25-DMTT binosini qurish ishlariga loyiha qiymati 6 milliard 142 million so‘m mablag‘ sarflandi.
Oynako‘l mahallasi hududidagi 26-DMTT 6 milliard so‘mga yaqin mablag‘ evaziga barpo etildi.
Yangi qurilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruh va sanitariya-gigiyena xonalari, tibbiyot xonasi, musiqa zali, alohida oshxona, umumiy ovqatlanish zali, o‘yin maydonchalari, yozgi ayvonchalar hamda suzish havzasi barpo etilgan.
Shuningdek, tumanda yaqin kunlarda yana 4 ta yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.