
Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalar uchun bir necha yuz nusxadagi darsliklar, Sankt-Peterburg davlat universiteti tomonidan “Rus tili bolalar uchun xorijiy til sifatida” kitoblari (muallif – Anna Bendarjevskaya) topshirildi.
Sankt-Peterburg davlat universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligi o‘rtasidagi 2022-yil 6-dekabrda imzolangan o‘zaro anglashuv memorandumini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish maqsadida 2024-yil 22-fevral kuni Maktabgacha ta’lim agentligida Sankt-Peterburg davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi) qoshidagi Til test markazi bosh metodisti Irina Ilyicheva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar maktabgacha ta’lim sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar, shundan so‘ng maktabgacha yoshdagi bolalar uchun Sankt-Peterburg davlat universitetining “Rus tili bolalar uchun chet tili sifatida” turkumidagi (muallifi Anna Bendarjevskaya) o‘quv qo‘llanmalarining bir necha yuz nusxalari taqdim etildi.
Ma’lumot uchun: Anna Bendarjevskaya Sankt-Peterburgda tug‘ilgan va tahsil olgan filolog. Rus va ingliz tillari va rus tili chet tili sifatida o'qituvchi hisoblanadi. U Vengriyada 13 yildan ortiq yashab, 4–8 yoshli bolalarga rus tilini chet tili sifatida o‘rgatmoqda. Sankt-Peterburg davlat universitetining "Rus tili bolalar uchun chet tili sifatida" seriyasidagi kitoblarning muallifi.