Sirdaryo viloyatida 203 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, ularga 57 299 nafar (80%) bolalar qamrab olingan. Jumladan, joriy yilning 10-fevral kuni Sirdaryo viloyatidagi 203 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan 51 tasida (25,2%) bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini tashkil etilishi, ma’naviy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tilida ish yuritish, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi. Jumladan, Boyovut tumanida 3 ta (5,27,29-sonli DMTT), Guliston tumanida 4 ta (5,8,14,22-sonli DMTT), Mirzaobod tumanida 5 ta (2,3,6,9,12-sonli DMTT), Oqoltin tumanida 3 ta (3,4,11-sonli DMTT), Sayxunobod tumanida 4 ta (4,7,10,11-sonli DMTT), Sardoba tumanida 5 ta (1,3,4,10,14-sonli DMTT), Sirdaryo tumanida 2 ta (11,29-sonli DMTT), Xovos tumanida 5 ta (5,6,8,14,16-sonli DMTT), Guliston shahrida 6 ta (5,6,7,17,18,20-sonli DMTT), Yangiyer shahrida 7 ta (1,2,4,6,9,11,12,13-sonli DMTT), Shirin shahrida 6 ta (1,2,3,4,5,6-sonli)DMTT o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’naviy muhitning tahlili, guruh xonalarining jihozlanishi, faollik markazlarida bolalar mustaqil faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar, ko‘rgazmali va tarqatma materiallardan foydalanish holati, qo‘shimcha pullik xizmat tashkil etilganligi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.