“Mehribonlik korpusi”ning Oʻzbekistondagi filiali direktori bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

news-detail

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A.Shin “Mehribonlik korpusi”ning Oʻzbekistondagi filiali direktori hamda “Taʼlim va bolalar uchun oziq-ovqat ta’minoti” dasturi rahbari Uitni Knollau xonim va uning boshchiligidagi vakillari bilan uchrashdi. 

Uchrashuv doirasida 2019-yil oktabr – 2023-yil iyun oylari uchun dastur yakunlari va erishilgan yutuqlar muhokama qilindi. Tahlillarga ko’ra, o‘tgan davrda dastur doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatidagi 60 ta maktabgacha ta’lim tashkilotining umumiy ovqatlanish shoxobchalari, sanitariya-gigiyena ob’ektlari infratuzilmasi, suv ta’minoti yaxshilandi. Shu bilan birga, “Maktabgacha yoshdagi bolalarning erta savodxonligini oshirish va o‘qishni rivojlantirish” komponenti doirasida ayrim davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kitobxonlik burchaklari tashkil etilib, bolalar adabiyoti bilan jihozlandi, pedagoglar uchun treninglar o‘tkazildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar dasturni amalga oshirishda o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni qayd etib, sog‘lom ovqatlanishni tashkil etish uchun zarur infratuzilmani yaratish bo‘yicha keyingi rejalarni muhokama qildilar.

Maktabgacha ta'lim agentligi
Mavzuga doir
Maktabgacha ta'lim agentligi
Kitob tumanidagi chekka hududlardan birida zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti ochildi

  Kitob tumanining chekka hududlaridan biri hisoblangan "Zarafshon" MFYda davlat xususiy sherikchilik asosida yana bir nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyat boshladi.     40 yillik mehnat tajribasiga ega, "Sog‘lom turmush" medali sohibasi Munavvar Tursunova tomonidan tashkil etilgan "Boychechak" nomli 100 o'ringa mo'ljallangan mazkur muassasada bolajonlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.        Bino ochilish marosimida Kitob tumani hokimligi, tuman prokuraturasi, mahalla faollari, nuroniylar, bolajonlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.       Tadbir qatnashchilari tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.        

Maktabgacha ta'lim agentligi
Bog'cha bolalariga quvonch ulashildi

  Davlatobod tumanida joylashgan sog'ligida nuqsoni bor bolalar tarbiyalanuvchi maxsus maktabgacha taʼlim tashkilotida "Xayr bog'cham" tadbiri o'tkazildi.       Tadbirda Namangan viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi va Davlatobod tumani YHXG xodimlari ishtirok etib, bolajonlarning quvonchiga quvonch qoʻshishdi.       Tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo'shiqlar barchaga ko'tarinkilik bagʻishladi.        Tadbir yakunida YPX inspektorlari tomonidan bolajonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.    

Maktabgacha ta'lim agentligi
Agrippina Shin Yashnobod tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari holatini oʻrgandi

  Shu kunlarda Davlatimiz rahbarining Yashnobod tumaniga kutilayotgan tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining birinchi oʻrinbosari, Maktabgacha taʻlim agentligi direktori Agrippina Shin tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlib, ish jarayonlari holatini koʻzdan kechirdi.       Jumladan, tumanning “Dilbogʻ” mahallasida joylashgan 86-, 93- hamda 306-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarga berilayotgan taʼlim-tarbiya va muassasa holatini oʻrgandi.       Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yozgi sogʻlomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik, moddiy-texnik baza kabi bir qancha yoʻnalishlarda ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.       Oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq koʻrsatma va metodik tavsiyalar berildi.      

Вид сайта
Размер шрифта