Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim Agentligining ishchi guruhi Namangan viloyatida faoliyat olib bormoqda.
Kuni kecha ushbu guruh Namangan shahrida joylashgan 30-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi va u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Ta’kidlash joizki, mazkur tashkilot 2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-154m-sonli maxsus qarori asosida, 6 mlrd. 448 mln. so‘m mablag‘ evaziga ta’mirdan chiqarilgan edi. Buning hisobiga 300 ta o‘rin yaratilgan. Ayni vaqtda esa, bu yerda 10 ta to‘liq kunlik va 8 ta qisqa muddatli, jami 18 ta guruh kesimida 489 nafar 3 – 7 yoshli bola tarbiyalanmoqda.
O‘rganuv davomida tashkilotning obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga alohida ahamiyat qaratildi. Jarayonlar davomida soha rivojiga doir ko‘rsatma va taklif-tavsiyalar berildi.
Ishchi guruhning Namangan viloyatiga doir faoliyati davom etmoqda.