
Zarbdor tumanida "Lastochki" nomli davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti o'z faoliyatini boshladi. Tashkilot 120 o'ringa mo'ljallangan bo'lib, zamonaviy usulda bunyod etilib, foydalanishga topshirildi.
Tashkilotning tantanali ochilish marosimida tuman hokimi, Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i, boshliq o'rinbosari va ta'lim mas'ullari ishtirok etdilar. Tadbirda so'z olgan mamlakatimizda farzandlarimizning ta'lim olishiga qaratilgan e'tibor, yaratilayotgan sharoit va uning ertangi istiqboli haqida gapirdilar. Rasmiy bog'ichlar kesilib, tashkilotdagi sharoitlar bilan tanishildi.